8–BOB
Isoga ergashgan ayollar
1 Oradan koʻp oʻtmay, Iso shaharu qishloqlarga borib, Xudoning Shohligi toʻgʻrisidagi Xushxabarni eʼlon qildi. Oʻn ikki shogirdi U bilan birga edi. 2 Yovuz ruhlardan va xastaliklardan xalos boʻlgan bir necha ayollar ham Isoga ergashgan edilar. Bular: Magdalalik Maryam (uning ichidan yettita jin chiqib ketgan edi), 3 Hirodning saroy boshqaruvchisi Xuzasning xotini Yoʻanna, Susanna va koʻplab boshqa ayollar edi. Ular oʻz mol–mulklarini Iso bilan Uning shogirdlari ehtiyojlari uchun sarf qilardilar.
Urugʻ sepuvchi haqida masal
4 Bir kuni shaharu qishloqlardan talay olomon kelib, Isoning yonida toʻplandi. Iso shunday masal aytdi: 5 “Bir dehqon urugʻ sepgani chiqibdi. U urugʻ sepayotganda baʼzi urugʻlar soʻqmoq yoʻl ustiga tushibdi. Odamlar urugʻlarni bosibdi, qushlar choʻqib ketibdi. 6 Baʼzi urugʻlar toshloq joyga tushibdi. Urugʻlar koʻkarib chiqibdi–yu, ammo namlik boʻlmagani uchun qurib qolibdi. 7 Boshqa urugʻlar tikanlar orasiga tushibdi. Urugʻlar bilan birga oʻsib chiqqan tikanlar urugʻlarni boʻgʻib qoʻyibdi. 8 Yana baʼzi urugʻlar yaxshi tuproqqa tushibdi. Ular koʻkarib chiqib, har biri yuz baravar hosil beribdi.”
Iso bularni aytib boʻlib, baland ovozda: “Kimning eshitar qulogʻi boʻlsa, eshitsin!” — dedi.
Masallarning maqsadi
9 Shogirdlar Isodan:
— Bu masalning maʼnosi nima? — deb soʻrashdi. 10 U shunday javob berdi: “Xudo Shohligining sirlarini bilish sizlarga berilgan. Boshqalarga esa, Men hamma narsani masallar bilan gapiraman, toki ular:

«Qarab turib, anglamasinlar,
Tinglab turib, tushunmasinlar.»
Urugʻ sepuvchi haqidagi masalning maʼnosi
11 Bu masalning maʼnosi shu: urugʻ Xudoning kalomidir. 12 Soʻqmoq yoʻl ustiga tushgan urugʻlar shunday odamlarni bildiradi: ular kalomni eshitadilar, lekin ishonmasliklari va najot topmasliklari uchun iblis ularning yuragidan kalomni olib ketadi. 13 Toshloq joyga tushgan urugʻlar esa shunday odamlarni bildiradi: ular kalomni eshitganda uni sevinch bilan qabul qiladilar. Ammo ular ildiz otmagan. Shuning uchun ular qisqa vaqt davomida ishonadilar, sinov payti kelganda esa imondan qaytadilar. 14 Tikanlar orasiga tushgan urugʻlar shunday odamlarni bildiradiki, ular kalomni eshitadilar, biroq umri davomidagi tashvishlar, boylik va hayot lazzatlari bunday urugʻlarni boʻgʻib qoʻyadi. Ularning hosili yetilmaydi. 15 Yaxshi tuproqqa tushgan urugʻlar esa shunday kishilarni bildiradi: ular kalomni eshitib, uni ezgu, samimiy yurakda asraydilar va sabr–toqat ila hosil beradilar .
Yorugʻlik va qorongʻilik haqida
16 Hech kim chiroqni yoqib, ustini idish bilan yopib qoʻymaydi yoki chorpoya tagiga yashirib qoʻymaydi. Aksincha, kirganlar yorugʻlikni koʻrsin deb, uni chiroqpoyaga qoʻyadi. 17 Axir, har qanday yashirin narsa maʼlum boʻladi. Har qanday sir ochilib, yoruqqa chiqadi. 18 Shunday ekan, yaxshilab quloq solinglar: kimda bor boʻlsa, unga yana beriladi. Kimda yoʻq boʻlsa, bor deb oʻylagan narsasi ham undan tortib olinadi.”
