4–BOB
Yahudoning nasli
1 Yahudoning Paraz, Xazron, Karmi, Xur va Shoʻval degan oʻgʻillari bor edi.
2 Shoʻval oʻgʻli Rayodan Yaxat tugʻildi. Yaxatdan Oximay va Loʻhad tugʻildilar. Bular Zorox shahri aholisining ajdodlari edilar.
3-4 Xolib oʻgʻli Xurning avlodlari Baytlahm shahriga asos soldilar . Xur onasi Efrataning toʻngʻich oʻgʻli edi. Xurning Etom, Panuval va Eyzar degan oʻgʻillari bor edi. Etomning Yizril, Yishmo va Yidbosh ismli uch oʻgʻli va Xazaleypoʻn ismli bir qizi bor edi. Panuval Gadoʻr shahriga, Eyzar esa Xusha shahriga asos soldi.
5 Taxuva shahriga asos solgan Ashxurning Xela va Naro ismli ikkita xotini bor edi. 6 Naro Ashxurga toʻrtta oʻgʻil tugʻib berdi. Ularning ismlari Oxizam, Xafer, Tamanax va Axashtori edi. 7 Xotini Xela esa Zaret, Izxor va Etnan ismli uch oʻgʻilni tugʻib berdi.
8 Kozning Onib va Zobeba degan oʻgʻillari bor edi. Koz Xarum oʻgʻli Oxarxel urugʻlarining bobokaloni edi.
9 Yabiz ismli bir odam bor edi. U birodarlariga qaraganda, baland obroʻga ega edi. Onasi: “Uni dard chekib tuqqanman”, deb ismini Yabiz qoʻygan edi. 10 Yabiz Isroil xalqining Xudosiga shunday deb yolvordi: “Koshkiydi, Sen meni muborak qilib, hududimni kengaytirsang. Yonimda boʻlsang, meni dardga yoʻliqtirmay, kulfatdan saqlasang.” Xudo uning iltijolarini bajo qildi.
11 Shuxoning akasi Xalubdan Maxir tugʻildi. Maxirdan Eshtun tugʻildi. 12 Eshtundan Baytrafa, Posiyox va Taxinno tugʻildilar. Taxinno Naxosh shahriga asos soldi . Bularning avlodlari Raxada istiqomat qilardilar.
13 Xanazning Oʻtniyol bilan Sarayo degan ikki oʻgʻli bor edi. Oʻtniyolning ham Xatat bilan Miyonoʻtay degan ikki oʻgʻli bor edi. 14 Miyonoʻtaydan Oʻfrax tugʻildi. Sarayodan Yoʻab tugʻildi. Yoʻab Gay–Xaroshim shahriga asos soldi. U yerda yashagan odamlarning hammasi hunarmand edi.
15 Yafunax oʻgʻli Xolib uch oʻgʻil koʻrdi. Ularning ismlari Iru, Elox va Nayam edi. Eloxdan Xanaz tugʻildi.
16 Yoxalilning Zif, Zifo, Tirayo va Osoriyol degan oʻgʻillari bor edi.
17-18 Ezraxning Eter, Mirod, Ifar va Yolun degan oʻgʻillari bor edi. Mirod firʼavnning qizi Bitiyoga uylandi, ular Maryam ismli bir qiz hamda Shammay va Yishbox ismli ikki oʻgʻil koʻrishdi. Yishbox Eshtamoʻva shahriga asos soldi. Mirod Yahudo qabilasidan oʻziga yana bir xotin oldi. Bu xotini unga Yored, Xaber va Yohutal ismli uch oʻgʻil tugʻib berdi. Yored Gadoʻr shahriga, Xaber Soʻxu shahriga va Yohutal Zonoʻvax shahriga asos soldilar.
19 Xoʻdiyo Naxamning singlisiga uylandi. Ulardan Keylaxda istiqomat qilgan Xarm urugʻi va Eshtamoʻvada istiqomat qilgan Maxo urugʻlari kelib chiqdi .
20 Shimonning Omnoʻn, Rina, Banxanon va Tiloʻn degan oʻgʻillari bor edi.
Yishining Zoʻxit va Banzoʻxit degan oʻgʻillari bor edi.
