19–BOB
Iso va Zakkay
1 Iso Yerixo shahriga kirib, shahar boʻylab oʻtayotgan edi. 2 Bu shaharda Zakkay degan bir odam bor edi. U soliqchilar boshligʻi boʻlib, boy edi. 3 Zakkay “Iso kim ekan?” deb Uni koʻrishga urinardi, ammo odam koʻpligidan koʻra olmasdi, chunki uning boʻyi past edi. 4 U oldinga yugurib, Isoni koʻrish uchun shikamora–anjir daraxti ustiga chiqib oldi. Iso oʻsha yerdan oʻtishi kerak edi.
5 Iso u yerga kelganda, yuqoriga qarab, Zakkayga dedi:
— Zakkay! Tezroq pastga tush, Men bugun sening uyingda mehmon boʻlishim kerak.
6 Zakkay darrov pastga tushdi, Isoni quvonch bilan uyiga taklif qildi. 7 Buni koʻrganlarning hammasi: “Iso bir gunohkor odamning uyiga mehmonga bordi”, deb norozilik bildirishdi. 8 Zakkay esa oʻrnidan turib, Rabbimiz Isoga dedi:
— Hazrat, men mol–mulkimning yarmini kambagʻallarga beraman. Biron kimsaning narsasini nohaq olgan boʻlsam, toʻrt barobar qilib qaytaraman.
9 Iso unga shunday javob berdi:
— Bugun bu xonadonga najot keldi, chunki bu odam ham Ibrohimning oʻgʻlidir . 10 Inson Oʻgʻli yoʻqolganni izlab topish va uni qutqarish uchun kelgan.
Oʻnta xizmatkor haqida masal
11 Olomon Isoning bu soʻzlarini tinglar ekan, Iso gapini bir masal bilan davom ettirdi. Chunki Iso Quddusga yaqinlashib qolgan edi, odamlar ham, Xudoning Shohligi hozir zohir boʻlishi kerak, deb oʻylardilar.
12 Iso shunday dedi: “Bir zodagon odam uzoq mamlakatga ketmoqchi boʻlibdi. U yerda shohlik taxtini egallab, qaytib kelmoqchi edi. 13 Ketishdan oldin u xizmatkorlaridan oʻntasini chaqiribdi–da, har biriga bir tilladan berib, shunday debdi:
— Men qaytib kelgunimcha, bu pullarni ishga solinglar.
14 Holbuki, bu zodagonning hamyurtlari uni yomon koʻrishar ekan. Uning orqasidan: «Bu odam bizga shoh boʻlmasin, istamaymiz», deb aytish uchun elchilar yuborishibdi.
15 Ammo zodagon shohlik taxtini egallab, qaytib kelibdi. Soʻng oʻzi pul bergan xizmatkorlarini chaqirtirib, kim qancha foyda olganini bilmoqchi boʻlibdi.
16 Birinchisi kelib:
— Shoh hazratlari, sizning tillangiz oʻn tilla foyda olib keldi, — debdi. 17 Shoh unga:
— Barakalla! Sen yaxshi xizmatkorsan! Kichik ishda ishonchimni oqlaganing uchun oʻnta shahar ustidan hokim boʻlasan, — debdi.
18 Ikkinchisi kelib:
— Shoh hazratlari, sizning tillangiz besh tilla foyda keltirdi, — debdi. 19 Unga ham:
— Sen ham beshta shaharga hokimlik qilasan, — debdi.
20 Soʻng uchinchi xizmatkori kelib:
— Shoh hazratlari! — debdi, — mana sizning tillangiz, men uni roʻmolchaga tugib saqladim. 21 Men sizdan qoʻrqdim, siz qattiqqoʻl odamsiz. Siz bermasdan olasiz, ekmasdan oʻrasiz.
22 Shoh esa unga:
— Ey yomon xizmatkor! — deb doʻq urdi, — men seni oʻz soʻzlaring boʻyicha hukm qilaman! Mening qattiqqoʻlligimni hamda bermasdan olishimni, ekmasdan oʻrishimni bilar ekansan, 23 nega pulimni muomalaga kiritmading? Men qaytib kelganimdan keyin, pulimni foydasi bilan olgan boʻlardim.
