40–BOB
Maʼbad haqida vahiy
1 Surgun boʻlgan paytimizning yigirma beshinchi yili birinchi oyining oʻninchi kunida Quddus qulaganiga oʻn toʻrt yil boʻlgan edi. Oʻsha kuni Egamizning qudrati meni qamrab olib, koʻtarib ketdi. 2 Vahiyda Xudo meni Isroil yurtiga olib borib, juda baland bir togʻning ustiga turgʻizib qoʻydi. U yerdan men janub tomonda joylashgan shaharga oʻxshash bir nechta binoni koʻrdim. 3 Xudo meni oʻsha yerga yaqinroq olib borganda, men darvoza yonida turgan bir odamni koʻrib qoldim. Oʻsha odamning butun vujudi yarqiroq misday tovlanib turar edi. Uning qoʻlida oʻlchov asboblaridan zigʻir arqon va chizgʻich bor edi. 4 U menga shunday dedi: “Ey inson, men senga koʻrsatadigan hamma narsaga yaxshilab eʼtibor ber, sen shu sababdan bu yerga keltirilgansan. Yaxshilab quloq sol, chunki sen koʻrganlaringni Isroil xalqiga aytib berishing kerak.”
Sharqiy darvoza binosi
5 Men Maʼbad hovlisini oʻrab turgan bir devorni koʻrdim. Darvoza yonida turgan oʻsha odam chizgʻichi bilan devorni oʻlchadi. Chizgʻichining uzunligi olti uzun tirsak boʻlib, har bir uzun tirsak bir tirsagu toʻrt enli edi . Devorning qalinligi olti tirsak, balandligi ham olti tirsak chiqdi. 6 Soʻng u sharqiy darvoza binosining oldiga bordi. Zinalardan tepaga koʻtarilib, ostonani oʻlchadi. Ostona ikki yon devorining qalinligi olti tirsak chiqdi. 7 Ostonadan yoʻlak boshlanar edi. Yoʻlakning ikki tomonida soqchilar uchun maxsus qurilgan uchtadan xona bor edi. Xonalarning eni va uzunligi bir xil — olti tirsakdan edi. Xonalarni ajratib turgan devorlarning qalinligi esa besh tirsak edi. Yoʻlakning oxirida dahliz ostonasi bor edi. Dahliz ostonasining ikki yon devori olti tirsak qalinlikda edi. 8 Soʻng oʻsha odam dahlizni oʻlchadi. 9 Dahlizning eni sakkiz tirsak edi. Dahliz eshigining ikki yon devorlari ikki tirsak qalinlikda edi. Bu dahliz darvoza binosining ichki tarafida, Maʼbadning roʻparasida joylashgan edi. 10 Yoʻlakning ikki tomonidagi oʻsha soqchilar xonalari bir xil kattalikda, orasidagi devorlar ham bir xil qalinlikda edi. 11 Soʻng oʻsha odam darvoza binosining ostonasini oʻlchadi. Ostonaning eni oʻn tirsak chiqdi. Yoʻlakning eni esa oʻn uch tirsak chiqdi. 12 Har bir xonaning oldida balandligi va eni bir tirsak boʻlgan pastak devor bor edi. (Xonalarning uzunligi va eni olti tirsakdan edi.) 13 Soʻngra oʻsha odam darvoza binosining shiftini koʻndalangiga, bir xonaning orqa devoridan tortib, roʻparadagi xonaning orqa devorigacha oʻlchadi. Shiftning eni 25 tirsak chiqdi. 14 Keyin u dahliz eshigining ikki yon devorini oʻlchadi. Devorning balandligi 60 tirsak chiqdi. Darvoza binosining atrofi hovli edi. 15 Darvoza binosining uzunligi, darvozadan tortib, to ichkaridagi dahlizgacha 50 tirsak edi. 16 Xonalarning uchala devorida panjarali tuynuklar bor edi. Dahlizda ham panjarali tuynuklar bor edi. Dahliz eshigi yon devorlariga palma daraxtining tasvirlari tushirilgan edi.
Tashqi hovli
17 Oʻsha odam meni darvoza orqali Maʼbadning tashqi hovlisiga olib kirdi. Hovlining devori boʻylab oʻttizta hujra qurilgan edi. Hujralarning old tomonida tosh yotqizilgan bir yoʻl bor edi. 18 Bu yoʻl past yoʻl hisoblanar edi. Uning eni 50 tirsak edi. 19 Soʻng men ichki hovliga olib kiradigan darvoza binosini koʻrdim. Oʻsha odam ichki darvoza binosi bilan tashqi darvoza binosi orasidagi masofani oʻlchadi. Masofa 100 tirsak chiqdi.
