22–BOB
Yahudo shohining xonadoni haqida bashorat
1 Egamiz menga shunday dedi: “Yahudo shohi saroyiga borib, u yerda ushbu soʻzlarni jar solib ayt: 2 «Ey Dovud taxtida oʻtirgan Yahudo shohi, eshit. Aʼyonlaring va mana bu saroyga kirgan odamlaring ham sen bilan birga Egamizning soʻzini eshitsin.» 3 Keyin ularga ayt, Egamiz shunday demoqda: «Adolat va toʻgʻrilik bilan ish tuting. Jabrdiydalarni zoʻravonlarning qoʻlidan qutqaring. Musofirlarga, yetim va bevalarga nohaqlik qilmang, ularni ezmang. Bu yerda begunoh odamning qonini toʻkmang. 4 Bordi–yu, sizlar haqiqatan ham bularga rioya qilsangizlar, Quddus taxtida doim Dovud naslidan boʻlgan shoh oʻtiradi. Jang aravalariyu otlar mingan shohlar saroy darvozalaridan kirishadi. Aʼyonlar va xalq ham ular bilan birga kiradi. 5 Bordi–yu, bu amrlarimga rioya qilmasangizlar, Men Oʻz nomim haqi ont ichib aytamanki, bu saroy vayron boʻladi.» Egamizning kalomi shudir. 6 Axir, Egamiz Yahudo shohining saroyi haqida shunday demoqda:
«Sen Men uchun goʻzal Gilad oʻlkasiga oʻxshaysan,
Bamisoli Lubnonning yuksak choʻqqilarisan.
Lekin qasam ichib aytamanki, sen sahroga oʻxshab qolasan,
Huvullagan bir shaharga aylanib qolasan.
7 Senga qarshi bosqinchilarni joʻnataman,
Qurollangan odamlarni yuboraman.
Ular sara sadrlaringni kesadilar,
Yogʻochlaringni olovga tashlaydilar.»
8 Koʻplab xalqlar bu shahar oldidan oʻtayotib, bir–birlaridan: «Nega Egamiz bunday buyuk shaharni shu koʻyga solgan ekan–a?» deb soʻraydilar. 9 Ularga shunday javob berishadi: «Shahar aholisi oʻzlarining Egasi Xudo bilan tuzgan ahdini buzdi. Boshqa xudolarga sajda qilib, xizmat qiladigan boʻldi.»”
Yeremiyo shoh Yohuxoz haqida bashorat qiladi
10 Oʻlgan shohingiz uchun yigʻlamang,
U uchun aza tutmang.
Undan koʻra, surgun boʻlgan shahzodangiz uchun qaygʻuring,
U uchun achchiq–achchiq koʻz yosh toʻking.
Axir, u endi qaytib kelmaydi,
Ona yurtini boshqa koʻrmaydi.
11 Shoh Yoʻshiyodan keyin Yahudo taxtiga Yoʻshiyoning oʻgʻli Yohuxoz oʻtirgan edi. Shoh Yohuxoz surgun qilingandan keyin, Egamiz u haqda shunday dedi: “U bu yerga hech qachon qaytib kelmaydi. 12 Surgun qilingan yerda olamdan oʻtadi, bu yurtni boshqa koʻrmaydi.”
Yeremiyo Yohayiqim haqida bashorat qiladi
13 Egamiz shunday deydi:
“Uyini nohaqlik bilan qurganning holiga voy!
Yuqori xonalarini adolatsizlik bilan bino qilganning holiga voy!
Bunday odam birodarini tekinga ishlatadi,
Uning mehnat haqini bermaydi.
14 U shunday deydi:
«Mana, oʻzim uchun katta saroy qurdim,
Yuqori qavatdagi xonalarni keng qildirdim.»
U uyiga katta oynalar qoʻydirmoqda,
Devorlarini sadr yogʻochi bilan qoplamoqda,
Ularni qirmizi rangga boʻyamoqda.
