18–BOB
Ruhoniylar va levilarning burchlari
1 Egamiz Horunga dedi: “Sen, oʻgʻillaring va butun Levi qabilasi Muqaddas chodirga nisbatan qilingan har qanday ayb uchun javobgar boʻlasizlar. Ruhoniylik xizmatida yoʻl qoʻyilgan ayblar uchun esa faqatgina sen va oʻgʻillaring javobgar boʻlasizlar. 2 Qabiladosh levi birodarlaringni yoningga ol. Sen oʻgʻillaring bilan Muqaddas ahd chodirida xizmat qilayotganingda, ular sizlarga yordam berishadi. 3 Levilar sizlarning nazoratingiz ostida xizmat qilib, Muqaddas chodirga oid barcha yumushlarni bajarishadi. Lekin ular muqaddas jihozlarga va qurbongohga zinhor yaqinlashmasinlar, aks holda, ular ham, sizlar ham halok boʻlasizlar. 4 Levilar sizlarga qoʻshilishib, Uchrashuv chodiridagi barcha vazifalarni bajarishsin. Levilardan boshqa birortasi sizlar bilan birga xizmat qilmasin. 5 Mening gʻazabim Isroil xalqiga qarshi yana avj olmasligi uchun Chodirning Muqaddas xonalarida va qurbongohda faqatgina sen oʻgʻillaring bilan xizmat qilgin. 6 Levi birodarlaringni Men Oʻzim senga yordamchi qilib, Isroil xalqi orasidan tanlab olganman. Ular Uchrashuv chodirida xizmat qilishlari uchun Men, Egangizga bagʻishlangan. 7 Shunday boʻlsa–da, qurbongoh va ichki parda orqasidagi Eng muqaddas xona bilan bogʻliq boʻlgan barcha ruhoniylik xizmatini faqat sen oʻgʻillaring bilan bajar. Ruhoniylikni Men sizlarga hadya qilib berdim. Muqaddas buyumlar oldiga kelgan boshqa har qanday odamning jazosi oʻlimdir.”
Ruhoniylarning ulushi
8 Egamiz yana Horunga dedi: “Isroil xalqi Menga olib kelgan hamma muqaddas nazrlarni nazorat qilishni senga topshirdim. Bu nazrlarni senga va oʻgʻillaringga doimiy ulush qilib berdim. 9 Isroil xalqi Menga beradigan eng muqaddas nazrlarning, yaʼni don nazri, gunoh qurbonligi va ayb qurbonliklarining kuydirilmaydigan qismi sen bilan oʻgʻillaringga tegishlidir. 10 Bularni muqaddas joyda tanovul qilinglar. Bu nazrlarni faqat erkaklar tanovul qilishlari mumkin. Bu nazrlarni gʻoyat muqaddas deb bilinglar.
11 Qurbongoh oldida Isroil xalqi yuqoriga koʻtarib, Menga bergan boshqa hamma nazrlar ham sen bilan oʻgʻil–qizlaringning doimiy ulushidir. Xonadoningdagi har bir pok odam bu nazrlarni tanovul qilishi mumkin.
12 Odamlar Men, Egangizga nazr qilgan ilk hosilning eng sifatli zaytun moyini, sharobini va donini ham Men sizlarga berdim. 13 Menga nazr qilingan butun yurtning ilk hosili sizlarniki boʻladi. Xonadoningizdagi har bir pok odam bu nazrlarni tanovul qilishi mumkin. 14 Isroilda Menga tamomila bagʻishlangan har bir narsa sizlarniki boʻladi. 15 Isroil xalqi Menga nazr qilgan har bir toʻngʻich oʻgʻil va hayvonlarining birinchi erkak bolasi ham sizlarnikidir. Lekin sizlar ularning har bir toʻngʻich oʻgʻli evaziga hamda harom hayvonning birinchi erkak bolasi evaziga ulardan kumush olishlaringiz shart. 16 Har bir toʻngʻich oʻgʻil bir oylik boʻlganda, ularning evaziga besh boʻlakdan kumush olinglar. Har bir kumush boʻlakning ogʻirligi 2,5 misqol boʻlsin .