Shimoliy darvoza binosi
20 Soʻng oʻsha odam tashqi hovlining shimoliy darvoza binosini oʻlchadi. 21 Bu darvoza binosining ikki yon tomonidagi uchtadan boʻlgan soqchilar xonalari, dahliz va yon devorlarning oʻlchamlari sharqiy darvoza binosiniki bilan bir xil edi. Darvoza binosining uzunligi 50 tirsak, eni 25 tirsak edi. 22 Devorlardagi panjarali tuynuklar, dahliz va palma tasvirlarining oʻlchamlari sharqiy darvoza binosiniki bilan bir xil edi. Darvozaga yetti pogʻonali zina olib borar edi. Dahliz darvoza binosining ichki tomonida joylashgan edi. 23 Shimoliy darvoza binosining roʻparasida ham sharqiy darvoza binosidagiday ichki hovliga olib kiradigan darvoza binosi bor edi. Oʻsha odam ichki darvoza binosidan tashqi darvoza binosigacha boʻlgan masofani oʻlchagan edi, masofa 100 uzun tirsak chiqdi.
Janubiy darvoza binosi
24 Soʻng oʻsha odam meni janub tomonga olib bordi. Janub tomonda ham darvoza binosi bor edi. Oʻsha odam darvoza binosining dahlizini va dahliz devorlarini oʻlchadi, ularning oʻlchamlari boshqalarniki bilan bir xil edi. 25 Bu darvoza binosidagi xonalarning va dahlizning boshqa darvozalarnikiga oʻxshagan panjarali tuynuklari bor edi. Darvoza binosining uzunligi 50 tirsak, eni esa 25 tirsak edi. 26 Darvozaga yetti pogʻonali zina olib borar edi. Dahliz darvoza binosining ichki tomonida joylashgan edi. Dahliz eshigining ikki yon devoriga palma daraxtining tasvirlari tushirilgan edi. 27 Janub tomonda Maʼbadning ichki hovlisiga olib kiradigan darvoza binosi bor edi. Oʻsha odam janubdagi ichki darvoza binosidan tashqi darvoza binosigacha boʻlgan masofani oʻlchadi, masofa 100 tirsak chiqdi.
Ichki hovli: janubiy darvoza binosi
28 Soʻng oʻsha odam meni janubiy darvoza orqali Maʼbadning ichki hovlisiga olib kirdi–da, darvoza binosini oʻlchadi. Darvoza binosining oʻlchamlari boshqa darvoza binolariniki bilan bir xil edi. 29 Darvoza binosining xonalari, dahlizi va dahliz eshigining ikki yon devori boshqa darvoza binolarinikiga oʻxshagan edi. Xonalarning va dahlizning panjarali tuynuklari bor edi. Darvoza binosining uzunligi 50 tirsak, eni 25 tirsak edi. 30 Ichki hovliga qaratilgan darvoza binolarining dahlizlari bir xil edi. Ularning uzunligi 25 tirsak, eni 5 tirsak edi. 31 Dahliz orqali Maʼbadning tashqi hovlisiga chiqilar edi. Dahliz eshigining ikki yon devoriga palma daraxtining tasvirlari tushirilgan edi. Darvozaga sakkiz pogʻonali zinapoya olib borar edi.
Ichki hovli: sharqiy darvoza binosi
32 Soʻng oʻsha odam meni sharqiy darvoza orqali Maʼbadning ichki hovlisiga olib kirdi–da, darvoza binosini oʻlchadi. Darvoza binosining oʻlchamlari boshqa darvoza binolariniki bilan bir xil edi. 33 Darvoza binosining xonalari, dahlizi va dahliz eshigining yon devorlari boshqa darvozalarnikiga oʻxshagan edi. Xonalarning va dahlizning panjarali tuynuklari bor edi. Darvoza binosining uzunligi 50 tirsak, eni 25 tirsak edi. 34 Dahliz orqali Maʼbadning tashqi hovlisiga chiqilar edi. Dahliz eshigining ikki yon devoriga palma daraxtining tasvirlari tushirilgan edi. Darvoza binosiga sakkiz pogʻonali zinapoya olib borar edi.
