9–BOB
Yohu Isroil ustidan shoh qilib tayinlanadi
1 Elishay paygʻambarlar guruhidan bittasini chaqirib, unga dedi:
— Qani, boʻl, qoʻlingga anavi moy solingan idishni ol, Giladdagi Ramoʻtga bor. 2 U yerga borganingdan keyin, Yohuni qidirib top. Nimshi deganning nabirasi Yohu Yahoshafat degan odamning oʻgʻlidir. Uni oʻrtoqlari orasidan chaqirib chiqib, boshqa xonaga olib kir. 3 Soʻngra moy solingan idishni ol. Yohuning boshiga moyni surtgin–da, shunday degin: “Egamiz shunday aytmoqda: senga moy surtib, Isroil ustidan shoh qilib tanladim.” Keyin eshikni ochgin–u, kutmasdan qoch.
4 Yosh paygʻambar Giladdagi Ramoʻtga ketdi. 5 Oʻsha joyga yetib kelganda, lashkarboshilar suhbatlashib oʻtirgan edi.
— Senda gapim bor, lashkarboshi, — dedi u.
— Qaysi birimizda gaping bor? — deb soʻradi Yohu.
— Senda, lashkarboshi, — dedi u Yohuga. 6 Yohu oʻrnidan turib, boshqa xonaga kirdi. Yosh paygʻambar uning boshiga moyni surtgach, dedi:
— Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: “Senga moy surtib, Oʻzimning xalqim Isroil ustidan shoh qilib tayinladim. 7 Sen hukmdoring Axabning xonadonini qirib tashlaysan, toki paygʻambar qullarim va boshqa hamma qullarimning toʻkilgan qonlari uchun Men Izabeldan oʻch olay. 8 Axabning butun xonadoni yoʻq boʻladi. Isroilda Axabning urugʻidan har bir erkak zotini, xoh qul boʻlsin, xoh ozod boʻlsin, qirib tashlayman. 9 Axab xonadonini Nabat oʻgʻli Yeribomning xonadoni va Oxiyo oʻgʻli Bashoning xonadoni koʻyiga solaman. 10 Izabel esa Yizril yerlarida itlarga yem boʻladi, uni dafn qiladigan hech kimsa boʻlmaydi.”
U shunday deb eshikni ochdi–yu, qochdi.
11 Yohu lashkarboshi doʻstlari oldiga qaytdi.
— Tinchlikmi? Anavi telba sening oldingga nima uchun kelibdi? — deb soʻrashdi doʻstlari undan.
— E, bunaqa odamlarni bilasizlar–ku, valdirayveradilar–da, ular, — dedi Yohu doʻstlariga.
12 — Ey yolgʻonchi! Qani, bizga ham ayt–chi, — deyishdi ular.
Yohu doʻstlariga: “Egamiz menga moy surtib Isroil ustidan shoh qilib tayinlabdi”, deb paygʻambarning gaplarini aytib berdi.
13 Hammalari shoshilib qolishdi. Har kim liboslarini yechib, Yohu turgan zinapoyaga toʻshadilar va burgʻu chalib: “Yohu shoh boʻldi!” deb jar soldilar.
Yohu Yoramni oʻldiradi
14 Yohu Yoramga qarshi fitna uyushtirdi.
Bu paytda butun Isroil lashkari shoh Yoram boshchiligida Giladdagi Ramoʻt shahrini Oram shohi Xazayildan himoya qilayotgan edi. 15 Yoram Xazayil bilan jang qilganda, Oram lashkari uni yaralagan, Yoram esa yaralarini davolatish uchun Yizrilga qaytgan edi .
Yohu doʻstlariga:
— Agar sizlar men tomonda boʻlsangizlar, shahardan biror kimsa chiqib ketishiga va Yizrilga xabar olib borishiga yoʻl qoʻymanglar, — dedi. 16 Yohu otiga minib, Yizril shahriga yoʻl oldi, chunki Yoram kasal boʻlib, u yerda yotgan edi.
Yahudo shohi Oxoziyo ham Yoramni koʻrgani kelgan edi.
17 Yizril minorasi ustida qorovul turardi.
Yohuning odamlari yaqinlashib kelardi. Qorovul ularni koʻrib qolib: “Bir talay odamni koʻryapman”, dedi. Yoram qorovulga aytdi:
— Birorta otliqni yubor, odamlarni kutib olib: “Tinchlik bilan kelyapsizlarmi?” deb soʻrasin.
18 Suvori Yohuga peshvoz chiqib dedi:
— Shoh: “Tinchlik bilan kelyapsizlarmi?” deb soʻrayapti.
— Tinchlikdan senga nima?! Orqamdan yur, — dedi Yohu. Qorovul esa: “Otliq ularning oldiga yetib bordi–yu, lekin qaytib kelmayapti”, deb xabar berdi.