Isoning onasi va ukalari
19 Isoning onasi bilan ukalari Uning oldiga keldilar, ammo odam koʻpligidan Unga yaqinlasha olmadilar. 20 Isoga:
— Onangiz bilan ukalaringiz tashqarida turishibdi, ular Sizni koʻrishmoqchi, — deb aytishdi.
21 Iso ularga shunday javob berdi:
— Xudoning soʻzini eshitib, unga amal qiluvchilar Mening onam va ukalarimdir.
Iso boʻronni tinchlantiradi
22 Bir kuni Iso shogirdlariga: “Koʻlning narigi tomoniga oʻtaylik”, — dedi. Ular qayiqqa oʻtirib, joʻnab ketdilar. 23 Suzib ketayotganlarida Iso uxlab qoldi. Koʻlda qattiq boʻron koʻtarildi, qayiq suvga toʻla boshladi. Ular xavfli ahvolda qoldilar. 24 Shunda shogirdlar:
— Ustoz! Ustoz! Halok boʻlyapmiz! — deb Isoni uygʻotdilar.
Iso turib shamolga va quturayotgan toʻlqinlarga doʻq urdi. Shu onda shamol tindi, sukunat choʻkdi. 25 Iso shogirdlariga:
— Ishonchingiz qani?! — dedi.
Ular esa qoʻrquv va hayrat ichra bir–biriga shunday deyishdi:
— Bu kim boʻldi ekan–a? U hatto shamolu suvga amr beradi, ular esa boʻysunadi–ya!
Jinga chalingan odamga Iso shifo beradi
26 Iso shogirdlari bilan qayiqda Jalila koʻlining narigi qirgʻogʻidagi Gerasa hududiga suzib bordi. 27 Iso qirgʻoqqa chiqishi bilan Uni jinga chalingan shaharlik bir odam qarshi oldi. Bu odam ancha vaqtdan beri kiyim kiymas edi. U uyda emas, qabriston gʻorlarida yashardi. 28 Oʻsha odam Isoni koʻrgach, qichqirib yubordi. Oʻzini Uning oyoqlari ostiga otib, ovozi boricha baqirdi:
— Ey Iso, Xudoyi Taoloning Oʻgʻli! Meni tinch qoʻy! Oʻtinaman, menga azob berma! — dedi.
29 Chunki Iso yovuz ruhga bu odamdan chiqib ketishni buyurgan edi. Koʻp marta yovuz ruh bu odamdan ustun kelib, uni boshqarardi. Garchi bu odamning qoʻl–oyoqlarini zanjir bilan bogʻlab qoʻriqlashgan boʻlsa ham, u zanjirni uzib tashlardi, jin esa uni kimsasiz joylarga olib ketardi.
30 Iso jindan:
— Isming nima? — deb soʻradi.
— Ismim Tumonat , — dedi u. Chunki bu odamning ichiga bir talay jin kirib olgan edi.
31 Jinlar Isodan: “Bizni tubsiz chuqurlikka yubormagin”, deb yolvorib soʻradilar. 32 Shu togʻning yon bagʻrida katta bir choʻchqa podasi oʻtlab yurgan edi. Jinlar Isodan: “Choʻchqalarning ichiga kirishimiz uchun bizga ijozat ber”, deb yolvordilar. Iso ularga ruxsat berdi. 33 Shunda jinlar bu odamdan chiqib, choʻchqalarga kirib olishdi. Choʻchqa podasi tik qiyalikdan koʻlga yopirilib, choʻkib ketdi.