24 Soʻng yonida turganlarga debdi:
— Uning qoʻlidan tillani olib, oʻn tillasi borga beringlar.
25 — Ey olampanoh, uning oʻn tillasi bor–ku! — deyishibdi ular.
26 — Sizlarga shuni aytay: kimda bor boʻlsa, unga yana beriladi. Kimda yoʻq boʻlsa, hatto bori ham tortib olinadi. 27 Endi mening shoh boʻlishimni istamagan dushmanlarimga kelsak, ularni shu yerga olib kelib, koʻz oldimda qatl qilinglar.”
Iso Quddusga tantanali kiradi
28 Iso shu gaplarni aytgandan keyin, yoʻlida davom etib, Quddusga ketdi. 29 Zaytun togʻi etagidagi Baytfagiya bilan Baytaniya qishloqlariga yaqinlashgach, U shogirdlaridan ikkitasiga dedi:
30 — Anavi qishloqqa boringlar. U yerga kirishingiz bilanoq, bogʻliq turgan va hech qachon minilmagan xoʻtikni koʻrasizlar. Oʻsha xoʻtikni yechib, bu yerga olib kelinglar. 31 Agar kimdir sizlardan: “Xoʻtikni nega yechyapsizlar?” — deb soʻrab qolsa, “Bu xoʻtik Rabbimiz Masihga kerak”, — deb aytinglar.
32 Shogirdlar borib, xuddi Isoning aytganini topdilar. 33 Xoʻtikni yechayotganlarida uning egalari:
— Nega xoʻtikni yechyapsizlar? — deb soʻrashdi. 34 Shogirdlar:
— U Rabbimiz Masihga kerak, — dedilar.
35 Xoʻtikni Isoning oldiga keltirishdi–da, ustiga toʻnlarini tashlab, Isoni mindirishdi. 36 Iso xoʻtikni minib ketayotganda, odamlar toʻnlarini yoʻlga poyandoz qildilar. 37 Iso Zaytun togʻidan tushadigan joyga yetib kelganda, koʻpdan–koʻp shogirdlar koʻrgan barcha moʻjizalarni eslab shodlandilar va baland ovozda Xudoga hamdu sanolar aytdilar:
38 “Egamiz nomidan kelayotgan Shoh baraka topsin!
Osmonda tinchlik, falak toqida shon–sharaflar boʻlsin!”
39 Shunda olomon orasidan baʼzi farziylar Isoga:
— Ustoz, shogirdlaringizni jim qiling! — deyishdi. 40 Iso esa ularga dedi:
— Sizlarga shuni aytay: agar bular jim boʻlsa, toshlar chinqiradi!
Iso Quddus uchun yigʻlaydi
41 Iso Quddusga kiray deganda, shaharni koʻrib, yigʻlab yubordi: 42 “Tinchlik uchun nimalar zarurligini bugun sen bilsayding! Ammo bular senga qorongʻi. 43 Boshingga shunday kunlar keladi: dushmanlaring atrofingga tuproq uyadilar, seni oʻrab oladilar, har tomondan siquvga oladilar. 44 Bagʻringdagi farzandlaringni qirib tashlaydilar. Seni shu qadar vayron qiladilarki , shahringda hatto tosh ustida turgan tosh qolmaydi. Chunki Xudo seni qutqargani kelgandi, ammo sen bu imkoniyatni qoʻldan boy berding .”
Iso savdogarlarni Maʼbaddan quvib chiqaradi
45 Iso Maʼbadga kirib, ichkarida savdo–sotiq qilayotganlarni quvib chiqara boshladi. 46 Ularga shunday dedi:
— “Mening uyim ibodat uyi boʻladi” , deb Muqaddas bitiklarda yozilgan–ku! Sizlar esa Xudoning uyini qaroqchilar uyasiga aylantirib yuboribsizlar!
47 Iso har kuni Maʼbadda taʼlim berardi. Bosh ruhoniylar, Tavrot tafsirchilari va xalq yoʻlboshchilari esa Uni halok qilish payiga tushdilar. 48 Lekin buning chorasini topmadilar, chunki butun xalq Isoning soʻzlarini jonu dili bilan tinglar edi.