1–BOB
Duoyi salom
1 Men — Xudoning va Rabbimiz Iso Masihning quli Yoqubdan oʻzga yurtlarga tarqalib ketgan oʻn ikki qabilaga salom!
Sinov va vasvasalar
2 Ey birodarlarim, turli sinovlarga duchor boʻlganingizda oʻzingizni baxtli deb bilinglar. 3 Axir, imoningiz sinalganda, sizlar sabr–toqat qilishni oʻrganasizlar. Bu oʻzingizga ham ayon. 4 Har qanday vaziyatda sabr qilishni oʻrganinglar, shunda yetuk, bekamu koʻst, komil inson boʻlasizlar.
5 Agar birortangizga donolik yetishmasa, Xudodan soʻrang, U beradi. Chunki soʻraganlarning hammasiga Xudo saxiylik bilan, beminnat beradi. 6 Shu bois umidingizni faqatgina Xudoga bogʻlab, imon bilan soʻrang. Ikkilanmang, chunki Xudoga sidqidildan ishonmagan kishi goʻyo dengiz toʻlqiniga oʻxshaydi, shamol qaysi tomonga essa, toʻlqin oʻsha tomonga qarab yoʻnaladi. 7 Bunday odam Egamizdan biror narsa olaman deb umid qilmasin. 8 U Xudoga tayanmagani uchun hayotida beqaror, oʻzgaruvchan boʻladi.
9 Nochor ahvoldagi birodar Xudoning nazarida yuksak ekanligidan xursand boʻlsin. 10 Boy birodar esa Xudoga muhtoj ekanligidan shodlansin. Chunki oʻz boyligiga tayangan kishi dasht guliday xazon boʻladi. 11 Quyosh jazirama issigʻi bilan dashtning oʻt–oʻlanlarini qovjiratib yuboradi. Gullarning goʻzalligi yoʻqolib, xazon boʻladi. Boylik orqasidan quvib, davlatiga tayanganlar ham xuddi shu singari nobud boʻlishadi.
12 Sinovlarga bardosh bergan odam baxtlidir. Chunki u sinovdan oʻtgach, hayot toji bilan taqdirlanadi. Bunday tojni Xudo Oʻzini sevganlarga vaʼda qilgan. 13 Vasvasaga tushganingizda Xudoni ayblamang! Chunki Xudo hech qachon vasvasaga tushmaydi va hech kimni vasvasaga solmaydi. 14 Lekin har kim oʻz ehtirosi dastidan vasvasaga duchor boʻlib, nafs tuzogʻiga ilinadi. 15 Keyin ehtiros homilador boʻlib gunohni tugʻadi, gunoh esa yetilib, oʻlimga olib boradi.
16 Ey aziz birodarlarim, aldanmanglar! 17 Har bir yaxshi va mukammal hadya samodan keladi. Bu hadyalarni osmondagi jamiki yoritqichlarni yaratgan Xudo beradi. Yoritqichlarning nuri paydo boʻlib, gʻoyib boʻladi, Xudoning ezguligi esa yoʻqolmaydi. Zero, Xudo hech qachon oʻzgarmaydi. 18 Xudo kelajakda butun borliqni yangilaydi. Biz bu yangilanishning ilk hosili boʻlishimiz uchun, Xudo Oʻz xohishiga koʻra, bizga haqiqat kalomi orqali yangi hayot berdi.
Xudoning soʻzini eshitib, unga amal qilish haqida
19 Ey aziz birodarlarim, shuni esingizda tutinglar: har bir odam eshitishda chaqqon, gapirishda vazmin, gʻazab kelganda bosiq boʻlsin. 20 Chunki insoniy gʻazabingiz Xudoga manzur boʻlgan solih hayot kechirishingizga yoʻl qoʻymaydi. 21 Shunday ekan, har qanday jirkanch va yomon ishlarni bas qilinglar! Xudoning qalbingizga ekkan kalomini kamtarlik bilan qabul qilinglar. Axir, bu kalom joningizni qutqarishga qodir.
22 Xudoning kalomiga rioya qilinglar! Kalomni eshitsam bas, deb oʻzingizni oʻzingiz aldamanglar. 23 Kalomni tinglab, amalda rioya qilmagan odam oʻz yuzini koʻzguda koʻrgan kishiga oʻxshaydi. 24 U oʻziga qaradi–yu, ketdi va oʻsha zahoti oʻzining qanday ekanligini unutib yubordi. 25 Sizlar esa Xudoning ozodlik beruvchi mukammal qonuniga doim sinchiklab qaranglar. Qonunni shunchaki eshitib, unutib yubormanglar, unga qatʼiy amal qilinglar. Bu ishingiz uchun Xudo sizga baraka beradi.
26 Agar siz oʻzingizni dindor hisoblab, tilingizni tiymasangiz, oʻzingizni oʻzingiz aldagan boʻlasiz va sizning bunday din–diyonatingiz befoydadir. 27 Otamiz Xudoning nazarida pok va begʻubor din–diyonatga ega boʻlgan inson yetim–yesiru bevalarni qaygʻuli kunlarida yoʻqlab boradi, u bu dunyo dastidan bulgʻanmaydi.