4–BOB
1 Ey xoʻjayinlar, sizning ham samoda Xoʻjayiningiz borligini bilib, qullaringizga odil va toʻgʻri muomala qiling.
Har xil nasihatlar
2 Doim ibodat qiling. Ibodatda hushyor boʻlib, shukronalar keltiring. 3 Shuningdek, bizlar uchun ham ibodat qilinglar: biz Xudoning kalomini eʼlon qilishimiz va Masih sirini bayon etishimiz uchun Uning Oʻzi bizga yoʻl ochib bersin. Men ana shu sir tufayli qamoqdaman. 4 Bu sirni munosib ravishda izhor eta olishimni Xudodan soʻranglar. 5 Fursatni gʻanimat bilib, imonlilar qatoriga qoʻshilmaganlarga nisbatan oqilona yoʻl tutinglar. 6 Ular bilan qanday gaplashishni sizlarga oʻrgatay: ular bilan gaplashganingizda soʻzingiz hamisha yoqimli va mazmunli boʻlsin.
Soʻnggi salomlar va tilaklar
7 Men haqimdagi barcha yangiliklarni Rabbimiz Isoning sodiq xizmatkori, hamkorim va suyukli birodarim Tixikus sizlarga aytib beradi. 8 Sizlarga dalda berib, hol–ahvolimizni sizlarga bildirsin deb, men uni sizlarning oldingizga joʻnatyapman . 9 Tixikus bilan birga oldingizga sodiq va sevimli birodarimiz, hamshaharingiz Oʻnisimus ham boradi. Ular bu yerda boʻlib oʻtgan hamma narsani sizlarga aytib berishadi.
10 Men bilan birga qamalgan Aristarxus va Barnaboning jiyani Mark ham sizlarga salom yoʻllayaptilar. Mark haqida yoʻl–yoʻriq olgansizlar: agar oldingizga borsa, uni yaxshi qabul qilinglar. 11 Yoshua, yaʼni Yustus ham sizlarga salom yoʻllayapti. Xudoning Shohligi yoʻlida mehnat qilayotgan bulardan boshqa yahudiy hamkorlarim yoʻq. Ular menga tasalli boʻlib kelmoqdalar. 12 Iso Masihning quli, hamshaharingiz Epafras sizlarga salom yoʻllayapti. Xudoning irodasini toʻliq bajaradigan, imoni komil insonlar boʻlinglar deb, Epafras zoʻr gʻayrat bilan, tinmay sizlar uchun ibodat qilmoqda. 13 U sizlar uchun hamda Laodikiya va Heyrapolis shaharlaridagi imonlilar uchun ne–ne zahmatlar chekkaniga oʻzim shohidman. 14 Sevimli tabib Luqo va Dimas sizlarga salom yoʻllashyapti. 15 Laodikiya shahridagi birodarlarga, ayniqsa, Nimfaga va uning uyida yigʻiladigan jamoatga salom aytinglar.
16 Sizlarga yozgan bu maktubimni oʻqiganingizdan keyin, uni Laodikiyadagi jamoat ham oʻqisin. Sizlar esa Laodikiya jamoatiga yozgan maktubimni oʻqinglar.
17 Arxippusga: “Rabbimiz Iso zimmangga yuklagan xizmatni oxiriga yetkazgin”, — deb aytib qoʻyinglar.
18 Men, Pavlus, mana shu maktubning yakunini oʻz qoʻlim bilan yozyapman . Qamoqda ekanligimni esdan chiqarmanglar. Xudoning inoyati sizlarga yor boʻlsin .