9–BOB
Iso oʻn ikki havoriyni xizmatga yuboradi
1 Iso oʻn ikki havoriyni yoniga chaqirib, ularga hamma jinlarni quvib chiqarish va kasalliklarni davolash qudrati va hokimiyatini berdi. 2 Iso ularni Xudoning Shohligini eʼlon qilishga va xastalarni shifolashga yuborar ekan, 3 shunday dedi: “Yoʻlga hech narsa olmanglar: hassa ham, toʻrva ham, non, pul, hatto qoʻshimcha kiyim ham olmanglar. 4 Qaysi uyga kirsangizlar, oʻsha shahardan ketguningizcha shu uyda qolinglar. 5 Agar biror shaharda sizni qabul qilmasalar, u yerdan chiqayotganingizda ularga ogohlantirish tariqasida oyoqlaringizdagi changni qoqib ketinglar .”
6 Havoriylar ketdilar. Qishloqma–qishloq yurib, hamma yoqda Xushxabarni eʼlon qildilar, xastalarga shifo berdilar.
Hirod sarosimaga tushadi
7 Viloyat hukmdori Hirod sodir boʻlayotgan ajoyibotlar haqida eshitib, esankirab qoldi. Chunki baʼzilar: “Yahyo tirilib kelibdi”, desalar, 8 boshqalar: “Ilyos paygʻambar zohir boʻlibdi”, der edilar. Yana boshqalar boʻlsa: “Qadimgi paygʻambarlardan boshqa biri tirilib kelibdi”, deyishardi. 9 Hirod: “Men Yahyoning boshini oldirgan edim, ammo menga aytishayotgan bu Odam kim boʻldi ekan?” deb Isoni koʻrgisi keldi.
Iso 5000 kishini toʻydiradi
10 Havoriylar qaytib keldilar va qilgan hamma ishlarini Isoga aytib berdilar. Iso faqatgina havoriylari bilan vaqt oʻtkazmoqchi boʻlib, ularni Baytsayda shahriga olib ketdi . 11 Olomon esa bu haqda xabar topib, Uning orqasidan ergashdi. Iso olomonni yaxshi kutib oldi, ularga Xudoning Shohligi toʻgʻrisida gapirdi, shifoga muhtojlarni shifoladi.
12 Kun botib, kech kira boshladi. Oʻn ikki havoriy Isoning oldiga kelib dedilar:
— Odamlarni joʻnatib yuboring, toki ular atrofdagi qishloqlarga, ovullarga borib, oʻzlariga tunash uchun joy va yegulik topsinlar. Axir, biz kimsasiz joydamiz.
13 — Sizlar ularga ovqat beringlar! — dedi Iso.
— Beshta non va ikkita baliqdan boshqa hech narsamiz yoʻq–ku! — deya javob berdi shogirdlar. — Nima, biz borib, shuncha odamga ovqat sotib olaylikmi?!
14 Olomon orasida taxminan besh mingga yaqin erkak bor edi. Iso shogirdlariga dedi:
— Odamlarni ellikta–ellikta qilib oʻtqazinglar.
15 Shogirdlar aytilganday qilib, hammani yerga oʻtqazdilar. 16 Iso beshta non bilan ikkita baliqni oldi, osmonga qarab shukrona duosini oʻqidi. Soʻng bularni sindirib, xalqqa tarqatish uchun shogirdlariga berdi. 17 Hamma yeb toʻydi. Ortib qolgan burdalarni yigʻib olishganda, oʻn ikki savat chiqdi.
Butrus Isoning Masih ekanini tan oladi
18 Bir kuni Iso yolgʻiz Oʻzi ibodat qilayotganda, shogirdlari kelib qolishdi. Iso ulardan:
— Xalq Meni kim deb biladi? — deya soʻradi. 19 Ular shunday javob berdilar:
— Baʼzilar Sizni Yahyo choʻmdiruvchi deb hisoblaydilar, baʼzilar Ilyos , boshqalari esa, qadimgi paygʻambarlardan biri tirilib kelgan, deb aytib yuribdilar.
20 — Sizlar–chi, Meni kim deb bilasiz? — deb soʻradi Iso.
— Siz Xudo yuborgan Masihsiz! — deb javob berdi Butrus.