15 Sen oʻzing uchun koʻp sadr yogʻochini yigʻding,
Bu bilan sen yaxshi shoh boʻlib qolmading!
Sening otang ham xohlaganicha yeb–ichgan,
Ammo doim haqiqatu adolatni oʻrnatgan.
Shu sababdan uning ishi yurishgan.
16 U faqiru bechorani himoya qilgan,
Shuning uchun farovon hayot kechirgan.
Xudoni bilish degani shu emasmi?!
— deb aytmoqda Egamiz. —
17 Sen esa faqat nohaq foydani koʻzlaysan.
Begunoh odamning qonini toʻkasan,
Zoʻravonlik va zulm oʻtkazasan.”
18 Shu sababdan Yahudo shohi Yoʻshiyo oʻgʻli Yohayiqim haqida Egamiz shunday demoqda:
“Unga hech kim aza tutmaydi,
«Voy, jigarim! Voy, jigarim!» deb yigʻlamaydi.
«Xoʻjayinim! Olampanohim!» deb hech kim qaygʻurmaydi.
19 Uni oʻlgan eshakning ahvoliga soladilar,
Quddus darvozalaridan sudrab chiqib, otib yuboradilar.”
Quddusning qismati
20 Egamiz shunday deydi:
“Ey Quddus, Lubnonga chiqib faryod qilgin,
Bashan oʻlkasiga borib, xitob etgin.
Aborim togʻlarida turib, ovozing boricha baqirgin,
Chunki hamma oʻynashlaring yoʻq boʻldi.
21 Farogʻatda yashaganingda, senga gapirdim,
Sen esa «Gapingga quloq solmayman!» deb aytding.
Ha, yoshligingdan shu yoʻlni tutgansan,
Gapimga sen kirmagansan.
22 Shamol hamma choʻponlaringni supurib ketadi,
Oʻynashlaring surgun boʻladi.
Sen esa qabih ishlaring tufayli uyatda qolasan,
Sharmandayi sharmisor boʻlasan.
23 Sen «Lubnon» saroyida yashab yuribsan,
Sadr daraxtlari orasida in qurgansan,
Ammo tugʻayotgan ayol kabi dard chekasan,
Azobdan ingraysan.”
Shoh Yohayixinni Xudo hukm qiladi
24 Yohayiqim oʻgʻli Yohayixin haqida Egamiz shunday demoqda: “Ey Yahudo shohi Yohayixin! Bordi–yu, sen Mening oʻng qoʻlimdagi muhr uzugim boʻlganingda edi, Men barhayot Xudo boʻlganim haqi ont ichib aytamanki, seni uloqtirib tashlagan boʻlar edim. 25 Sen kimdan qoʻrqsang, seni oʻshaning qoʻliga beraman, senda qasdi borlarning qoʻliga topshiraman. Seni shoh Navuxadnazarning va Bobilliklarning qoʻliga beraman. 26 Seni va seni tuqqan onangni begona bir yurtga, kindik qoning toʻkilmagan bir yerga uloqtirib yuboraman. Sizlar oʻsha yerda oʻlasizlar. 27 Sizlar bu yurtga qaytib kelishni orzu qilasizlar, ammo qaytib kelmaysizlar.”
28 Yohayixin tashlab yuboriladigan siniq xumday boʻlib qoladi,
Hech kimga kerak boʻlmaydigan sopol idishga oʻxshab qoladi.
U bolalari bilan surgun boʻladi!
Oʻzi bilmagan yurtga uloqtirib tashlanadi!
29 Ey yurt, yurt, yurt!
Egamizning soʻzini eshit!
30 Egamiz shunday demoqda:
“Bu odamning farzandlarini nasabnomaga kiritmang,
Uni hayotda omadi yoʻq, deb qayd qilib qoʻying.
Uning zurriyotidan birortasi muvaffaqiyat qozonmas,
Birortasi Dovud taxtiga chiqa olmas.
Yahudoda ular hech qachon hukmronlik qilmaydilar.”