6–BOB
Quddus dushmanlar qurshovida
1 Egamiz shunday deydi:
“Ey Benyamin nasli,
Joningizni qutqaringlar!
Quddusdan qochib chiqinglar!
Taxuva shahrida burgʻu chalinglar!
Bayt–Xakerem shahrida olov yoqib, belgi koʻrsatinglar.
Ana, shimoldan bir falokat kelyapti,
Dahshatli bir halokat yaqinlashyapti.
2 Qiz Quddus goʻzal va latofatlidir,
Ammo Men uni yoʻq qilib tashlayman.
3 Shahar atrofiga joylashib olgan choʻponlarday,
Dushmanlar Quddusni qamal qiladi.
Har biri oʻz lashkari uchun joy tanlaydi.
4 Ular shunday deb aytishadi:
«Quddusga qarshi jangga tayyorlaninglar!
Boʻla qolinglar, kunduz kuni ularga hujum qilamiz!
Shoʻrimiz qursin! Kun ham botyapti,
Oqshom soyalari boʻy choʻzib qoldi.
5 Endi tunda hujum qilamiz,
Shahardagi qalʼalarni vayron etamiz!»”

6 Sarvari Olam dushman lashkariga shunday demoqda:
“Daraxtlarini kesinglar ,
Quddus devoriga qiyalatib tuproq uyinglar .
Bu shahar jazolanishi kerak,
Shahar zoʻravonlikka toʻlib–toshgan.
7 Buloqdan suv qaynab chiqqani singari,
Quddusdan qabihliklar qaynab chiqyapti.
Zoʻravonligu buzgʻunchilik sadolari eshitilyapti.
U yerda koʻrganim xastaligu yaralar.
8 Ey Quddus, esingni yigʻib olgin,
Yoʻqsa, Men sendan yuz oʻgiraman.
Seni tashlandiq bir joyga aylantiraman,
Yurtingni huvullatib qoʻyaman.
9 Dushmanlaringga aytaman,
Ular seni ship–shiydam qiladilar,
Bir shingil uzumi qolmagan tokka oʻxshatib qoʻyadilar.”
Sarvari Olamning kalomi shudir.
Isyonkor Isroil
10 Ey Egam! Kimga gapiray, kimni ogohlantiray?!
Kim mening gaplarimga quloq soladi?!
Qara, ularning quloqlari yopiq ,
Ular hech narsani eshitmaydi.
Sening soʻzingdan ular xafa boʻladi,
Uni eshitishni xush koʻrmaydi.
11 Ammo ichim Sening gʻazabingga toʻlgan edi,
Jahlimni tiyishdan charchadim.

Egamiz menga shunday dedi:
“Gʻazabimni koʻchadagi bolalarga sochgin,
Toʻdalashib turgan yigitlarga sochgin.
Gʻazabim erkagu ayollarga tushadi,
Munkillagan qariyalar ham undan qochib qutulmaydi.
12 Uylari, dalalari va xotinlari
Boshqa birovlarga beriladi.
Men bu yurt aholisiga qarshi qoʻl koʻtaraman,
— deb aytmoqda Egamiz. —

13 Ular kichkinasidan tortib, kattasigacha,
Nafsini tiyolmay harom yoʻl bilan pul topishadi.
Paygʻambardan tortib, ruhoniygacha —
Hammasi tovlamachilik qilishadi.
14 Xalqimning yaralarini yuzaki davolashadi.
Ahvol ogʻir bir paytda «hammasi yaxshi», deb aytishadi.
15 Jirkanch ishlari uchun uyaladilarmi?
Yoʻq, uyalmaydilar!
Qizarish degan narsani bilmaydilar,
Shuning uchun boshqalarday halok boʻladilar.
Ha, ularni jazolab, xonavayron qilaman.”
Egamizning kalomi shudir.
Isroil Xudoning yoʻlidan ozadi
16 Egamiz Oʻz xalqiga shunday deb aytmoqda:
“Chorrahalarda turib qarang,
Qadimgi yoʻllar haqida soʻrang,
Yaxshi yoʻl qayerda ekanligini bilib oling.
Oʻsha yoʻldan yuring,
Shunda koʻnglingiz taskin topadi.
Ammo sizlar: «Yoʻq, u yoʻldan yurmaymiz», dedingizlar.
17 Men sizlarga qoʻriqchilar qoʻydim,
«Qoʻriqchilar burgʻusining jangovar sadosiga quloq solinglar»,
Deb sizlarga tayinladim.
Sizlar esa: «Ularga quloq solmaymiz!» deb aytdingizlar.
18 Shuning uchun, ey xalqlar, eshiting!
Xalqim ne holga tushishini bilib oling.
19 Ey zamin, quloq sol!
Men bu xalqning boshiga kulfat keltiraman,
Yomon niyatlarining oqibati shudir.
Zotan, ular soʻzlarimga kirmadilar,
Qonunlarimni rad etdilar.
20 Shava yurtidan keltirilgan ziravorlarni nima qilaman?!
Olis yurtdan olib kelingan xushboʻy qamishni nimaga ishlataman?!
Xalqimning kuydiriladigan nazrlarini Men qabul qilmayman,
Qurbonliklaridan xushnud boʻlmayman.”
21 Shu sababdan Egamiz demoqda:
“Men bu xalqning oyogʻiga toʻgʻonoq solaman,
Ular qoqilib yiqiladilar.
Otalar farzandlari bilan birga,
Qoʻshnilar yor–birodarlari bilan birga halok boʻladilar.”
Shimoldan bosqinchilar keladi
22 Egamiz shunday demoqda:
“Ana, shimoldagi yurtdan olomon kelmoqda,
Dunyoning chetidan buyuk bir xalq qoʻzgʻalmoqda.
23 Kamonu nayzalar bilan qurollangandir ular,
Shafqat qilmaydigan zolimdir u odamlar.
Ular otlarini yeldiradi,
Toʻlqinlangan dengizday guvullab keladi.
Ey qiz Quddus, ular qarshingda saf tortadilar,
Jang qilishga shay boʻlib turadilar.”

24 Odamlar shunday dedi:
“Ular haqidagi bu xabarni eshitdik,
Madorimiz qolmadi.
Dard tutgan ayol kabi,
Azobu iztirob chekdik.
25 Dalalarga bormanglar,
Koʻchalarda yurmanglar!
Dushman qilichini tutgan.
Atrofni dahshat qamragan.”

26 Ey xalqim, qizalogʻim!
Qanorga oʻranib, kulga belangin .
Yolgʻiz farzand uchun aza tutgandek,
Achchiq–achchiq yigʻlagin.
Ana, halok etuvchi kelyapti,
U toʻsatdan bizga hujum qiladi.

27 Egamiz shunday dedi:
“Ey Yeremiyo, xalqimni tekshirgin,
Temirni sinaganday ularni sinagin,
Tutgan yoʻllarini bilib olgin.
28 Ularning hammasi oʻjar va beboshdir,
Birovlarga tuhmat qilib yuradilar.
Bagʻirlari mis va temir kabi qattiq,
Hammasi buzgʻunchilik qiladilar.
29 Ana, bosqonga toʻxtovsiz dam berilmoqda,
Oʻchoqdagi olov lovullab yonmoqda.
Ammo bunday olov ham ularni tozalay olmadi,
Ular fosiqligicha qoldi.
30 Ularni «sifatsiz kumush» deb ataydilar,
Axir, Men ularni rad etdim.”