12–BOB
Ayubning toʻrtinchi nutqi: hammaga mazax boʻlgani haqida
1 Ayub shunday deb javob berdi:
2 “Ha, sizlar hammaning oʻrniga gapirasizlar, toʻgʻrimi?
Oʻlsangiz, donolik ham siz bilan birga oʻlsa kerak–a?!
3 Men ham bir–ikkita narsa bilaman,
Sizlar mendan ustun emassizlar.
Sizlar aytayotganlarni kim ham bilmas ekan?!
4 Men Xudoga iltijolar qilyapman.
Uning javob berishini kutyapman.
Doʻstlarim esa ustimdan kulaveradilar.
Solih va aybsiz boʻlsam ham, hammaga mazax boʻlib qoldim.
5 Betashvish yurganlar kulfatga takabburlik bilan qaraydilar.
Falokatni qoqilayotganlarning taqdiri deb biladilar.
6 Oʻgʻrilarning chodirida ham tinchlik hukmron,
Xudoning gʻazabini keltiradiganlar ham xavf–xatarsiz yuribdi.
Goʻyo ular «gah» desa, Xudo qoʻliga qoʻnadi!
7 Mana, hayvonlardan soʻranglar,
Ular sizlarga oʻrgatadilar.
Osmondagi qushlardan soʻranglar,
Ular sizlarga aytib beradilar.
8 Yerdan soʻranglar, u sizlarga yoʻl–yoʻriq koʻrsatadi.
Dengizdagi baliqlar sizlarga tushuntiradilar.
9 Mana shu jonzotlarning orasida qaysi biri
Hammasiga Egamiz sababchi ekanini bilmaydi?!
10 Har bir jonivorning hayotiyu
Insonlarning nafasi Uning qoʻlidadir.
11 Ogʻiz ovqatning taʼmini biladi.
Xuddi shunday qilib, quloq ham eshitgan soʻzlarini sinab koʻrishi kerak–ku?!
12 Aql–idrok uzoq umr koʻrgan odamlarda,
Donolik keksalarda boʻladi.
13 Lekin haqiqiy donolik va qudrat Xudodadir.
Maslahat va aql–idrok Unga tegishlidir.
14 Agar Xudo nimanidir buzsa, qayta qurib boʻlmaydi,
Agar U qamab qoʻysa, hech kim qochib keta olmaydi.
15 Agar U yomgʻirni ushlab tursa, yer choʻlga aylanadi.
Suvlarni qoʻyib yuborsa, yer yuzini suv bosadi.
16 Kuch va zafar Xudoga tegishli!
Yolgʻonchiyu aldanganlar ham Uning qoʻlida!
17 U maslahatchilarni qip–yalangʻoch qilib qoʻyadi,
Hakamlarni ham aqldan ozdiradi.
18 Xudo shohlarning ham toʻnlarini yechib tashlaydi.
Ularni qul qilib, bellariga arqon bogʻlab qoʻyadi.
19 Ruhoniylarni ham qip–yalangʻoch qilib qoʻyadi,
Mustahkam oʻrnashganlarni Xudo agʻdarib tashlaydi.
20 Ishonchli maslahatchilarni tildan qoldiradi,
Oqsoqollarni esa idrokidan mahrum qiladi.
21 Shahzodalarning ustidan sharmandalik yogʻdiradi,
Kuchlilarning qurol–aslahalarini tortib oladi.
22 Xudo zulmatning eng yashirin joylarini ochadi,
Tim qorongʻiliklarni ham yoritadi.
23 Xalqlarni yuksaltiradi–yu, yana Oʻzi ularni halokatga duchor qiladi,
Xalqlarni koʻpaytiradi–da, keyin ularni tarqatib yuboradi.
24 Yer yuzidagi yoʻlboshchilarni aql–zakovatdan mahrum qiladi,
Ularni soʻqmoqsiz choʻllarda sargardon qilib qoʻyadi.
25 Nursiz bir qorongʻilikda ular paypaslanib yuradilar.
Xudo ularni mast odamday qilib qoʻyadi,
Ular dovdirab yuradigan boʻlib qoladilar.