9–BOB
Donolik va ahmoqlik
1 Donolik uy qurdi,
uyining yetti ustunini qoʻydi.
2 Qurbonlik keltirdi,
sharob tayyorlab, dasturxon yozdi.
3 Xizmatkorlarini shaharning eng baland joyiga yuborib,
ular orqali:
4 “Kim sodda boʻlsa, bu yoqqa kelsin”, — deb chaqirdi,
aqlsizlarga shunday dedi:
5 “Kelinglar, taomimdan yenglar.
Men tayyorlagan sharobdan ichinglar.
6 Gʻaflatdan voz kechinglar, shunda yashaysizlar,
idrok yoʻlidan yuringlar.”
7 Mazax qiluvchiga tanbeh bergan tahqirlanadi,
fosiqning xatosini aytgan haqoratlanadi.
8 Mazax qiluvchiga tanbeh berma,
aks holda, u sendan nafratlanadi.
Donoga tanbeh ber, shunda u seni sevadi.
9 Donoga oʻrgatsang, yanada donoroq boʻladi.
Solihni oʻqitsang, bilimini koʻpaytiradi.
10 Egamizdan qoʻrqish donolikning boshidir ,
Muqaddas Xudoni bilish idrokdir.
11 Chunki donolik tufayli umringga umr qoʻshiladi.
12 Dono boʻlsang oʻzingga foyda,
mazax qilsang oʻzing jabr tortasan.
13 Ahmoq ayol shallaqi va farosatsizdir,
u hech narsani bilmaydi.
14 Uyining eshigi oldida,
shaharning eng baland joyida oʻtirib,
15 yoʻlida toʻgʻri yurgan,
yonidan oʻtib ketayotganlarni:
16 “Kimki sodda boʻlsa, bu yoqqa kelsin”, — deb chaqiradi,
aqlsizlarga shunday deydi:
17 “Oʻgʻirlangan suv shirindir,
berkitib yeyilgan non mazali.”
18 Lekin u yerda arvohlar borligini,
uning mehmonlari oʻliklar diyorining qaʼrida ekanligini bilmaydilar.