19 Endi boshqa bir otliqni yuborishdi, bunisi ham ularning oldiga kelib:
— Shohimiz: “Tinchlik bilan kelyapsizlarmi?” deb soʻrayapti, — dedi.
— Tinchlikdan senga nima?! Orqamdan yur, — dedi Yohu.
20 Qorovul: “Otliq ularning oldiga yetib bordi–yu, qaytib kelmadi, oʻpkasi ogʻziga tiqilganday hovliqib ot choptirib kelishidan Yohuga oʻxshaydi”, deb xabar yetkazdi.
21 — Aravani qoʻsh! — deb buyurdi Yoram. Shohning jang aravasini qoʻshdilar. Isroil shohi Yoram va Yahudo shohi Oxoziyo oʻz aravalariga minib, Yohuni kutib olgani chiqdilar. Ular Yohuni Yizrillik Navoʻtning dalasida kutib oldilar. 22 Yoram Yohuni koʻrgach, unga:
— Tinchlik bilan keldingmi, Yohu? — deb soʻradi.
— Onang Izabel boshlagan zinoyu sehr–jodu bizda hanuzgacha davom etib kelar ekan, qanaqasiga tinchlik boʻlsin?! — dedi Yohu.
23 Yoram Oxoziyoga: “Qochdik, Oxoziyo! Xoinlik bu!” dedi–yu, ot tizginini burib, qochib qoldi. 24 Yohu kamonni kuchi boricha tortib, Yoramning ikkala kuragi oʻrtasini moʻljallab otdi. Oʻq Yoramning qoq yuragini teshib oʻtdi. Yoram aravasi ichiga yiqildi.
25 Yohu xizmatkori Bidkarga dedi:
— Uning jasadini Yizrillik Navoʻtning dalasiga olib borib tashla, shuni yodingdan chiqarmaginki, biz, ikkovimiz, Yoramning otasi Axabning ortidan jang aravasida borganimizda, Axabga qarshi Egamiz shuni ayon qilgan edi: 26 “Kecha Navoʻt bilan uning oʻgʻillari qonini koʻrdim. Sendan oʻsha dalada qasos olaman.” Endi Egamizning aytganiga koʻra, Yoramning jasadini olib, Navoʻtning dalasiga olib borib tashla.
Yahudo shohi Oxoziyo oʻldiriladi
27 Yahudo shohi Oxoziyo bu hodisani koʻrib, Bayt–Xagon shahriga qarab qochdi . Yohu uning ortidan quvib ketayotganda:
— Uni ham oʻldiringlar! — deb baqirdi. Yiblayom shahri yonidagi Gur tepaligida aravasida turgan Oxoziyoni otdilar. Oxoziyo Magidoʻ shahriga qochib borib, oʻsha yerda jon berdi. 28 Aʼyonlari uning jasadini aravada Quddusga olib keldilar va Dovud qalʼasida, ota–bobolari xilxonasiga dafn qildilar.
29 Axab oʻgʻli Yoram hukmronligining oʻn birinchi yilida Oxoziyo Yahudo shohi boʻlgan edi.
Izabel oʻldiriladi
30 Yohu Yizrilga bordi. Izabel esa bu xabarni eshitib koʻzlariga surma surtib, sochlarini tarab, derazadan qarab turgan edi. 31 Yohu shahar darvozasidan kirgach, Izabel:
— Ha, senmisan, hukmdorini oʻldirgan Zimridan qolishadigan joying yoʻq! Tinchlik bilan keldingmi? — dedi.
32 Yohu koʻzlarini derazaga qadab:
— Kim men tomonda? Kim? — deb baqirdi. Tepada haram ogʻalaridan ikki–uchtasi paydo boʻldi. 33 — Uni pastga uloqtiringlar! — deb buyurdi Yohu. Ular Izabelni ushlab pastga uloqtirdilar. Uning qoni devorga, otlarga sachradi, Yohuning oti jasadni ezgʻilab tashladi.
34 Shundan keyin Yohu kelib, yeb–ichdi. Soʻngra:
— Anavi laʼnatini topib, koʻminglar, — dedi, — nima boʻlganda ham, shoh qizi–da .
35 Lekin Izabelning jasadini dafn qilishga borgan odamlar, uning bosh suyagi, oyogʻi va qoʻl panjasidan boshqa biror aʼzosini topa olmadilar. 36 Hammalari qaytib kelib, Yohuni ahvoldan xabardor qildilar. Yohu ularga shunday dedi:
— Egamizning Oʻz quli Ilyos orqali aytgan bu soʻzlari bajo boʻldi :

“Izabelning jasadi Yizril yerlarida koʻppaklarga yem boʻlar,
37 Uning jasadi Yizril dalalaridagi goʻngga oʻxshab qolar,
Shuning uchun hech kim, bu Izabeldir, deb aytmas.”