Ichki hovli: shimoliy darvoza binosi
35 Soʻng oʻsha odam meni shimoliy darvoza oldiga olib borib, darvoza binosini oʻlchadi. Darvoza binosining oʻlchamlari boshqa darvoza binolariniki bilan bir xil edi. 36 Darvoza binosining xonalari, dahlizi va dahliz eshigining yon devorlari boshqa darvoza binolarinikiga oʻxshagan edi. Xonalar va dahlizning panjarali tuynuklari bor edi. Darvoza binosining uzunligi 50 tirsak, eni 25 tirsak edi. 37 Dahliz orqali Maʼbadning tashqi hovlisiga chiqilar edi. Dahliz eshigining ikki yon devoriga palma daraxtining tasvirlari tushirilgan edi. Darvozaga sakkiz pogʻonali zinapoya olib borar edi.
Shimoliy darvoza binosi yonida qurilgan imoratlar
38 Shimol tomondagi ichki darvozaning dahlizi yonida bir xona bor edi. Bu xonaga dahliz orqali kirilar edi. Qurbonlik uchun boʻgʻizlangan hayvonlar shu xonada yuvilar edi. 39 Dahlizning oʻzida toʻrtta xontaxta bor edi. Xontaxtaning ikkitasi dahlizning bir chekkasida, qolgan ikkitasi dahlizning boshqa chekkasida turar edi. Bu xontaxtalarning ustida kuydiriladigan qurbonlik, gunoh qurbonligi va ayb qurbonligi uchun hayvonlar boʻgʻizlanar edi. 40 Tashqi hovlida yana toʻrtta xontaxta bor edi. Xontaxtaning ikkitasi darvoza zinapoyasining bir tomonida, boshqa ikkitasi zinapoyaning boshqa tomonida turar edi. 41 Hammasi boʻlib sakkizta xontaxta bor edi. Toʻrtta xontaxta dahlizning ichida, yana toʻrttasi darvozaning tashqarisida turar edi. Bu xontaxtalarning ustida hayvonlar boʻgʻizlanar edi. 42 Kuydiriladigan qurbonliklar uchun yana toʻrtta xontaxta bor edi. Bu xontaxtalar yoʻnilgan toshdan yasalgan boʻlib, ularning uzunligi va eni bir yarim tirsak, boʻyi bir tirsak edi. Bu xontaxtalar ustiga qurbonliklarni soʻyishda ishlatiladigan asboblar qoʻyilar edi. 43 Dahliz devorlariga uzunligi toʻrt enli boʻlgan ilgaklar qoqilgan edi. Hayvonlarning goʻshti esa xontaxtalar ustiga qoʻyilar edi.
Ruhoniylarning xonalari
44 Ichki hovlida ikkita xona qurilgan edi . Xonalarning bittasi shimoliy darvoza yonida janub tomonga qaratib qurilgan edi. Ikkinchisi esa janubiy darvoza yonida shimol tomonga qaratib qurilgan edi. 45 Oʻlchayotgan odam menga shunday dedi: “Shimoliy darvoza yonidagi xona Maʼbad uchun masʼul boʻlgan ruhoniylarga moʻljallab qurilgan. 46 Janubiy darvoza yonidagi xona esa qurbongoh yonida xizmat qiladigan ruhoniylar uchun moʻljallab qurilgan. Hamma ruhoniylar Zodoʻx avlodidan edi. Levi qabilasidan faqat Zodoʻx avlodlari Egamizning huzurida xizmat qilishga haqlidir.”
Ichki hovli va Maʼbad
47 Soʻng oʻsha odam ichki hovlini oʻlchadi. Hovli toʻrtburchak shaklda, uzunligi va eni 100 tirsakdan edi. Qurbongoh Maʼbadning old tarafida edi.
48 Keyin u odam meni Maʼbad ayvoniga olib kirib, ayvon ostonasining yon devorlarini oʻlchadi. Yon devorlarning qalinligi 5 tirsak chiqdi. Ostonaning eni 14 tirsak, ostona yon devorlarining uzunligi 3 tirsak chiqdi . 49 Ayvonning uzunligi 20 tirsak, eni 12 tirsak edi. Ayvonga oʻn pogʻonali zinapoya olib borar edi . Ayvon ostonasining ikki yon tomonida bittadan ustun bor edi.