38–BOB
Egamiz Ayubga javob beradi
1 Shundan keyin Egamiz quyun orasidan Ayubga shunday deb aytdi:
2 “Bilmay turib gapirayotgan kim?
Kim donoligimga gumon qilyapti?
3 Qani, erkakka oʻxshab belingni bogʻla,
Seni soʻroq qilaman, javob ber–chi.
4 Zaminning poydevorini qoʻyganimda qayerda eding?
Dono ekansan, qani ayt–chi!
5 Yer yuzining sarhadlarini belgilagan kim?
Axir, oʻzing bilasan–ku!
Kim yerning ustidan chiziq oʻtkazdi?
6-7 Yerning poydevorini nima ushlab turibdi?
Tong yulduzlari joʻr boʻlib, qoʻshiq kuylaganda,
Ilohiy zotlar quvonchdan hayqirganda
Yerning tamal toshini qoʻygan kim?
8 Dengiz yer tubidan otilib chiqqanda,
Darvozalarni yopib, toʻsib qoʻygan kim?
9 Axir, Men bulutlarni dengizga kiyim qilib qoʻydim.
Dengizni qalin zulmat bilan oʻrab qoʻygan Menman.
10 Men dengizga chegaralar belgiladim,
Dengizni tambalangan darvozalar bilan toʻsib qoʻydim.
11 Men dengizga: «Faqat mana shu yergacha kelasan,
Sening magʻrur toʻlqinlaring shu yerda toʻxtaydi», deb aytdim.
12 Sen umringda biror marta, tong otsin, deb buyurganmisan?
Yoki, sharqdan kun chiqsin, deb aytganmisan?
13 Quyosh nuriga: «Yerning toʻrt burchiga tarqalib,
Fosiqlarni yashiringan joyidan siltab chiqargin», deb aytganmisan?
14 Kun yorishar ekan, matodagi bezaklar kabi
Muhr bosilgan mum kabi
Yer yuzidagi qirlaru vodiylar oʻz shaklini koʻrsatadi.
15 Fosiqlarga nur berilmaydi,
Ularning yomon niyatda koʻtarilgan qoʻli sinadi.
16 Dengiz tubidagi buloqlarni borib koʻrganmisan?
Suvlar tubida yurib, tekshirib koʻrganmisan?
17 Oʻlim darvozalari qayerdaligini bilasanmi?
Zulmat darvozalarini senga koʻrsatishganmi?
18 Bu dunyoning qanchalik ulkanligini bilasanmi?
Agar shularning hammasini bilsang, Menga ayt–chi!
19 Yorugʻlikning maskaniga olib boradigan yoʻlni,
Zulmatning turar joyini bilasanmi?
20 Ularni oʻz joylariga olib bora olasanmi?
Oʻsha joyga qanday borishni bilasanmi?
21 Ha, sen bilasan albatta!
Sen yorugʻlik va zulmatdan oldin tugʻilgansan–da!
Qanchalik uzoq umr koʻryapsan–a!
22 Qor saqlanadigan omborxonalarni koʻrganmisan?
Doʻl saqlanadigan omborlarni–chi?
23 Men ularni kulfat kunlari uchun,
Urush va jang kunlari uchun saqlab qoʻyganman.
24 Yorugʻlik manbaiga olib boradigan yoʻl qani?
Sharq shamoli chiqadigan joy qayerda?
25 Selu jalaga kim yoʻl ochib bergan?
Chaqmoqning yoʻllarini kim belgilagan?
26 Huvullab yotgan biyobonga,
Kimsasiz choʻlga kim yomgʻir yogʻdiradi?
27 Tashlandiq xarobazorlarni suvga qondirib,
U yerlarda maysalar oʻstiradigan kim?
28 Yomgʻirning otasi bormi?
Shabnamni kim dunyoga keltirgan?
29 Muz qayerdan tugʻiladi?
Samodan tushadigan qirovga kim hayot bergan?
30 Suv toshlarday qotib qoladi,
Dengiz sathi muzlaydi.
31 Parvin yulduzlarini sen bogʻlab qoʻya olasanmi?
Hulkar yulduzini ushlab turgan arqonlarni yecha olasanmi?
32 Yulduz turkumlarini oʻz mavsumida joyiga boshlaysanmi?
Katta ayiq va kichik ayiq burjidagi yulduzlarga yoʻl koʻrsata olasanmi?
33 Osmon qonunlarini bilasanmi?
Sen oʻsha qonunlarni yer yuziga tatbiq qila olasanmi?
34 Bulutlarga qarab baqirib koʻrgin–chi,
Qani, ustingga yomgʻir yogʻarmikan?
35 Sen chaqmoqni chaqtira olasanmi?
U kelib, xizmatingizdaman, deydimi?
36 Kim yuraklarga donolik bergan?
Kallaga aql–idrokni kim solib qoʻygan?
37-38 Qani, bulutlarni sanashga kimning aqli yetadi?
Yer qaqraganda, tuproq qotib, kesakka aylanganda
Kim falak meshlarini agʻdarib, yomgʻir yogʻdira oladi?
39-40 Gʻorlarida yashirin yotgan,
Inlarida kutib yotgan
Sherning bolalarini toʻydira olasanmi,
Ona sherga oʻlja topib bera olasanmi?
41 Qargʻaning bolalari qorni ochib, daydib yurganda,
Menga faryod qilganda ehtiyojlarini qondirgan kim, axir?