Sheloning nasli
21 Yahudoning Shelo ismli oʻgʻli ham bor edi. Sheloning nasli quyidagilardan tashkil topgan edi: Lexa shahrini qurgan Gʻur, Morisho shahrini qurgan Lado, Bayt–Ashbiya shahrida yashagan zigʻir toʻquvchilarning urugʻi, 22 Yoʻxim va Xozeba shahrining aholisi. Yoʻsh va Soraf ham Sheloning naslidan kelib chiqqan edilar. Ular Moʻablik ayollarga uylanib, Baytlahm shahriga oʻrnashib olgan edilar . Bu maʼlumotlar qadimgi yozuvlardan olingan. 23 Shu naslga tegishli odamlar shoh saroyida kulollar sifatida xizmat qilib, Natayim va Gadera shaharlarida yashashardi.
Shimoʻnning nasli
24 Shimoʻnning Yamuvol , Yomin, Yoriv, Zoʻxar va Shovul ismli oʻgʻillari bor edi.
25 Shovulning Shallum degan oʻgʻli, Mivsom degan nabirasi va Mishmo degan chevarasi bor edi.
26 Mishmoning Xammuvol degan oʻgʻli, Zakkur ismli nabirasi va Shimax degan chevarasi bor edi.
27 Shimax oʻn olti oʻgʻil va olti qiz koʻrdi. Lekin aka–ukalarining farzandlari kam boʻlgani uchun Shimoʻn qabilasi, Yahudo qabilasi kabi, koʻpaymadi.
28 Shimoʻn nasli Bersheba, Moʻlodax, Xazor–Shuvol, 29 Bilxax, Ezam, Toʻlad, 30 Batuval, Xoʻrmax, Zixlax, 31 Bayt–Markobot, Xazor–Susum, Bayt–Biriy va Sharayim shaharlarida istiqomat qilardilar. Dovud shoh boʻlgunga qadar, mana shu shaharlar Shimoʻn nasliga qarashli edi. 32 Ular yana Etom, Oyin, Rimmon, Toʻxan va Oshon nomli beshta shaharda ham istiqomat qilardilar. 33 Janubi–gʻarbdagi Baalat shahrigacha choʻzilgan bu shaharlar va ularning atrofidagi hamma qishloqlar Shimoʻn nasliga qarashli edi. Ular shu joylarda yashab, oʻz nasabnomalari haqidagi maʼlumotlarni yozib qoʻygan edilar.
34-38 Quyidagilar Shimoʻn naslining urugʻboshilari edi: Mashuvav, Yamlax, Emoziyo oʻgʻli Yoʻsha, Yoʻel va Yoʻshyiviyo oʻgʻli Yohu. Yohu Sarayoning nevarasi, Osiyolning evarasi edi. Eliyoʻnay, Yaqoʻvo, Yoshuxayo, Osoyoh, Odil, Yesimil, Binayo va Shifi oʻgʻli Zizo ham Shimoʻn naslining urugʻboshilari edi. Zizo Elonning nevarasi, Yodiyoning evarasi, Shamayo oʻgʻli Shimrining chevarasi edi.
Ularning urugʻlari nihoyatda koʻpaygani uchun, 39 ular qoʻy–echkilariga yaylov axtarib, vodiyning sharqiy chetida joylashgan Gadoʻr shahrigacha bordilar. 40 U yerdagi keng, tinch va osoyishta joylar koʻm–koʻk yaylovlarga boy ekanini koʻrdilar. Bu yerlar azaldan Xom nasliga qarashli edi.
41 Yahudo shohi Hizqiyo hukmronlik qilgan davrda yuqorida nomlari roʻyxat qilingan Shimoʻn nasli Xom nasliga va ular orasida oʻrnashib olgan Munim urugʻiga hujum qildilar. Ularning hammasini bitta qoldirmay qirib tashladilar. U yerda qoʻylar uchun yaylovlar koʻp boʻlgani uchun ularning joyiga oʻzlari oʻrnashib oldilar. 42 Soʻng Shimoʻn naslidan besh yuz kishi Yishining Pilatiyo, Nariyo, Rafiyo va Uziyol ismli toʻrt oʻgʻli boshchiligida Seir togʻlariga borib, 43 Omolek naslining omon qolganlarini qirib tashladilar. Shimoʻn nasli bugunga qadar oʻsha joylarda yashab kelyapti.