25–BOB
Muqaddas chodir uchun nazrlar
1 Egamiz Sinay togʻida Musoga dedi: 2 “Isroil xalqiga, Egamizga nazr keltiringlar, deb ayt. Menga chin koʻngildan nazr qilmoqchi boʻlgan odamning nazrini qabul qil. 3 Sen ulardan qabul qilib oladigan nazrlar quyidagilardir: oltin, kumush, bronza, 4 shuningdek, koʻk, safsar va qirmizi rangli iplar, mayin zigʻir matosi, echki juni, 5 qizilga boʻyalgan qoʻchqor terisi, yumshoq teri , akas yogʻochi , 6 moychiroqlar uchun zaytun moyi, muqaddas qiladigan moy uchun ziravorlar, xushboʻy tutatqi uchun ziravorlar, 7 efod va koʻkrakpechga taqiladigan aqiq hamda boshqa qimmatbaho toshlar. 8 Isroil xalqi Men uchun muqaddas maskan barpo qilishsin, toki Men Isroil xalqi orasida istiqomat qilayin. 9 Bu Muqaddas chodirni va uning hamma jihozlarini Men senga koʻrsatadigan namunaga muvofiq yasat.
Ahd sandigʻi va uning qopqogʻiga oid koʻrsatmalar
10 Akas yogʻochidan Sandiq yasat. Sandiqning uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak, boʻyi bir yarim tirsak boʻlsin. 11 Sandiqning ichkariyu tashqarisini toza oltin bilan qoplat. Aylanasiga oltin gulchambar qildir. 12 Sandiq uchun eritilgan oltindan toʻrtta halqa yasatib, toʻrtala oyogʻiga mahkamlat: ikkita halqa bir tomonida, ikkita halqa ikkinchi tomonida boʻlsin. 13 Keyin akas yogʻochidan xodalar yasatib, xodalarni oltin bilan qoplat. 14 Xodalarni Sandiqning ikkala tomonidagi halqadan oʻtkaz, toki xodalar yordamida Sandiqni koʻtarib yurishsin. 15 Xodalar Sandiqning halqalaridan ayirib olinmasin, doimo tursin. 16 Men senga beradigan ahdning amr va qonunlari yozilgan ikkita tosh lavhani Sandiqqa solib qoʻy.
17 Toza oltindan Sandiqning qopqogʻini yasat. Qopqoqning uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak boʻlsin. 18-19 Shu bilan birga, oltindan zarb urib ikkita karub yasat . Bitta karub qopqoqning bir chetida, ikkinchi karub ikkinchi chetida boʻlib, har ikkalasi qopqoq bilan bir butunni tashkil qilsin. 20 Karublarning tepaga koʻtarilgan qanotlari qopqoqni berkitib tursin. Ular yuzma–yuz turib, qopqoqqa qaragan boʻlsin. 21 Qopqoqni Sandiqning ustiga qoʻy. Men senga beradigan ikkita tosh lavhani Sandiqqa sol. 22 Men sen bilan Ahd sandigʻi oldida uchrashaman. Karublar oʻrtasidagi gunohdan poklash joyi tepasidan Men senga gapirib, Isroil xalqi uchun hamma amrlarimni senga beraman.
Muqaddas nonlar qoʻyiladigan xontaxtaga oid koʻrsatmalar
23-24 Akas yogʻochidan xontaxta yasat. Uni toza oltin bilan qoplat. Xontaxtaning uzunligi ikki tirsak, eni bir tirsak, boʻyi bir yarim tirsak boʻlsin. Xontaxtaning chetlariga aylantirib oltin gulchambar qildir. 25 Yana xontaxtaning aylanasi boʻylab toʻrt enli rom oʻrnat. Bu romni naqshli hoshiya qilib bezat. Uni xontaxtaning oyoqlariga mahkamlat. 26-28 Yana toʻrtta oltin halqa yasatib, har birini taxta mahkamlangan joyning yoniga — toʻrtala burchagidagi toʻrtala oyogʻiga oʻrnashtir. Akas yogʻochidan ikkita xoda yasatib, ularni oltin bilan qoplat. Bu yogʻochlarni halqalardan oʻtkazib, xontaxtani koʻtarib yurish uchun foydalan. 29 Xontaxtaga qoʻyiladigan lagan, piyolalar, sharob nazr qilish uchun koʻza va kosalar yasat. Bu buyumlarni toza oltindan yasat. 30 Mening huzurimdagi xontaxtada doim muqaddas nonlar tursin.
Chiroqpoyaga oid koʻrsatmalar
31 Sof oltindan zarb urib chiroqpoya yasat. Butun chiroqpoya va uning bezaklari bir butun qilib yasalsin. Chiroqpoyaning tagligi, poyasi va kurtakli gulga oʻxshash shakldagi piyolalari boʻlsin. 32 Yana chiroqpoyaning poyasidan oltita shoxcha chiqarilsin: uchta shoxchasi bir yonidan, uchta shoxchasi ikkinchi yonidan chiqarilsin. 33 Chiroqpoyaning poyasidan chiqadigan shoxchalarning har birida kurtakli bodom guliga oʻxshash shakldagi uchta piyola boʻlsin. 34 Chiroqpoyaning poyasida kurtakli bodom guliga oʻxshash shakldagi toʻrtta piyola boʻlsin. 35 Chiroqpoyaning poyasidan chiqadigan shoxchalarning har juftida bu kurtaklardan uchtasi birin–ketin tizilib tursin. 36 Chiroqpoya, shoxchalari va kurtaklari bilan bitta qilib, toza oltinning yaxlit boʻlagidan zarb urib yasalishi lozim. 37 Chiroqpoya uchun yettita moychiroq yasat. Moychiroqlarni chiroqpoyaga shunday oʻrnashtirginki, chiroqpoyaning old tomonini yoritadigan boʻlsin. 38 Moychiroqlarga qarab turish uchun toza oltindan qisqichlar va patnislar yasat. 39 Chiroqpoyani va bu buyumlarni ikki pud toza oltindan yasashsin. 40 Ehtiyot boʻl, oʻsha hamma buyumlarni Men senga shu yerda — togʻda koʻrsatgan namunaga muvofiq yasat.