21–BOB
Isʼhoqning tugʻilishi
1 Egamiz bergan vaʼdasi boʻyicha Soraga marhamat qildi. 2 Sora homilador boʻlib, Ibrohimga qarigan chogʻida oʻgʻil tugʻib berdi. Bularning hammasi Xudo aytgan vaqtda yuz berdi. 3 Ibrohim oʻgʻliga Isʼhoq deb ism qoʻydi. 4 Xudo amr qilganday, Isʼhoq sakkiz kunlik boʻlganda, Ibrohim uni sunnat qildi . 5 Isʼhoq tugʻilganda, Ibrohim yuz yoshda edi. 6 Sora dedi: “Xudo menga shodlik va kulgi ato qildi, bu haqda eshitgan har kim men bilan birga kuladi. 7 Kim ham, Sora chaqaloq emizadi, deb Ibrohimga ayta olardi?! Men esa Ibrohimga qarigan chogʻida oʻgʻil tugʻib berdim.”
8 Vaqt oʻtib, Isʼhoq katta boʻlib qolgach, Sora uni koʻkrakdan chiqardi. Bu baxtli kunni nishonlab, Ibrohim katta ziyofat berdi .
Hojar bilan Ismoil quviladi
9 Misrlik Hojarning Ibrohimga tugʻib bergan oʻgʻli Ismoil Isʼhoqni masxara qilayotganini Sora koʻrib qoldi. 10 Sora Ibrohimdan:
— Bu choʻrini oʻgʻli bilan birga haydab yuboring! — deb talab qildi. — Choʻrining oʻgʻli mening oʻgʻlim bilan merosxoʻr boʻlmasin .
11 Bu gapdan Ibrohim juda xafa boʻldi, axir, Ismoil ham uning oʻgʻli edi–da. 12 Lekin Xudo Ibrohimga dedi:
— Bola va choʻri xotining uchun tashvish tortma. Soraning aytganlarini qil. Chunki Men senga vaʼda qilgan nasling Isʼhoq orqali kelib chiqadi. 13 Choʻri xotiningning bolasi sening ham oʻgʻling boʻlgani uchun Men unga ham farzandlar ato etib, undan xalqlar yarataman.
14 Ibrohim ertasiga saharda turdi. Bir oz yegulik va bir mesh suv olib, Hojarning yelkasiga yukladi–da, oʻgʻli bilan birga joʻnatib yubordi. Hojar Bersheba atroflarida choʻlda bemaqsad izgʻib yurdi.
15 Meshdagi suv tamom boʻlgach, Hojar bolasini bir butaning tagida qoldirdi. 16 Soʻngra: “Bolamning oʻlishini koʻrmayin”, deb bolasidan bir oʻq otimi nariga borib oʻtirdi. Hojar oʻsha yerda oʻtirib, yigʻlab, faryod qila boshladi. 17 Xudo oʻsmirning yigʻisini eshitdi. Xudoning farishtasi samodan Hojarni chaqirib dedi:
— Nimaga gʻam chekyapsan, Hojar? Qoʻrqma, sen oʻsmirni qoldirib ketgan joydan Xudo uning yigʻisini eshitdi. 18 Qani, oʻgʻlingni turgiz, uning qoʻlidan ushla. Men uning naslidan buyuk xalq yarataman.
19 Xudo Hojarning koʻzini ochib yuborgan edi, u bir quduqni koʻrdi. Borib, meshni suvga toʻldirib keldi–da, bolasiga ichirdi.
20 Xudo doimo bola bilan birga boʻldi. Bola Poron choʻlida oʻsib–ulgʻaydi. U mohir kamonkash boʻldi. 21 Onasi uni Misr yurtidan bir qizga uylantirdi.
Ibrohim bilan Abumalek oʻrtasidagi ahdlashuv
22 Bir kuni Abumalek lashkarboshisi Pixol bilan birga Ibrohimning oldiga bordi va unga dedi:
— Sen har qanday ishni qilganingda ham Xudo sen bilan birga. 23 Endi Xudoning nomini oʻrtaga qoʻyib, seni, bolalaringni, naslingni aldamayman, deb qasam ich. Men senga sodiqligimni koʻrsatdim. Shuning uchun hozir, senga va men istiqomat qilib turgan shu yurtingga sodiq boʻlaman, deb qasam ich.
24 — Qasam ichaman, — dedi Ibrohim.
25 Shunda Ibrohim Abumalekka: “Xizmatkorlaring zoʻrlik bilan mening qudugʻimni tortib olishdi”, deb shikoyat qilib qoldi.
26 — Bu haqda birinchi marta eshityapman, — dedi Abumalek. — Sen menga bu haqda aytmagan eding. Bu ishni kim qilganini bilmayman.
27 Shunday qilib, Ibrohim Abumalekka mol–qoʻylar berdi va ikkalasi ahd qildilar. 28 Ibrohim yettita urgʻochi qoʻzini suruvdan ajratib oldi. 29 Abumalek Ibrohimdan:
— Sen yettita urgʻochi qoʻzini ajratib olding, buning maʼnosi nima? — deb soʻradi.
30 Ibrohim shunday javob berdi:
— Mana shu yettita urgʻochi qoʻzini sen qoʻlimdan olishing kerak, toki bu quduqni oʻzim qaziganimni bular isbotlaydi .
31 Shunday qilib, ikkovlari qasamyod qilishdi. Shuning uchun bu joy hozirgacha Bersheba deb yuritiladi. 32 Ular ahd qilganlaridan keyin, Abumalek oʻz lashkarboshisi Pixol bilan Filistlar yeridagi Garor shahriga qaytib ketdi. 33 Ibrohim Bershebada yulgʻun daraxti oʻtqazdi va u yerda abadiy Xudoga — Egamizga sajda qildi. 34 U Filistlar yerida ancha vaqt yashadi.