Iso Oʻz oʻlimi toʻgʻrisida gapiradi
21 Iso shogirdlariga: “Bularni hech kimga aytmanglar, — deb qatʼiy ogohlantirib gapirdi. 22 — Inson Oʻgʻli koʻp azob chekadi. Yoʻlboshchilar, bosh ruhoniylar va Tavrot tafsirchilari tomonidan rad qilinib, oʻldiriladi. Uchinchi kuni esa tiriladi.”
23 Soʻng hammaga dedi: “Kimda–kim Menga ergashishni istasa, oʻzidan kechsin va har kuni oʻz xochini koʻtarib , ortimdan yursin. 24 Kim oʻz jonini asrab qolmoqchi boʻlsa, uni yoʻqotadi. Kim Men uchun jonini bersa, uni asrab qoladi. 25 Agar inson butun dunyoni egallab olsa–yu, biroq oʻz hayotiga oʻzi zomin boʻlsa, bundan unga nima foyda?! 26 Mendan va Mening soʻzlarimdan uyalmanglar! Aks holda, Inson Oʻgʻli Oʻzining, samoviy Otasining va muqaddas farishtalarning ulugʻvorligida kelganda, U ham sizlardan uyaladi. 27 Sizlarga chinini aytayin: bu yerda turganlardan baʼzilari Xudoning Shohligini koʻrmaguncha, oʻlmaydilar.”
Isoning qiyofasi oʻzgaradi
28 Iso bu gaplarni aytgandan keyin oradan sakkiz kun oʻtdi. U Butrusni, Yuhanno bilan Yoqubni olib, ibodat qilgani toqqa chiqdi. 29 Ibodat paytida Isoning yuzi oʻzgardi, kiyimlari ham koʻzni qamashtiradigan darajada oppoq boʻlib qoldi. 30-31 Birdaniga Isoning oldida ikki odam paydo boʻldi, ularning butun borligʻi nur taratib turardi. Bu ikki odam Muso va Ilyos boʻlib, Iso bilan gaplashayotgan edilar. Ular Isoning tez orada Quddusga borishi va u yerda Xudoning rejasini amalga oshirib, olamdan oʻtishi toʻgʻrisida suhbatlashayotgan edilar.
32 Butrus va u bilan birga boʻlganlar qattiq uyquga ketgan edilar. Ular birdan uygʻonib, Isoning ulugʻvorligini va Uning yonida turgan ikki odamni koʻrdilar. 33 Bu ikki odam ketmoqchi boʻlib turganda Butrus Isoga dedi:
— Ustoz, yaxshi ham shu yerda ekanmiz! Keling, uchta chayla yasaylik, bittasi Sizga, bittasi Musoga, bittasi Ilyosga.
Ammo u nima deb aytayotganini oʻzi ham bilmas edi.
34 U shu gapini tugatmagan ham ediki, bulut paydo boʻlib, hammalariga soya soldi. Bulut ostida qolgan shogirdlar qoʻrqib ketdilar. 35 Bulut orasidan esa shunday ovoz eshitildi:
— Bu Mening Oʻgʻlimdir, Men Uni tanladim . Unga quloq solinglar!
36 Ovoz tingandan keyin, shogirdlar Isoning u yerda yolgʻiz qolganini koʻrdilar. Shogirdlar koʻrganlarini sir saqlab, oʻsha kunlarda hech kimga aytmadilar.
Jinga chalingan bolaga Iso shifo beradi
37 Ertasi kuni Iso va Uning uch shogirdi togʻdan tushdilar. Isoni katta olomon kutib oldi. 38 Toʻsatdan olomon orasidan bir odam baqirib qoldi:
— Ustoz! Yolvoraman, oʻgʻlimni koʻrib qoʻying! U mening yakkayu yagona oʻgʻlim! 39 Baʼzan uni jin tutib turadi. Shunda oʻgʻlim birdaniga baqirib qoladi. Ogʻzidan koʻpik chiqquncha, jin uni dagʻ–dagʻ qaltiratadi. Bolani oʻlguday charchatib, azob beradi. 40 Men shogirdlaringizga, jinni quvib chiqaringlar, deb yolvordim, ammo ular eplay olmadilar.
