4–BOB
Iso va Samariyalik ayol
1-3 Iso Yahyodan koʻra, koʻproq shogird orttirib, suvga choʻmdiryapti degan xabar farziylarning qulogʻiga yetib bordi. Vaholanki, xalqni Isoning Oʻzi emas, shogirdlari suvga choʻmdirayotgan edilar. Bu xabar farziylarning qulogʻiga yetib borganini Iso eshitgach, Yahudiyani tark etib, yana Jalilaga yoʻl oldi. 4 Yoʻlda U Samariyadan oʻtishi kerak edi. 5 Shunday qilib, U Samariyaning Sixar degan shahriga keldi. Bu shahar Yoqub oʻz oʻgʻli Yusufga bergan yerga yaqin edi. 6 Yoqubning qudugʻi ham oʻsha yerda edi.
Yoʻl yurib charchagan Iso quduqning yoniga oʻtirdi. Taxminan tush payti edi. 7 Shu vaqt Samariyalik bir ayol suv olgani kelib qoldi. Iso unga:
— Menga ichgani suv ber, — dedi. 8 Isoning shogirdlari esa ovqat sotib olish uchun shaharga ketgan edilar.
9 Samariyalik ayol Unga shunday dedi:
— Siz yahudiy boʻlsangiz, men esa Samariyalik ayol boʻlsam, qanday qilib mendan suv soʻrashga jurʼat etdingiz?!
Nega desangiz, yahudiylar Samariyaliklar bilan aloqa qilmaydilar.
10 Iso ayolga dedi:
— Xudo senga qanday inʼom bermoqchi ekanligini va sendan suv soʻragan Odam kim ekanligini sen bilmaysan. Bilganingda edi, oʻzing Undan suv soʻragan boʻlar eding va U senga hayotbaxsh suvni bergan boʻlardi.
11 — Taqsir! — dedi ayol, — Sizda suv oladigan hech narsangiz yoʻq–ku, quduq esa chuqur. Hayotbaxsh suvingizni qayerdan olasiz? 12 Bu quduqni bizga bobokalonimiz Yoqub bergan. Uning oʻzi ham, bolalari ham, chorvasi ham bu quduqdan suv ichgan. Nahotki Siz Yoqubdan ham ustun boʻlsangiz?!
13 Iso ayolga shunday javob berdi:
— Bu suvdan kim ichsa, yana chanqab qoladi. 14 Lekin Men beradigan suvdan kim ichsa, abadiy chanqamaydi. Men beradigan suv oʻsha odamning vujudida buloqqa aylanib, to abad hayot sari joʻshib oqadi.
15 — Taqsir, bu suvdan menga ham bering. Men ham hech qachon chanqamayin, suv olgani bu yerga kelavermayin, — dedi ayol.
16 — Borib, eringni bu yerga chaqirib kel, — dedi Iso.
17 — Mening erim yoʻq, — dedi ayol.
— Erim yoʻq, deb sen toʻgʻrisini aytding, — dedi Iso. 18 — Sening besh nafar ering boʻlgan, hozirgisi ham ering emas. Sen toʻgʻrisini aytding!
19 — Hazrat , Siz paygʻambar ekaningizni koʻrib turibman, — dedi ayol. 20 — Ota–bobolarimiz Xudoga bu togʻda sajda qilar edilar. Ammo sizlar — yahudiylar esa Xudoga sajda qilinadigan joy Quddusda, deysizlar.
21 Iso unga dedi:
— Ey ayol, Menga ishongin, shunday vaqt keladiki, oʻshanda osmondagi Otaga na bu togʻda, na Quddusda sajda qilasizlar. 22 Sizlar — Samariyaliklar kimga sajda qilayotganingizni bilmaysizlar , biz esa kimga sajda qilayotganimizni bilamiz. Chunki najot yahudiylardan keladi. 23 Ammo shunday vaqtlar keladiki, haqiqiy sajda qiluvchilar Otaga Ruhda va haqiqatda sajda qiladilar. Bunday vaqt keldi ham! Ota shu yoʻsinda Oʻziga sajda qiluvchilarni izlaydi. 24 Xudo Ruhdir, Unga sajda qiluvchilar ham Muqaddas Ruh boshchiligida, haqiqatni bilgan holda sajda qilishlari lozim.
25 Ayol Isoga:
— Men Masih kelishini bilaman. U kelganda, hamma narsani bizga tushuntiradi, — dedi. (Masih “Xudoning tanlagani” demakdir.)
26 Iso ayolga dedi:
— Oʻsha Menman. Sen bilan gaplashib turibman.
27 Shu paytda Isoning shogirdlari kelib qolishdi. Uning bir ayol bilan gaplashayotganini koʻrib hayron boʻlishdi. Lekin birortasi ham: “Nima xohlaysiz?” yoki: “Nimaga bu ayol bilan gaplashyapsiz?” deb soʻramadi.
