7–BOB
Donolarning maslahati
1 Yaxshi nom qimmatbaho xushboʻy moydan , oʻlim kuni esa tugʻilgan kundan yaxshiroqdir.
2 Toʻy boʻlayotgan uyga borishdan koʻra, azador xonadonga borish yaxshiroq, chunki hammaning taqdiri bir, hayot boʻlganlar buni unutmasinlar.
3 Qaygʻu kulgidan yaxshiroqdir, qaygʻuli yuz yurakka yaxshi.
4 Dononing qalbi azador uydagilar bilandir, nodon esa doimo xursandchilik haqida oʻylaydi.
5 Dono odamning tanbehini eshitish nodonning maqtovlaridan yaxshiroq, 6 chunki nodonning maqtov kuyi qozonning ostida yonib turgan yantoqning chirsillashiga oʻxshaydi. Ammo bu ham behuda , chunki 7 doʻq–poʻpisa dononi ham telba qiladi, pora esa yurakni egri qiladi.
8 Hamma narsaning oxiri — boshidan, sabr–toqat — magʻrurlikdan yaxshiroqdir.
9 Jahldor boʻlmagin, chunki jahl nodonlarning yuragida uy quradi.
10 “Nima uchun oʻtmish kunlar hozirgilardan yaxshiroq edi?” deb soʻramagin, bu savolni soʻrash donolikdan emas.
11 Donolik xuddi meros kabi yaxshidir, bu dunyoda hayot boʻlganlarga foydalidir. 12 Donolik ham, pul kabi, vaqtinchalik orom beradi, donolik hayotga chidashga yordam beradi, ilm–maʼrifat foyda keltiradi.
13 Xudo qilgan ishlarga qaragin, U egri qilgan narsalarni kim ham toʻgʻrilay olardi?! 14 Baxtli kunlaringda quvongin, qaygʻuli kunlaringda esa shuni esingda tut, quvonchni ham, qaygʻuni ham Xudo yaratgan. Hech kim kelajakda nima boʻlishini aytib bera olmaydi .
Inson donoligining meʼyori
15 Mana shu behuda hayotim davomida hamma narsani koʻrdim. Solih insonlar solih boʻlsalar ham halok boʻladilar, fosiqlar esa oʻz fosiqliklari bilan uzoq umr koʻradilar. 16 Qonunparast boʻlma, donoligingga juda ham ishonaverma , nima uchun oʻzingni oʻzing halok qilishing kerak?! 17 Ammo shakkok yoki ahmoq ham boʻlmagin, nima uchun ajaling yetmay turib vafot etishing kerak?! 18 Bu nasihatlarning birini tutib, ikkinchisini unutma. Xudodan qoʻrqqan ikkisini ham esda tutadi.
19 Donolik insonni shahardagi oʻnta hukmdordan qudratliroq qiladi. 20 Lekin bu dunyoda har doim solihlik qilib, umuman gunoh qilmaydigan inson yoʻqdir. 21 Xizmatkoring seni yomonlayotganini eshitib qolmasliging uchun odamlar gapirayotgan hamma narsaga ham eʼtibor beravermagin. 22 Oʻzing bilasan, sen oʻzing ham boshqalarni juda koʻp yomonlagansan–ku!
23 Bularning hammasini donoligim bilan sinab koʻrdim, oʻzimga: “Donolikka erishaman”, dedim, lekin unga yeta olmadim. 24 Hamma sodir boʻladigan narsalarning maʼnosi juda chuqur, yetib boʻlmasdir. Kim ham uni topa olardi?! 25 Shunda men donolikni qidirib topishga, har bir sodir boʻlgan narsani tushunishga oʻzimni bagʻishladim. Fosiqlik nodonlik ekanligini, ahmoqlik telbalik ekanligini oʻz hayotimda isbotlamoqchi boʻldim. 26 Men mana bu narsani bildim. Ahmoqlik bir ayolga oʻxshaydi. U oʻzi tuzoq, yuragi toʻr, qoʻllari esa zanjirdaydir. U oʻlimdan ham achchiqroq ekan. Xudoga maʼqul keladigan ishlarni qiladiganlar undan qocha oladilar, lekin gunohkor uning qoʻllariga tushadi.
27-28 Voiz shunday dedi: “Bekorga har bir sodir boʻlgan narsaning maʼnosini qidirib (bu maʼnoni juda sinchkovlik bilan izlagan boʻlsam ham), mana shu narsani tushunib yetdim: minglar orasida bitta solih kishini topdim, shularning orasidan bitta ham solih ayol topa olmadim. 29 Ammo bir narsani angladim, qarang, Xudo insonlarni toʻgʻri qilib yaratgan, lekin ular har xil qabih rejalar tuzadi.”