46–BOB
Yoqub va uning oilasi Misrga koʻchadi
1 Shunday qilib, Yoqub butun mol–mulkini olib, yoʻlga chiqdi. U Bershebaga yetib kelib, otasi Isʼhoqning Xudosiga qurbonliklar qildi. 2 Tunda Xudodan Yoqubga vahiy keldi:
— Yoqub! Yoqub!
— Labbay! — dedi u.
3 — Men Xudoman, otangning Xudosiman, — dedi Xudo. — Qoʻrqmasdan Misrga boraver, Men u yerda sendan buyuk xalq yarataman. 4 Men sen bilan birga Misrga boraman. Sen Yusufning qoʻlida jon berasan. Vaqti kelib, Sening naslingni Oʻzim Misrdan olib chiqaman.
5 Soʻngra Yoqub Bershebadan ketdi. Oʻgʻillar otasini, bolalarini, xotinlarini firʼavn yuborgan aravalarga oʻtqazdilar. 6 Ular Kanʼonda orttirgan chorvasini, hamma mol–mulkini olib, Misrga ketdilar. Yoqub va uning hamma oila aʼzolari 7 — oʻgʻillari, qizlari va nabiralari ketdilar.

8 Misrga ketgan Isroil xalqi, yaʼni Yoqub naslining ismlari quyidagichadir:
Yoqubning Leaxdan koʻrgan nasli
Yoqubning toʻngʻich oʻgʻli Ruben va 9 uning oʻgʻillari — Xanoʻx, Palluv, Xazron va Karmi.
10 Shimoʻn va uning oʻgʻillari — Yamuvol, Yomin, Oxad, Yoxin, Zoʻxar va Shovul. (Shovulning onasi Kanʼonlik edi.)
11 Levi va uning oʻgʻillari — Gershon, Qohot, Marori.
12 Yahudo va uning oʻgʻillari — Gʻur, Oʻnan, Shelo, Paraz va Zerax. (Lekin Gʻur va Oʻnan Kanʼon yurtida vafot etgan edilar .)
Paraz va uning oʻgʻillari — Xazron va Xomul.
13 Issaxor va uning oʻgʻillari — Toʻlo, Puvax, Yoshuv va Shimron.
14 Zabulun va uning oʻgʻillari — Sared, Eloʻn va Yaxliyol.

15 Leaxning bu oʻgʻillari va qizi Dina Paddon–Oramda tugʻilgan edilar. Yoqubning Leaxdan tarqalgan nasli jami boʻlib oʻttiz uch kishi edi.
Leaxning choʻrisi Zilpodan Yoqubning koʻrgan nasli
16 Gad va uning oʻgʻillari — Zafoʻn , Xagi, Shuno, Ezboʻn, Eri, Aroʻd va Erali.
17 Osher va uning oʻgʻillari — Yimnax, Yishvo, Yishvi va Bariyo. Bularning Serax degan singillari ham bor edi. Bariyoning oʻgʻillari — Xaber va Malxiyol.

18 Zilpo Yoqubga tugʻib bergan nasl ana shulardir. Ular hammasi boʻlib oʻn olti kishi edi. Lobon Zilponi qizi Leaxga choʻri qilib bergan edi.
Yoqubning Rohiladan koʻrgan nasli
19 Yoqubning xotini Rohila tuqqan oʻgʻillar — Yusuf bilan Benyamin.
20 Yusuf Misr yurtida ikki oʻgʻil — Manashe va Efrayimni koʻrdi. Yusufning xotini Osanat On shahrining ruhoniysi Poʻtiferoning qizi edi.
21 Benyamin oʻgʻillari — Belax, Boxir, Oshbol, Gera, Noʻmon, Exi, Roʻsh, Mupim, Xupim va Ard.

22 Yoqubning Rohiladan tarqalgan nasli ana shulardir. Ular hammasi boʻlib oʻn toʻrt kishi edi.
Rohilaning choʻrisi Bilxaxdan Yoqubning koʻrgan nasli
23 Dan va uning oʻgʻli — Xushim.
24 Naftali va uning oʻgʻillari — Yaxziyol, Goʻno, Izar va Shillem.

25 Yoqubning Bilxaxdan tarqalgan nasli ana shulardir. Bilxaxni Lobon qizi Rohilaga choʻri qilib bergan edi. Hammasi boʻlib yetti kishi edi.
26 Yoqub bilan birga Misrga kelgan uning nasli hammasi boʻlib oltmish olti kishi edi. Kelinlari bu hisobga kirmasdi. 27 Yusuf Misrda ikki oʻgʻil koʻrgan edi. Shunday qilib, Yoqub xonadonidan Misrga kelganlar hammasi boʻlib yetmish kishi edi.
Yoqub va uning xonadoni Misrda
28 Yoqub Yahudoni Yusufning oldiga: “Bizni Goʻshen yerlarida kutib ol” degan xabar bilan oʻzlaridan oldin joʻnatdi. Ular Goʻshenga yetib kelganlarida, 29 Yusuf aravasini qoʻshib, otasini kutib olish uchun Goʻshenga bordi. Yusuf otasini koʻrishi bilanoq, uni quchoqlab, boʻyniga osilib, uzoq yigʻladi. 30 Yoqub Yusufga:
— Tirik ekaningni koʻzlarim bilan koʻrdim, endi oʻlsam ham armonim yoʻq, — dedi. 31 Yusuf aka–ukalariga, otasi xonadonining qolgan ahliga dedi:
— Men borib, firʼavnga: “Kanʼon yurtidan aka–ukalarim, otamning qolgan oila aʼzolari mening oldimga kelishdi”, deb xabar berayin. 32 Men firʼavnga yana: “Ular choʻpon, chorvadorlik bilan shugʻullanishadi, mol–qoʻylarini, bor mulkini olib kelishibdi”, deb aytayin. 33 Firʼavn sizlarni chaqirib: “Kasb–koringiz nima?” deb soʻrab qolsa, 34 unga: “Biz, qullaringiz, yoshligimizdan hozirgacha choʻponlik bilan mashgʻulmiz, ota–bobolarimiz ham choʻpon boʻlib oʻtishgan”, deb aytinglar. Toki Goʻshen yerlariga oʻrnashib olishlaringizga u ijozat bersin. Chunki Misrliklar choʻponlardan hazar qilishadi.