28 Ayol koʻzasini oʻsha yerda qoldirdi–da, shaharga borib, odamlarga dedi:
29 — Yuringlar, bir Odamni koʻringlar. U mening qilgan hamma ishlarimni aytib berdi! Oʻsha Masih emasmikin?
30 Odamlar shahardan chiqib, Isoning oldiga bordilar.
31 Shu orada shogirdlari Isoga:
— Ustoz, ovqat yeb oling, — deb taklif qildilar. 32 Ammo Iso ularga dedi:
— Mening yeydigan ovqatim bor, sizlar bu ovqat toʻgʻrisida bilmaysizlar.
33 Shogirdlari oʻzaro gaplashib: “Biron kishi Unga ovqat keltirganmikin?” deb aytishardi. 34 Iso ularga dedi:
— Mening ovqatim — Meni Yuborganning irodasini ado etish, Uning ishini tugatishdir. 35 Sizlar: “Ekinlar toʻrt oyda yetiladi” degan iborani ishlatasizlar. Men esa sizlarga aytaman: koʻzlaringizni ochinglar! Ekinzorlarga qaranglar! Hosil yetilgan, oʻrim–yigʻimga tayyor boʻlgan. 36 Oʻroqchi hozirdan yaxshi daromad olmoqda, abadiy hayot uchun hosil yigʻmoqda. Toki hosilni ekkan va oʻrgan birga quvonishsin. 37 “Biri ekadi, boshqasi oʻradi” degan maqol shu vaziyatga toʻgʻri keladi. 38 Men sizlarni oʻzingiz mehnat qilib ekmagan hosilni oʻrgani yubordim. Boshqalar mehnat qilgan edilar, sizlar esa ularning mehnatidan foydalanasizlar.
39 Shundan keyin oʻsha shaharda yashovchi talay Samariyaliklar Isoga imon keltirishdi. Ular haligi ayolning “U mening qilgan hamma ishlarimni aytib berdi” degan guvohligiga ishongan edilar. 40 Shunday qilib, Samariyaliklar Isoning oldiga kelib: “Biz bilan qoling”, deb Isoga yolvorishdi. Iso ikki kun oʻsha yerda qoldi. 41 Isoning aytgan soʻzlari tufayli koʻp odamlar imon keltirdi. 42 Shunda ular ayolga dedilar:
— Endi sening soʻzlaring tufayligina ishonayotganimiz yoʻq. Uni oʻzimiz ham eshitdik. U haqiqatan ham olamning Najotkori ekanligiga amin boʻldik .
Iso amaldorning oʻgʻlini sogʻaytiradi
43 Ikki kundan keyin Iso u yerdan Jalila hududiga joʻnab ketdi. 44 U: “Paygʻambar oʻz yurtida eʼtibor topmaydi”, deb taʼkidlagandi. 45 Jalilaga kelganda esa, aholi Uni ochiq chehra bilan kutib oldi. Chunki ular Fisih bayrami uchun Quddusga borganlarida, u yerda Isoning qilgan hamma ishlarini koʻrgan edilar.
46 Shunday qilib, Iso yana Jaliladagi Kaʼna qishlogʻiga keldi. Bu yerda U suvni sharobga aylantirgan edi. Oʻsha paytda Kafarnahum shahrida bir saroy amaldorining oʻgʻli kasal boʻlib yotgan edi. 47 Bu odam Isoning Yahudiyadan Jalilaga kelganligini eshitib, Uning oldiga bordi. Isoga:
— Yuring, oʻlim toʻshagida yotgan oʻgʻlimga shifo bering, — deb yolvordi.
48 — Sizlar alomatu moʻjizalar koʻrmaguncha ishonmaysizlar! — dedi unga Iso.
49 — Yura qoling Hazrat, oʻgʻilginam oʻlib qolmasin! — dedi saroy amaldori Unga.
50 — Siz boravering. Oʻgʻlingiz sogʻ–salomat, — dedi Iso.
U odam Isoning aytganiga ishonib, joʻnab ketdi. 51 U hamon yoʻlda ekan, xizmatkorlari unga peshvoz chiqib:
— Oʻgʻlingiz sogʻ–salomat, — degan xabar keltirdilar.
52 — Qaysi soatda ahvoli yengillashdi? — deya soʻradi u.
— Kecha tushda, soat birlarda isitmasi tushdi, — deyishdi xizmatkorlar.
53 “Oʻgʻlingiz sogʻ–salomat” degan soʻzlarni Iso aynan oʻsha vaqtda aytganini bolaning otasi angladi. Shunda oʻzi va butun xonadoni Isoga imon keltirdi.
54 Bu esa Isoning Yahudiyadan Jalilaga kelib koʻrsatgan ikkinchi moʻjizali alomati edi.