34 Choʻchqa boquvchilar sodir boʻlgan voqeani koʻrib qochdilar. Ular boʻlib oʻtgan hodisani shahar va qishloqlarda gapirib yurdilar. 35 Odamlar boʻlib oʻtgan voqeani koʻrgani keldilar. Ular Isoning oldiga kelganlarida, jindan xalos boʻlgan odamni koʻrdilar. U odam kiyingan, aqli raso holda Isoning oyoq tomonida oʻtirardi. Ular buni koʻrib, qoʻrqib ketishdi. 36 Voqeani koʻrganlar esa jin chalgan odamning qanday qilib shifo topganini soʻzlab berdilar. 37 Shunda Gerasa hududidan kelgan hamma odamlar qattiq vahimaga tushib, Isoga: “Bizning hududimizdan chiqib keting”, deb iltimos qildilar. Iso qayiqqa tushib, qaytib ketmoqchi boʻlib turganda, 38-39 jinlardan xalos boʻlgan odam Isoga:
— Siz bilan ketay, — deb yolvordi. Iso esa:
— Uyingga qaytib bor. Xudo sen uchun nimalar qilganini aytib ber, — deb uni joʻnatib yubordi.
U kishi borib, Iso unga qanchalar muruvvat koʻrsatganini butun shaharga eʼlon qildi.
Sogʻaygan ayol va tirilgan qiz
40 Iso koʻlning bu qirgʻogʻiga qaytib kelganda , xalq Uni qarshilab oldi, chunki hamma Uni kutayotgan edi. 41 Shu payt Yair ismli bir odam kelib qoldi. U sinagoga boshligʻi edi. U Isoning oyogʻiga bosh urib: “Iltimos, uyimga yuring”, deb yolvordi. 42 Chunki Yairning oʻn ikki yoshli yolgʻiz qizi oʻlim toʻshagida yotgan edi.
Iso oʻsha odam bilan ketdi. Olomon Isoni har tomondan qisib qoʻyardi. 43 Olomon orasida oʻn ikki yildan beri qon ketishidan azob chekayotgan bir ayol ham bor edi. U bor–budini tabiblarga sarflagan boʻlsa ham, birontasi unga shifo bera olmagan edi. 44 Ayol Isoning orqasidan kelib, Uning kiyimi etagiga qoʻl tekkizdi. Shu zahoti qon ketishi toʻxtadi.
45 — Menga kim tegdi? — deb soʻradi Iso. Isoga qoʻl tekkizganini hech kim tan olmadi. Shunda Butrus dedi:
— Ustoz, olomon Sizni oʻrab olib, siqib qoʻyganini koʻrib turibsiz–ku!
46 Lekin Iso dedi:
— Kimdir Menga qoʻlini tekkizdi. Ichimdan bir kuch chiqqanini sezdim.
47 Nazardan chetda qola olmasligini bilib, ayol titragancha Isoning oldiga keldi. Uning oyoqlari ostiga oʻzini tashlab, butun xalq oldida nima sababdan Isoga qoʻlini tekkizganini va qoʻl tekkizgan zahoti shifo topganini aytib berdi.
48 Iso unga dedi:
— Qizim , ishonching seni sogʻaytirdi. Eson–omon bor.
49 Iso shunday deb turgan ham ediki, sinagoga boshligʻining uyidan kimdir kelib unga:
— Qizingiz oʻldi, Ustozni ovora qilmay qoʻya qoling, — dedi. 50 Buni eshitgan Iso sinagoga boshligʻi Yairga dedi:
— Qoʻrqmang. Faqat ishoning, qizingiz shifo topadi.
51 Iso boshliqning uyiga kelganda, Butrus, Yuhanno, Yoqub va qizning ota–onasidan boshqa hech kimning ichkariga kirishiga ruxsat bermadi. 52 Hamma qizcha uchun dod–faryod qilayotgan edi . Iso ularga dedi:
— Yigʻlamanglar, axir, qizcha oʻlmagan, u uxlab yotibdi.
53 Ular esa Isoning ustidan kuldilar, chunki qizcha oʻlganini bilardilar. 54 Iso esa qizchaning qoʻlidan ushlab :
— Qizaloq, tur oʻrningdan! — dedi.
55 Qizchaga jon kirdi. U shu zahoti oʻrnidan turdi. Iso: “Qizchaga ovqat beringlar”, — deb buyurdi. 56 Qizchaning ota–onasi dong qotib qoldilar. Iso esa ularga boʻlgan voqea haqida hech kimga ogʻiz ochmaslikni buyurdi.