2–BOB
Yangi Maʼbadning ulugʻvorligi
1 Oʻsha yilning yettinchi oyi , yigirma birinchi kunida Egamiz yana xabar yuborib, quyidagi soʻzlarni Xaggey paygʻambarga ayon qildi:

2 Yahudo hokimi Shaltiyol oʻgʻli Zarubabelga , oliy ruhoniy Yohuzadax oʻgʻli Yoshuaga va surgundan qaytib kelgan butun xalqqa shu gaplarni yetkaz: 3 “Orangizda oldingi Maʼbadning shuhratini koʻrganlar bormi? Hozirgi koʻrinishi qanday? Oldingisi bilan solishtirganda bunisi arzimagan bir narsaday–ku, axir! 4-5 Egamizning kalomi shudir: «Endi dadil boʻl, ey Zarubabel! Dadil boʻl, ey oliy ruhoniy Yoshua! Ey surgundan qaytib kelgan shu yurt ahli, endi dadil boʻlinglar!» Sarvari Olam shunday demoqda: «Mening Ruhim hali ham sizlarning orangizda, qoʻrqmanglar. Ishga kirishinglar, chunki Misrdan chiqqaningizda sizlarga bergan vaʼdamga binoan Men sizlar bilan birgaman.»
6 Axir, Sarvari Olamning kalomi shudir: «Birpasdan keyin yana yeru osmonni, dengiz va quruqlikni larzaga solaman. 7 Barcha xalqlarni titrataman, ularning xazinasi shu yerga keltiriladi.» Sarvari Olam demoqda: «Oʻshanda Men mana shu Maʼbadni hashamat bilan boy qilaman.» 8 Sarvari Olamning kalomi shudir: «Kumush Meniki, oltin ham Menikidir.» 9 Sarvari Olam aytmoqda: «Bu Maʼbadning keyingi shuhrati oldingisidan ham ulugʻroq boʻladi.» Sarvari Olamning kalomi shudir: «Mana shu yerga tinchlik ato qilaman.»”
Itoatkorlikdan kelgan baraka
10 Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili , toʻqqizinchi oyning yigirma toʻrtinchi kunida Xaggey paygʻambar orqali Egamizning quyidagi soʻzlari ayon boʻldi. 11 Xaggey ruhoniylarga dedi:

— Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Ruhoniylardan qonun boʻyicha quyidagi holatlarni ajrim qilishni soʻra: 12 agar birortasi kiyimining etagida qurbonlikdan olingan muqaddas goʻshtni olib ketayotgan boʻlsa, oʻsha kiyimning etagi bilan non, shoʻrva, sharob, zaytun moyi yoki boshqa yeguliklarga tegib ketsa, oʻsha narsalar ham muqaddas hisoblanadimi?”
Ruhoniylar Xaggeyga:
— Yoʻq , — deb javob berdilar.
13 Xaggey yana soʻradi:
— Agar birortasi inson jasadiga tekkani uchun harom boʻlsa–yu, yuqorida aytib oʻtilgan yeguliklardan biriga tegsa, oʻsha yeguliklar harom hisoblanadimi?
Ruhoniylar:
— Ha , — deb javob berdilar.
14 Shunda Xaggey dedi:
— Egamizning kalomi shudir: “Mana bu odamlar ham, bu xalq ham oldimda xuddi shundaydir . Ular qilgan ishlarning hammasi, ular keltirgan har bir nazr ham haromdir. 15 Endi sizga nima boʻlgani haqida oʻylab koʻring. Mening Maʼbadimni qayta qurishni boshlamasingizdan oldin nimalar boʻlgani haqida oʻylab koʻring. 16 20 chora don olaman deb, xirmonga borganingizda, u yerda faqat 10 chora don boʻlardi. Xumdan 50 koʻza sharob olaman deb, borganingizda esa faqat 20 koʻza sharob topardingiz.” 17 Egamiz demoqda: “Mehnatingizning barcha samarasini yoʻq qilay deb garmsel , shira va doʻl yubordim. Shunda ham Menga qaytishni rad qildingiz. 18-19 Ammo bugun , toʻqqizinchi oyning yigirma toʻrtinchi kunidan boshlab, sizlarga nima boʻlishiga eʼtibor beringlar. Maʼbadimning poydevori yotqizilganiga ancha boʻldi . Oʻshandan beri, ekkan urugʻlaringiz deyarli hosil bermas edi, toklaringiz, anjirlaringiz, anorlaringiz va zaytun daraxtlaringizning hosili bebaraka edi. Ammo bugundan boshlab, Men sizlarga baraka beraman.”
Egamizning Zarubabelga bergan vaʼdasi
20 Oʻsha kuni , oyning yigirma toʻrtinchi kunida Egamiz yana xabar yuborib, quyidagi soʻzlarni Xaggey paygʻambarga ayon qildi:

21 Yahudo hokimi Zarubabelga ayt: “Osmon va yerni larzaga solaman. 22 Shohliklarning taxtlarini agʻdaraman, xalqlarning shohliklariga barham beraman. Jang aravalari va ularning ustidagilarni agʻdaraman. Otlar, chavandozlar yiqiladi, hamma bir–birining qilichidan halok boʻladi.
23 Egamizning kalomi shudir: «Ey qulim Shaltiyol oʻgʻli Zarubabel, oʻsha kuni, — demoqda Sarvari Olam, — seni Oʻz muhr uzugimday qilaman , chunki Men seni tanlaganman.» Sarvari Olamning kalomi shudir.”