41 Iso shunday javob berdi:
— Ey imonsiz va buzuq avlod! Qachongacha sizlar bilan birga boʻlishim kerak?! Sizlarga yana qancha toqat qilishim kerak?! Oʻgʻlingni bu yerga olib kel!
42 Bola yaqinlashayotganda, jin uni yerga agʻnatib, qaltirata boshladi. Lekin Iso yovuz ruhga doʻq urib, bolaga shifo berdi. Soʻng uni otasiga topshirdi. 43 Hamma Xudoning qudratiga hayron qoldi.
Iso yana Oʻz oʻlimi haqida gapiradi
Odamlar Isoning qilayotgan ishlaridan hayratlanayotgan edilar. Shunda Iso Oʻz shogirdlariga dedi: 44 “Sizlar bu soʻzlarimni quloqlaringizga quyib olinglar! Inson Oʻgʻli odamlar qoʻliga tutib beriladi.” 45 Ammo shogirdlar bu soʻzlarni tushunmadilar. Bu soʻzlarning maʼnosi ular uchun qorongʻi boʻlib, uni anglamadilar. “Bu nima deganingiz?” deb Isodan soʻrashga ham botina olmadilar.
Kim katta?
46 Shogirdlar oʻrtasida: “Oramizda eng katta kim?” degan bahs boʻldi. 47 Ularning bu oʻy–xayollarini bilgan Iso bir bolani olib Oʻzining yoniga turgʻizdi–da, 48 ularga dedi:
— Kim bu bolani Mening nomimdan qabul qilsa, Meni qabul qilgan boʻladi. Kim Meni qabul qilsa, Meni Yuborganni qabul qilgan boʻladi. Oralaringizdagi eng kichigingiz aslida eng kattangizdir.
Sizga qarshi boʻlmagan — sizning tomoningizda
49 Shunda Yuhanno dedi:
— Ustoz! Biz bir odamni koʻrdik. U Sizning nomingiz bilan jinlarni quvib chiqarayotgan ekan. U biz bilan yurmagani sababli, unga bunday qilishni man etdik.
50 — Man etmang! — dedi Iso. — Kimki sizlarga qarshi boʻlmasa, u siz tomonda.
Samariyaliklar Isoni rad qilishadi
51 Isoning osmonga koʻtariladigan kuni yaqinlashib kelarkan, U Quddusga borishga qaror qildi. 52 Oʻzidan oldin xabarchilarni yubordi. Ular Isoning kelishiga hozirlik koʻrish uchun Samariyaning bir qishlogʻiga kirdilar. 53 Ammo Samariyaliklar Isoni qabul qilmadilar, chunki U Quddusga ketayotgan edi. 54 Uning shogirdlari Yoqub bilan Yuhanno bu vaziyatni koʻrib, shunday dedilar:
— Hazrat, istasangiz, biz: “Osmondan olov tushsin! Bularni yoʻq qilib yuborsin!” — deb buyuramiz . 55 Iso esa oʻgirilib qaradi–da, ularni koyidi. 56 Shundan keyin ular boshqa qishloqqa ketdilar .
Isoga ergashish shartlari
57 Yoʻlda ketayotganlarida, bir odam Isoga:
— Qayerga borsangiz ham, men ortingizdan boraman, — dedi. 58 Iso oʻsha odamga shunday dedi:
— Tulkilarning uyalari bor, qushlarning inlari bor. Inson Oʻgʻlining esa bosh qoʻyadigan joyi yoʻq.
59 Boshqa bir odamga Iso:
— Ortimdan yur! — dedi. Lekin u:
— Hazrat, ijozat bering, avval borib otamni dafn qilib kelay, — dedi. 60 Iso esa oʻsha odamga aytdi:
— Marhumlarni ruhan oʻlik boʻlganlar dafn qilsinlar, sen esa borib, Xudoning Shohligini eʼlon qilgin.
61 Yana boshqa biri aytdi:
— Hazrat, men Sizga ergashaman. Faqat oldin borib uydagilar bilan xayrlashishimga ijozat bering.
62 Lekin Iso unga dedi:
— Omochni tutib, ortiga qaragan bironta odam Xudoning Shohligiga loyiq emas.