22–BOB
Dovudning zafar qoʻshigʻi
1 Egamiz Dovudni jamiki dushmanlari va Shoulning qoʻlidan ozod qilgan kuni Dovud Egamizga atab shu qoʻshiqni aytdi:

2 “Egam suyangan qoyamdir , mening qalʼam, qutqaruvchimdir.
3 Ha, Xudodir mening qoyam, Unda panoh topaman.
Udir mening qalqonim, qudratli najotkorim ,
Qoʻrgʻonimu boshpanam.
Xaloskorim, zulmdan meni Sen qutqarasan!
4 Egamga iltijo qilaman,
Gʻanimlarimdan U meni xalos qiladi.
Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!

5 Oʻlim toʻlqinlari meni qurshab olgandi,
Balo–qazo sellari dahshat ila bosgandi,
6 Ha, oʻliklar diyorining toʻrlari meni oʻrab olgandi,
Oʻlim oʻz tuzogʻiga meni asir qilgandi.

7 Kulfatda qolganimda Egamga iltijo qildim,
Ha, Xudoyimga iltijo qildim.
Maʼbadidan turib U ovozimni eshitdi,
Ohu nolam qulogʻiga yetib bordi.

8 Oʻsha zamon yer yuzi titrab, tebrandi,
Osmon poydevori larzaga keldi,
Egam gʻoyat gʻazabga mingan edi.
9 Burnidan tutun buruqsab chiqardi,
Ogʻzidan otash pishqirardi,
Oldidan qip–qizil choʻgʻ yogʻilardi.
10 U koʻklarni yorib, pastga tushdi,
Oyoqlari ostida — qora bulut.
11 Egam bir karubga minib uchib keldi,
Yel qanotlari uzra koʻringan edi.
12 Atrofini zulmat bilan oʻradi,
Atrofidagi qora bulutlarni Oʻziga chayla qildi.
13 Ulkan nur Egamning oldidan chiqdi,
Qip–qizil choʻgʻ yogʻilib turdi.
14 Egamning ovozi koʻklardan guldiradi,
Xudoyi Taoloning sadosi eshitildi.
15 Oʻqlar otdi, chaqmoq chaqtirib, yovlarini tirqiratdi,
Ularni sarosimaga soldi.
16 Egamning tahdidlaridan,
Uning qahrli nafasidan
Dengizning tubi koʻrinib qoldi,
Zamin poydevori yalangʻoch boʻlib qoldi.

17 Egam yuqoridan qoʻl uzatib, meni tutdi,
Bahaybat suvlardan meni chiqarib oldi.
18 Meni kuchli gʻanimlarim qoʻlidan,
Mendan nafratlangan yovlarimdan qutqardi,
Ular mendan kuchli edilar.
19 Qora kunimda ular menga hamla qildilar,
Ammo Egam menga tayanch boʻldi.
20 Meni bexavotir joyga chiqarib qoʻydi,
Mendan mamnun boʻlib, najot berdi.

21 Egam solihligim uchun meni mukofotlaydi,
Aybsizligim uchun meni taqdirlaydi.
22 Zero, men Egamning yoʻlidan yurdim,
Axloqsizlik qilmadim,
Xudoyimdan yuz oʻgirmadim.
23 Uning hamma qonun–qoidalariga rioya qildim,
Farmonlaridan boʻyin tovlamadim.
24 Uning oldida benuqson boʻldim,
Gunoh qilishdan oʻzimni saqladim.
25 Shu sababli Egam meni pok deb bildi,
Solihligimga yarasha mukofot berdi.

26 Ey Egam! Senga sodiq boʻlganga Sen sodiq boʻlasan,
Yaxshi insondan yaxshiligingni ayamaysan.
27 Pok kishiga pokligingni koʻrsatasan,
Egrining ayyorligini oʻz boshiga solasan.
28 Ahli kamtarga esa najot berasan,
Dimogʻdorni kuzatib, yerga urasan.

29 Ey Egam! Sen Oʻzing chirogʻimsan,
Zulmatni men uchun yorugʻlikka aylantirasan.
30 Ey Xudoyim! Senga suyanib lashkarni yoʻq qilaman,
Senga suyanib devorlardan oshib oʻtaman.

31 Xudoning yoʻli komildir,
Egamizning kalomi chin haqiqatdir,
Panoh izlab borganga U qalqondir.
32 Egamizdan boshqa Xudo kim ekan?!
Xudoyimizdan boʻlak suyanchiq Qoya bormikan?!
33 Mening mustahkam qalʼam Xudodir,
Yoʻlimni Oʻzi bexatar qiladi.
34 U oyoqlarimni kiyik oyogʻiday qiladi,
Choʻqqilar uzra meni bexatar yurgizadi.
35 Qoʻllarimni jang qilishga oʻrgatadi,
Barmoqlarim bronza yoyni buka oladi.
36 Ey Egam, Sen menga zafar qalqoningni bergansan,
Madading esa meni yuksaltiradi.
37 Oyoqlarim uchun yoʻlimni keng qilgansan,
Oyoqlarim sira ogʻib ketmaydi.

38 Gʻanimlarimni quvlab, halok qildim,
Ularni yoʻq qilmay ortga qaytmadim.
39 Ularni shunday ezdimki, hech ham tura olmadilar.
Oyoqlarim ostida choʻzilib qoldilar.
40 Sen menga quvvat berib, jangga yubording,
Menga qarshi otlangan yovni oldimda bosh egdirding.
41 Gʻanimlarimni mendan qochirding,
Mendan nafratlanganlarni men yoʻq qildim.
42 Ular madad soʻrab faryod qildilar,
Najotkorni esa topolmadilar,
Ey Egam, gʻanimlarim Senga yolvordilar,
Ammo Sen javob bermading.
43 Yerdagi tuproq singari ularni ezdim,
Yoʻldagi loydek tepkilab bosdim.

44 Sen meni xalqim gʻiybatidan xalos qilding,
Meni ellarga yoʻlboshchi qilish uchun saqlading.
Oʻzim tanimagan elat menga qaram boʻldi.
45 Yot ellar menga boʻyin egdilar,
Ovozimni eshitiboq quloq tutdilar.
46 Yot ellar holsizlanib yiqildilar,
Qaltirab manzilidan chiqib qochdilar.

47 Egam barhayotdir! Suyangan Qoyamga olqishlar boʻlsin!
Najotim qoyasi — Xudoyim yuksalsin!
48 Qasdimni olgan Xudodir,
Xalqlarni menga U tobe qilgan.
49 Meni gʻanimlarimdan U qutqargan,
Bosqinchilardan meni ustun qilgan,
Meni zoʻravonlar qoʻlidan xalos etgan.

50 Shu bois, ey Egam, xalqlar ichra
Senga hamdlar aytaman!
Seni kuylab sano aytaman!

51 Egamiz Oʻz shohini ulugʻ zafarlarga erishtiradi,
Oʻzi tanlagan shoh Dovud va uning nasliga
To abad sodiq sevgisini koʻrsatadi.”