3–BOB
Moʻab va Isroil oʻrtasidagi urush
1 Axab oʻgʻli Yoram Samariyada Isroil taxtiga oʻtirdi va oʻn ikki yil shoh boʻldi. Bu paytda Yohushafat Yahudoda shohlik qilayotganiga oʻn sakkiz yil boʻlgan edi . 2 Yoram Egamiz oldida qabihliklar qilgan boʻlsa ham, otasi va onasichalik emasdi. Otasi Baalga atab oʻrnatgan toshni u qoʻporib tashladi. 3 Shunday boʻlsa ham, Isroil xalqini gunohga botirgan Nabat oʻgʻli Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.
4 Moʻab shohi Mesha chorvachilik bilan shugʻullanardi. U Isroil shohiga har yili 100.000 ta qoʻzini va 100.000 ta qoʻyning junini oʻlpon qilib toʻlardi. 5 Axab vafot etgandan keyin, Moʻab shohi Isroil shohiga qarshi bosh koʻtardi.
6 Shunda shoh Yoram Samariyadan chiqib, jamiki Isroil lashkarini toʻpladi. 7 Soʻngra Yahudo shohi Yohushafatga shu xabarni yetkazdi: “Moʻab shohi menga qarshi qoʻzgʻaldi. Moʻabga qarshi urishgani men bilan borasizmi?” Yahudo shohi quyidagicha javob joʻnatdi: “Boraman, men sen bilan birgaman, mening xalqim sening xalqingdir, mening otlarim sening ham otlaringdir.” 8 “Biz qaysi yoʻldan borishimiz kerak?” soʻradi Yahudo shohi. “Edom sahrosidagi yoʻldan”, javob berdi shoh Yoram.
9 Isroil, Yahudo va Edom shohlari birgalikda yoʻlga chiqdilar. Ular yetti kun yoʻl yurganlaridan keyin, birga borgan lashkar uchun ham, hayvonlar uchun ham suv tugadi. 10 Shunda Isroil shohi:
— Evoh, Egamiz bizni — uchala shohni Moʻab shohi qoʻliga berish uchun bir joyga toʻplabdi–da, — dedi.
11 — Bu yerda Egamizning paygʻambari yoʻqmi? Agar boʻlsa, biz oʻsha paygʻambar orqali Egamizning xohish–irodasini bilardik, — dedi Yohushafat.
Isroil shohining aʼyonlaridan biri:
— Shofot oʻgʻli Elishay shu yerda, u doimo Ilyosning xizmatida boʻlgan edi , — deb javob berdi.
12 — Egamizning xabarini bizga u ayta oladi, — dedi Yohushafat. Soʻngra Isroil shohi, Yohushafat va Edom shohi Elishayning huzuriga bordilar. 13 Elishay Isroil shohiga aytdi:
— Men senga qanday yordam bera olaman?! Bor, oʻz ota–onangning paygʻambarlaridan maslahat soʻra.
Isroil shohi Elishayga:
— Yoʻq, Egamiz bizni — uchala shohni Moʻab shohining qoʻliga berish uchun toʻplagan, — dedi.
14 — Oʻzim xizmatida boʻlgan Sarvari Olam shohid! — dedi Elishay. — Agar men Yahudo shohi Yohushafatni hurmat qilmaganimda, senga hech ham qaramagan, hatto nazar solmagan ham boʻlardim. 15 Endi menga bir sozanda olib kelinglar!
Sozanda musiqa chalgan edi, Egamiz Elishayga Oʻz qudratidan berdi. 16 Elishay dedi:
— Egamiz shunday aytmoqda: “Qurib qolgan bu soylik suvga toʻladi. 17 Na shamolni, na yomgʻirni koʻrasizlar, lekin bu soylik suvga toʻlib–toshadi, — deb aytmoqda Egamiz. — Oʻzlaringiz ham, ot–ulovlaringiz ham, chorvangiz ham shu suvdan ichasizlar.” 18 Egamiz qiladigan bu ishlar hali kamdir: U Moʻab xalqini sizlarning qoʻlingizga beradi. 19 Sizlar esa Moʻabning hamma mustahkam shaharlarini, eng chiroyli shaharlarini vayron qilasizlar, hamma mevali daraxtlarini kesib tashlaysizlar, hamma buloqlarini koʻmasizlar, hosildor dalalarining hammasini toshloq qilib, yaroqsiz holatga keltirasizlar.
20 Keyingi kuni ertalabki qurbonlik paytida , birdan Edom tomondan suv toʻlib–toshib oqa boshladi. Hamma yerni suv bosib ketdi.
21 Moʻab xalqi shohlar jang qilish uchun kelayotganini eshitdi–yu, hammalari — qurol koʻtarishga yaraydiganlaridan tortib, kattalarigacha yigʻilishib, chegaraga kelishdi. 22 Ular saharda turganlarida, quyosh suv ustida yogʻdu sochar, suv Moʻab lashkariga uzoqdan qonga oʻxshab qizarib koʻrinardi.
23 — Bu qon–ku, — deyishdi ular, — shohlar bir–birlari bilan jang qilibdilar, bir–birlarini qiribdilar. Qani, oʻljaga, Moʻab lashkari!
24 Ammo Moʻab lashkari Isroil qarorgohiga borganda, Isroil lashkari ularga birdan tashlanib, hujum qilib qoldi, Moʻab lashkari esa qochib qoldi. Isroil lashkari Moʻab yurtiga kirib ham hujumni davom ettirdi. 25 Shaharlarini vayron qildilar, daladagi hamma hosildor yerlarga tosh otaverib, dalani toshga toʻldirib tashladilar, buloqlarini koʻmib yubordilar, barcha mevali daraxtlarini kesdilar. Faqat Xir–Xarasot shahridagi tosh devorlar qoldi, xolos. Palaxmonchilar shaharni qurshab olib, tosh irgʻitaverdilar. 26 Moʻab shohi jangda magʻlub boʻlayotganini anglab yetgach, yetti yuzta qilichbozini yoniga oldi. U Edom shohi kuchlarini yorib oʻtmoqchi boʻldi, lekin buning uddasidan chiqolmadi. 27 Shundan keyin Moʻab shohi taxt vorisi boʻlgan toʻngʻich oʻgʻlini olib keldi–da, uni devor ustida kuydirib qurbonlik qildi. Bu voqeadan Isroil lashkari qattiq vahimaga tushdi. Ular Moʻab shohidan uzoqlashib, oʻz yurtiga qaytib ketdilar.