10–BOB
Pavlusga Xudo bergan hokimiyat
1 Masihning Oʻzi koʻrsatgan muloyimlik va mehribonlik bilan sizlardan iltijo qilaman. Baʼzilar men haqimda: “Pavlus shaxsan oramizda boʻlganda moʻmin–u, uzoqda boʻlganda esa juda jasur ekan–a!” deb aytayotgan ekan. 2 Baʼzilar meni boʻshang odam, deb aytayotgan ekan. Men albatta bunday odamlarga qattiq muomala qilaman. Sizlardan oʻtinaman, sizlarga qattiq gapirishga meni majbur qilmanglar. 3 Biz inson boʻlib, bu dunyoda yashasak ham, bashariy kuch bilan jang qilmaymiz. 4 Bizning qurol–aslahalarimiz bashariy manfaat uchun emas, balki ilohiy manfaat uchun ishlatiladi. Bizning qurol–aslahalarimiz bu dunyoning qurol–aslahalariday emas. Xudoning qudrati bilan bu qurol–aslahalarimiz qalʼaday mustahkam boʻlgan insoniy oʻy–xayollarni hamda quruq safsatalarni yoʻq qilishga qodir. 5 Xudoni tanib–bilishga toʻsqinlik qilayotgan takabburona dunyoqarashga biz barham beramiz. Har qanday oʻy–xayolni Masihga boʻysundirib, asir qilamiz. 6 Shunday qilib, oʻzlaringiz ham toʻla boʻysunganingizdan keyin, biz birgalikda har xil itoatsizlikni jazolashga tayyor boʻlamiz.
7 Sizlar mening havoriy ekanligimni nahotki bilmasangizlar?! Agar birortasi ishonch bilan: “Men Masihga tegishliman”, desa, shuni oʻylab koʻrsin: u tegishli boʻlgan Masihga biz ham tegishlimiz! 8 Egamiz tomonidan berilgan hokimiyat haqida juda koʻp maqtansam ham, bundan hech xijolat boʻlmayman. Axir, bu hokimiyat menga sizlarning imoningizni vayron qilish uchun emas, balki mustahkamlash uchun berilgan.
9-11 Darvoqe, baʼzilar: “U maktublarida talabchan va kuchli, lekin shaxsan biz bilan boʻlganda esa zaif, soʻzlari ham taʼsirsiz”, deb aytayotgan ekan. Bunday deb aytayotganlar shuni bilib qoʻysinlarki, men faqatgina maktublarimda ogohlantirib qolmayapman. Men maktublarimda qanday inson ekanligimni koʻrsatgan boʻlsam, huzuringizda boʻlganimda ham shunday inson ekanligimni oʻz harakatlarim bilan isbotlayman.
Maqtanishu maqtanmaslik haqida
12 Oʻzlariga yuqori baho beradigan odamlarning qatoriga biz oʻzimizni qoʻshmaymiz, hatto ular bilan solishtirmaymiz. Ular oʻzlarini oʻzlari bilan oʻlchab, oʻzlarini oʻzlariga qiyos qiladilar. Bu qanday ahmoqlik! 13 Biz haddan tashqari maqtanmaymiz. Xudo bizga yuklagan masʼuliyat va vazifa doirasidan chiqib ketmaymiz. Sizlar ham bizning masʼuliyatimiz doirasiga kirasizlar. 14 Agar biz sizlarga masʼul boʻlmaganimizda edi, sizlarga qilgan muomalamizda haddimizdan oshgan boʻlardik. Ammo oʻzlaringiz bilasiz–ku, birinchi boʻlib sizlarga Masihning Xushxabarini keltirgan bizmiz.
15 Biz haddimizdan oshib, boshqalarning qilgan mehnati bilan maqtanmaymiz. Umid qilamizki, imoningiz oshib boraveradi, shunda sizlarning yordamingiz bilan xizmatimiz yanada koʻpayadi. 16 Shunday qilib, boshqalarning tayyor ishlari bilan maqtanmay, sizlardan uzoqroq boʻlgan joylarga ham Xushxabarni yetkazaylik. 17 Muqaddas bitiklarda oʻrgatilganday, kim maqtanmoqchi boʻlsa, Egamizning qilgan ishlari bilan maqtansin! 18 Oʻzini oʻzi maqtagan odam emas, balki Egamizning maqtoviga sazovor boʻlgan odamgina Unga maqbul boʻladi.