42–BOB
Xalq Yeremiyodan ibodat qilishini soʻraydi
1 Hamma lashkarboshilar, Kariyox oʻgʻli Yoʻxanon, Hoʻshayyo oʻgʻli Ozariyo va kattayu kichik odam 2 Yeremiyoning oldiga borib, shunday dedilar:
— Iltimos, bir ogʻiz gapimizga quloq soling. Egangiz Xudoga biz uchun ibodat qiling, tirik qolganlar uchun soʻrang. Oʻzingiz koʻrib turibsiz, ilgarilari biz nihoyatda koʻpchilik edik, endi esa sanoqli odam qoldik. 3 Biz qayerga borishimizni, nima qilishimizni Egangiz Xudo bizga koʻrsatsin.
4 Yeremiyo paygʻambar ularga shunday javob berdi:
— Yaxshi, iltimosingizga binoan Egamiz Xudoga ibodat qilaman. Egamiz nimaiki desa hammasini sizlarga aytaman, hech narsani sizlardan yashirmayman.
5 Ular esa Yeremiyoga shunday dedilar:
— Agar biz Egangiz Xudoning siz orqali aytgan bironta soʻziga rioya qilmasak, Uning Oʻzi oramizda adolatli va sadoqatli shohid boʻlsin. 6 Biz Egamiz Xudoning hamma amrlariga, yaxshi yoki yomon boʻlishidan qatʼi nazar, itoat qilamiz. Egamiz Xudoga itoat qilsak, hammasi yaxshi boʻladi.
Yeremiyoning ibodatiga Egamiz javob beradi
7 Oradan oʻn kun oʻtdi. Yeremiyoga Egamizning soʻzi ayon boʻldi. 8 Yeremiyo Kariyox oʻgʻli Yoʻxanonni, lashkarboshilarni va odamlarning kattayu kichigini toʻplab, 9 ularga shunday dedi: “Men iltimosingizga binoan Isroil xalqining Xudosi — Egamizga iltijo qildim. U menga shunday dedi: 10 «Endi shu yurtda qolsangizlargina Men sizlarni barbod qilmayman, balki qayta bunyod etaman, qoʻporib tashlamayman, balki mustahkam oʻrnashtiraman. Sizlarning boshingizga falokat keltirganimdan pushaymonman. 11 Bundan buyon Bobil shohidan qoʻrqmanglar, — deb aytmoqda Egamiz. — Men sizlar bilan birgaman. Shunday ekan, undan qoʻrqmanglar. Oʻzim sizlarni qutqaraman, uning qoʻlidan ozod qilaman. 12 Men sizlarga rahm–shafqat qilaman. Bobil shohi sizlarga achinib, ona yurtingizga oʻrnashtiradi.»
13 Ammo Egangiz Xudoga boʻysunmay: «Bu yerda qolmaymiz. 14 Misrga ketamiz, u yerda urush koʻrmaymiz, burgʻu sadolarini eshitmaymiz, nonga zor boʻlmaymiz, u yerda yashaymiz», deb aytadigan boʻlsangizlar, 15 ey Yahudo xalqining omon qolganlari, Egamizning soʻzini eshitib qoʻyinglar! Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: «Agar sizlar Misrga borib, u yerda oʻrnashib olishga qaror qilgan boʻlsangizlar, 16 oʻsha yerga borganingizda oʻzlaringiz qoʻrqayotgan urushga duch kelasizlar. Sizlar ocharchilikdan qoʻrqyapsizlar, ammo ocharchilik ketingizdan Misrga ergashib boradi, u yerda nobud boʻlasizlar. 17 Misrga borib, u yerda oʻrnashib olishga jazm qilgan har bir kishi qilichdan, ocharchilik va oʻlatdan nobud boʻladi. Unday odamlardan birontasi ham tirik qolmaydi, Men ularning boshlariga keltiradigan kulfatdan hech kim qochib qutulmaydi.» 18 Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: «Agar sizlar Misrga borgudek boʻlsangizlar, Men Quddus aholisiga yogʻdirgan qahrimni Misrda sizlarning ustingizga yogʻdiraman. Ahvolingizni odamlar koʻrganda dahshatga tushadi. Sizlarni mazax qilib, nomingizni qargʻishlarda ishlatishadi. Sizlar bu yurtni boshqa hech qachon koʻrmaysizlar.»
19 Ey Yahudo xalqining omon qolganlari, Egamiz sizlarga, Misrga bormanglar, deb aytdi. Bilib qoʻyinglar, bugun men sizlarni ogohlantirib qoʻyyapman, 20 sizlar katta xato qilyapsizlar. Oʻzlaringiz meni Egangiz Xudoning oldiga joʻnatib: «Iltimos, Egamiz Xudoga iltijo qil, Egamiz Xudo nima desa, hammasini qilamiz», degan edingizlar. 21 Egangiz Xudoning menga aytgan hamma soʻzlarini bugun sizlarga aytdim, ammo sizlar Uning aytgan bironta soʻziga itoat qilishni xohlamayapsizlar. 22 Sizlarga aytib qoʻyay: bormoqchi boʻlayotgan joyingizda sizlar qilichdan, ocharchilik va oʻlatdan nobud boʻlasizlar.”