11–BOB
Dovud Isroil shohi boʻladi
1 Jamiki Isroil xalqi Xevronga — Dovudning huzuriga yigʻilib shunday dedi:
— Biz sizning jigaringizmiz. 2 Ilgari Shoul shoh boʻlganda ham, urushlarda Isroil lashkariga oʻzingiz bosh boʻlar edingiz. Egangiz Xudo sizga: “Sen xalqim Isroilning choʻponi boʻlib, ularni boqasan, xalqim Isroilga sen rahnamolik qilasan”, deb aytgan edi.
3 Shunday qilib, Dovud Xevronda Isroil oqsoqollari bilan Egamiz oldida ahd qildi. Isroil oqsoqollari, Egamizning Shomuil orqali bergan soʻziga muvofiq, Dovudning boshiga moy surtib, uni Isroil ustidan shoh qilib koʻtarishdi.
Dovud Quddusni bosib oladi
4 Shoh Dovud bilan hamma Isroil sipohlari Quddusga yurish qildilar. Oʻsha davrda Quddus shahri Yobus deb atalgan boʻlib, u yerning oʻtroq xalqi Yobus xalqi deb atalar edi. 5 Yobus aholisi Dovudga: “Sen bu yerga kira olmaysan”, dedi. Ammo Dovud Sion qalʼasiga bostirib kirib, qalʼani egalladi. Keyinchalik bu qalʼaga “Dovud qalʼasi” deb nom berildi. 6 Dovud: “Kimki Yobuslarga birinchi boʻlib hujum qilsa, u lashkarboshi boʻladi”, deb aytgan edi. Zeruya oʻgʻli Yoʻab birinchi boʻlib hujum qildi va lashkarboshi boʻldi. 7 Dovud qalʼada yashay boshladi. Shuning uchun bu joy “Dovud qalʼasi” deb nom oldi. 8 Dovud Quddusning sharq tomonidagi Millodan boshlab, butun shahar atrofini devor bilan oʻrab mustahkamladi. Yoʻab esa shaharning qolgan joylarini tuzatdi. 9 Dovud tobora kuchayib borardi, chunki Sarvari Olam unga yor edi.
Dovudning “Uch qahramon” va “Oʻttiz qahramon” degan guruhlaridagi bahodir jangchilar
10 Quyida shoh Dovudning bahodir jangchilari roʻyxati berilgan. Ular qolgan Isroil xalqi bilan birgalikda Egamizning vaʼdasiga muvofiq, Dovudni shoh deb eʼlon qilganlar hamda uning shohligi uchun kuchli tayanch boʻlganlar.
11 Dovudga xizmat qilgan bahodir jangchilar quyidagilar: birinchisi — Xaxmoʻn urugʻidan Yoshuvam. U “Uch qahramon”ning sardori edi. U nayzasi bilan uch yuz kishiga hujum qilib, hammasini bir jangda oʻldirgan edi.
12 “Uch qahramon”dan ikkinchisi Oxoʻva urugʻidan Doʻdoʻ oʻgʻli Elazar edi. 13 Filistlar jang qilish uchun Pas–Dammimda toʻplanganda, Elazar Dovud bilan birga edi. U yerdagi dalaning bir qismiga arpa ekilgan edi. Isroil lashkari qocha boshlagach, 14 Elazar bilan Dovud dalaning oʻrtasida turib olib, u yerni himoya qilishdi. Filistlarni qirib tashlashdi. Shu tariqa, Egamiz ularni katta gʻalabaga erishtirdi.
15 “Oʻttiz qahramon” guruhi tarkibiga kirgan oʻsha uchta qahramon Dovudning yoniga — Adullam gʻori oldidagi qoyaga ketishdi . Rafa vodiysida Filistlar lashkari qarorgoh qurgan edi. 16 Bu paytda Dovud oʻzining adirdagi qarorgohida edi. Bitta Filist qoʻnolgʻasi esa Baytlahmda joylashgan edi. 17 Dovud hasrat bilan:
— Qaniydi birortasi Baytlahm darvozasining yonidagi quduqdan menga suv olib kelib bersa! — dedi. 18 Oʻsha uchta qahramon Filistlar qarorgohini yorib oʻtishdi–da, Baytlahmdagi darvozaning yonidagi quduqdan suv tortib, Dovudga olib kelishdi. Lekin Dovud suvni ichmay, yerga toʻkib, Egamizga bagʻishladi.
