8–BOB
Oliy ruhoniyimiz Iso — yangi ahdning Vositachisi
1 Aytgan gaplarimizning magʻzi quyidagicha: bizning shunday Oliy ruhoniyimiz borki, U samoda, Ulugʻvor Xudo taxtining oʻng tomonida oʻtiribdi . 2 U samodagi haqiqiy Chodirning Eng muqaddas xonasida xizmat qilyapti. Bu Chodirni inson emas, balki Egamizning Oʻzi qurgan.
3 Har bir oliy ruhoniy Xudoga nazrlar va qurbonliklar keltirish uchun tayin etiladi. Shunday ekan, bizning Oliy ruhoniyimizning ham keltiradigan biror nazri boʻlishi lozim edi. 4 Agar U yer yuzida boʻlganda edi, umuman ruhoniy boʻlolmas edi. Chunki Musoning qonunida buyurilgan nazrlarni keltiruvchi ruhoniylar bor. 5 Ular yer yuzidagi Muqaddas chodirda xizmat qiladilar. Bu Chodir bor–yoʻgʻi samodagi haqiqiy Chodirning nusxasi va soyasidir. Negaki, Xudo Musoga Chodir qurishni buyurganda, unga shunday degandi: “Ehtiyot boʻl, hamma narsani Men senga togʻda koʻrsatgan namunaga muvofiq yasat.” 6 Ammo Isoga berilgan ruhoniylik xizmati boshqa ruhoniylarnikiga qaraganda buyukdir. Chunki Uning vositasida tuzilgan yangi ahd avvalgi ahddan ulugʻroq va aʼloroq vaʼdalarga asoslangan.
7 Darvoqe, agar avvalgi ahd kamchiliksiz boʻlganda edi, yangi ahd kerak boʻlmasdi. 8 Odamlar avvalgi ahd talablarini bajara olmasliklariga Xudoning koʻzi yetib, U Oʻz xalqiga shunday degan edi:

“Shunday kunlar keladiki, Men Isroil va Yahudo xalqlari bilan yangi ahd tuzaman. 9 Bu yangi ahd Men ularning ota–bobolari bilan tuzgan ahdga oʻxshamaydigan boʻladi. Men ota–bobolarini qoʻlidan yetaklab, Misrdan olib chiqqanimda, ular bilan ahd tuzgan edim. Ammo ular oʻsha ahdimga rioya qilishmadi, shuning uchun Men ulardan yuz oʻgirdim.
10 Men kelajakda Isroil xalqi bilan tuzadigan ahd shunday boʻladi: Men qonunlarimni odamlarning ongiga solib qoʻyaman, qonunlarimni ularning yuraklariga yozaman. Men ularning Xudosi, ular esa Mening xalqim boʻladilar. 11 Shundan keyin odamlar bir–biriga: «Egamizni tanib–biling», demaydigan boʻlishadi. Chunki ularning hammasi — kattasidan tortib, kichigigacha Meni biladigan boʻladi. 12 Men ularning ayblarini kechiraman, gunohlarini hech qachon esga olmayman.”

13 Xudo yangi ahdni tilga olganda, avvalgi ahdning eskirib ketganligini koʻrsatdi. Eskirgan narsa esa tez orada yoʻq boʻlib ketadi.