8–BOB
Shohga itoat etinglar
1 Kim dono kishiga oʻxshaydi? Kim biror narsaning maʼnosini biladi?

Donolik kishining yuzini yashnatadi,
Yuz qattiqligini yumshatadi.

2 Xudoga bergan qasamingni bajarganingday, shohning ham amriga itoat qil . 3 Uning oldida qoʻrqib turavermasdan, borib aytganini qil. Yomon ishlarning tarafdori boʻlma, chunki shoh oʻzi xohlagan ishni qiladi. 4 Shohning soʻzi eʼtiborlidir, hech kim unga: “Nima qilyapsiz?” — deb ayta olmaydi. 5 Farmonlarga itoat qilganlarga zarar yetmaydi.
Dono kishi hamma narsaning, hatto hukmning ham oʻz vaqti borliginiyu 6 insonning qilgan yovuzliklari uni toshdek bosib turishini biladi. 7 Dono kishi yana shuni biladi: hech kim kelajakda nima boʻlishini, qachon sodir boʻlishini bilmaydi. 8 Hech kimning shamolni ushlashga kuchi yetmaganiday, oʻlim kunini orqaga surishga ham hech kimning kuchi yetmaydi. Jangchi oʻrniga birovni qoʻyib, urushdan qocha olmaganday, fosiqlar ham fosiqlikdan qochib qutulolmaydi.
Fosiqlar va solihlar
9 Bu dunyoda boʻlayotgan hamma narsa haqida chuqur oʻylab, bularning hammasini koʻrdim, bir kishi ikkinchisining ustidan zulm oʻtkazib, hukmronlik qiladigan bir zamon bu. 10 Yana shu narsani koʻrdim, fosiq kishining jasadi muqaddas joydan olib chiqildi. Orqasidan olomon borardi, oʻsha fosiq kishi hurmat bilan koʻmildi. Solihlarning jasadlari esa sochilib yotardi. Bu ham behudadir .
11 Jinoyatga tez jazo berilmagani uchun insonlarning yuragi yovuzliklar qilishga doim tayyor. 12-13 Gunohkorlar yuz marta jinoyat qilsalar ham, uzoq umr koʻrishlari mumkin. Ha, “Xudodan qoʻrqadiganlarga undan ham yaxshiroq boʻladi, chunki ular Xudodan qoʻrqadilar. Fosiqlarga esa yaxshi boʻlmaydi, hayotlari soyaday tez oʻtib ketadi, chunki ular Xudodan qoʻrqmaydilar” degan gapni bilaman. 14 Qaranglar–a, bu dunyoda mana shunday bemaʼni narsalar ham sodir boʻladi, solihlar fosiqlarga loyiq boʻlgan jazoni oladilar, fosiqlarga esa xuddi solihlarday munosabatda boʻladilar. Men: “Bu ham behudadir”, — dedim.
15 Shuning uchun men bu hayotdan rohat olishni maslahat beraman. Bu dunyoda odamlarga yeyish, ichish va xursand boʻlishdan boshqa yaxshiroq narsa yoʻqdir. Xudo insonga bergan bu dunyodagi hayoti davomida qiladigan mehnatida shodlik u bilan boʻladi.
16-17 Donolikni bilishga, yer yuzida boʻlayotgan ishlarni oʻrganishga oʻzimni bagʻishladim. Xudoning hamma ishlarini koʻrdim, haqiqatan ham hech kim bu dunyoda Xudo nima qilayotganini tushunmaydi. Hatto uyqudan voz kechib ham, qancha harakat qilmaylik, bilolmaymiz, maʼnosini topa olmaymiz. Donolar: “Bilamiz”, deb aytadi, ammo ular ham haqiqatan tushunmaydilar.