19 — Bunday qilishdan meni Xudoyimning Oʻzi asrasin! — deb xitob qildi u. — Shu yigitlarning qonini ichaymi? Axir, ular jonini xavf–xatarga qoʻyib, suv olib kelishdi–ku!
Shuning uchun ham Dovud suvni ichishni istamadi. “Uch qahramon” ana shunday jasurlik koʻrsatishgan edi.
20 Yoʻabning akasi Abushay “Oʻttiz qahramon”ning sardori edi. Abushay nayzasi bilan uch yuz kishini oʻldirdi. Shu tariqa u “Uch qahramon” singari dong taratdi. 21 U “Oʻttiz qahramon”dan ham mashhur edi, ularning yoʻlboshchisi boʻldi. Lekin “Uch qahramon”dan biri hisoblanmasdi.
22 Kabzil shahridan Yohayido oʻgʻli Binayo degan jasur bir jangchi bor edi. U ajoyib ishlar qildi, Moʻablik ikki dovyurak odamni oʻldirdi. Qor yoqqan kunda bir xandaqqa tushib, sherni oʻldirdi. 23 Yana boʻyi besh tirsak keladigan devday bir Misrlikni ham oʻldirdi. Misrlikning qoʻlidagi nayzasi toʻquvchining dastgohi xodasiday kelardi. Binayo uning ustiga tayoq bilan bostirib bordi. Nayzani Misrlikning qoʻlidan tortib oldi–da, oʻsha nayza bilan uni oʻldirdi. 24 Binayoning qilgan ishlari ana shulardir. Shu tariqa, Binayo “Uch qahramon” kabi dong taratdi. 25 U “Oʻttiz qahramon” orasida shuhrat topdi, lekin “Uch qahramon”dan biri hisoblanmasdi. Dovud uni qoʻriqchilar sardori qilib tayinladi.
26 Boshqa bahodir jangchilar quyidagilardir:
Yoʻabning ukasi Osoyil,
Baytlahm shahridan Doʻdoʻ oʻgʻli Elxanon,
27 Xaroʻd shahridan Shammox ,
Palonlik Xalez,
28 Taxuva shahridan Ixesh oʻgʻli Ero,
Onotoʻt shahridan Abuazar,
29 Xusha shahridan Sibaxay,
Oxoʻva urugʻidan Zalmon ,
30 Natufo shahridan Maxray va Banax oʻgʻli Xaled,
31 Benyamin naslidan Givolik Ribay oʻgʻli Etxay,
Piraton shahridan Binayo,
32 Gash soyliklaridan Xuray,
Bayt–Araba shahridan Abualvon ,
33 Boxurim shahridan Ozmobit,
Shalbim shahridan Eliyaxba,
34 Gizonlik Yoshon oʻgʻillari,
Xaror shahridan Shaxey oʻgʻli Yoʻnatan,
35 Xarorlik Shoror oʻgʻli Oxiyom,
Ur oʻgʻli Elifal,
36 Maxirotlik Xafer,
Palonlik Oxiyo,
37 Karmil shahridan Xazro,
Ezbay oʻgʻli Paray ,
38 Natanning ukasi Yoʻel,
Xagri oʻgʻli Mivxor,
39 Ommon xalqidan Zilax,
Baroʻt shahridan Zeruya oʻgʻli Yoʻabning qurolbardori Naxray,
40 Yitar urugʻidan Ero va Goriv,
41 Xet xalqidan Uriyo,
Oxlay oʻgʻli Zabad,
42 Ruben qabilasining yoʻlboshchisi Shizo oʻgʻli Adinax va uning oʻttiz jangchisi,
43 Maxo oʻgʻli Xanon,
Mitanlik Yoshafat,
44 Ashtarutlik Uzziya,
Arorlik Xoʻtamning oʻgʻillari Shomo va Yaviyol,
45 Shimri oʻgʻli Yodiyol va uning ukasi Tizlik Yoʻxo,
46 Maxavlik Eliyol,
Elnamning oʻgʻillari Yarivay va Yoʻshaviyo,
Moʻab yurtidan Yitmo,
47 Eliyol, Obid va Zoʻvolik Yasiyol.