5–BOB
Ester tilagini shohga ayon qiladi
1 Uchinchi kuni Ester shohona liboslarini kiyib, saroyning ichki hovlisida — shoh yashaydigan xosxona roʻparasida paydo boʻldi. Shoh xosxonaning toʻridagi taxtda oʻtirib, 2 hovlida kutib turgan malika Esterni koʻrdi–yu, unga marhamat qildi va qoʻlidagi saltanatning oltin hassasini Esterga tomon choʻzdi. Ester yaqinroq kelib hassaning uchiga tegindi.
3 Shoh undan:
— Senga nima kerak, malika Ester? — deb soʻradi. — Tilaging nima? Hatto yarim shohlikni soʻrasang ham beriladi.
4 — Agar shohimiz maʼqul koʻrsalar, bugun Xomon bilan birga menikiga ziyofatga kelsalar, — dedi malika. — Men shohimiz uchun ziyofat tayyorlagandim.
5 Shoh:
— Zudlik bilan borib Xomonni topib kelinglar! — deb buyurdi. — Esterning istagini bajo qilaylik.
Shunday qilib, shoh Xomon bilan birga Ester tayyorlagan ziyofatga bordi. 6 Shoh maydan ichar ekan:
— Ayt, nima istaysan? Nima istasang beriladi, — dedi Esterga. — Qanday tilaging bor? Yarim shohlikni soʻrasang ham, xohishing qondiriladi.
Ester shunday javob berdi:
7 — Mening istagim va iltimosim shuki, 8 agar shohimiz mendan mamnun boʻlsalar, shohimiz mening tilagimni va istagimni qondirishni maʼqul koʻrsalar, ertaga men tayyorlaydigan ziyofatga yana Xomon bilan birga kelsinlar. Oʻshanda shohimizning savoliga javob beraman.
Xomon gʻazablanadi
9 Xomon oʻsha kuni ziyofatdan xursand, kayfiyati chogʻ boʻlib chiqdi. U shoh saroyi darvozasi oldida Mardoxayni koʻrdi. Mardoxay Xomonning hurmati uchun oʻrnidan turmadi ham, taʼzim ham qilmadi. Xomon esa gʻazabdan tutaqib ketdi. 10 Biroq u oʻzini bosdi. Uyiga kelib, doʻstlarini va xotini Zareshni chaqirtirdi. 11 Xomon ularga oʻzining cheksiz boyligi va koʻpdan–koʻp oʻgʻillari toʻgʻrisida gapirdi, shuningdek, shoh uni aʼyonlar va xizmatkorlar ustidan yuksak martabaga koʻtargani haqida maqtandi.
12 Keyin u yana aytdi:
— Malika Ester ziyofat tayyorlagan ekan, shoh bilan mendan boshqa hech kimni taklif qilmabdi. Ertaga ham men shoh bilan birga unikiga ziyofatga chaqirilganman. 13 Lekin saroy darvozasida turgan yahudiy Mardoxayni koʻrganimda, bularning men uchun hech bir qimmati qolmaydi.
14 Shunda xotini Zaresh va hamma doʻstlari Xomonga maslahat berishdi:
— Dor tayyorlashsin, balandligi ellik tirsak boʻlsin. Ertalab shohdan iltimos qil, Mardoxayni oʻsha dorga osishsin . Keyin xursand boʻlib, shoh bilan birga ziyofatga boraverasan.
Bu gap Xomonga maʼqul tushdi. U dorni tayyorlatib qoʻydi.