17 Lekin sigirning, qoʻyning va echkining birinchi bolasi evaziga hech qanday toʻlov olma. Bu jonivorlar faqat Menga tegishlidir. Ularning qonini qurbongohga sep, yogʻini esa Men, Egangizga yoqimli hid kelishi uchun olovda kuydir. 18 Qoʻchqorning yuqoriga koʻtarilgan toʻshi va oʻng soni seniki boʻlgani kabi, bu jonivorlarning goʻshti ham seniki boʻladi. 19 Isroil xalqi Menga keltiradigan ehsonlarning hammasini Men senga va oʻgʻil–qizlaringga doimiy ulush qilib beraman. Bu sen va sening nasling bilan Mening oʻrtamdagi qatʼiy ahddir.”
20 Soʻng Egamiz Horunga yana dedi: “Sizlar Isroil yurtida ulush olmaysizlar, xalqingiz orasida sizlarga bir boʻlak yer ham berilmaydi. Zotan, Isroil xalqi orasidagi ulushingiz ham, mulkingiz ham Menman.
Levilarning ulushi
21 Levilarning Uchrashuv chodirida qilgan xizmati evaziga Men ularga Isroil yurtidagi hamma ushrlarni xizmat haqi qilib beraman. 22 Bundan buyon Isroil xalqi Uchrashuv chodiriga yaqin kelmasin. Aks holda, ular qilgan gunohi uchun jazo tortib oʻladilar. 23 Levilar esa Uchrashuv chodirida xizmat qilib, Chodirga nisbatan qilingan har qanday ayb ish uchun javobgar boʻlishadi. Bu avlodlaringiz osha abadiy qonun–qoida boʻlsin. Levilar Isroil xalqi orasida yerni ulush qilib olishmaydi. 24 Buning oʻrniga, Men ularga Isroil xalqining Menga nazr qilgan barcha ushrlarini beraman. Shu sababli Men, levilar Isroil xalqi orasida ulush olmaydi, deb aytgan edim.”
Levilarning ushri
25 Egamiz yana Musoga dedi:
26 — Levilarga Mening shu gapimni yetkaz: “Egamiz Isroil xalqining ushrini sizlarga ulush qilib bergan. Sizlar ushrni olganingizda, shu ushrning oʻndan bir qismini Egamizga nazr qilib beringlar. 27 Egamiz bu nazringizni don bilan sharobning ilk hosili oʻrnida qabul qilib oladi. 28 Demak, sizlar Isroil xalqidan oladigan jamiki ushringizning oʻndan bir qismini Egamizga nazr qilishingiz shart. Oʻsha nazrni ruhoniy Horunga beringlar. 29 Isroil xalqidan qabul qilgan ushrning faqatgina eng sifatlisini Egamizga nazr qilinglar. 30 Isroil xalqi Egamizga don bilan sharob nazrlarini keltirgandan keyin hosilning qolganini oʻzlariga qoldiradilar. Shu singari, sizlar ham ushrlarning eng sifatlisini Egamizga bagʻishlaganingizdan keyin, qolganini oʻzingizga olinglar. 31 Qolganini oʻzingiz oilangiz bilan har qanday joyda yeb–ichishingiz mumkin. Bular Uchrashuv chodirida qilgan xizmatingiz uchun toʻlovdir. 32 Egamizga ushrning eng sifatlisini bagʻishlaganingizdan keyingina ushrning qolganini yeyishingiz mumkin, shunda sizlar aybdor hisoblanmaysizlar. Shunday yoʻl tutsangiz, Isroil xalqining muqaddas hadyalarini bulgʻamagan boʻlasizlar, oʻzlaringiz nobud boʻlmaysizlar.”