10–BOB
Dovud Ommon va Oram xalqlarini boʻysundiradi
1 Oradan bir qancha vaqt oʻtgach, Ommon shohi Naxosh olamdan oʻtib, oʻrniga oʻgʻli Xanun shoh boʻldi. 2 Dovud: “Naxosh menga sodiq edi, men ham uning oʻgʻli Xanunga sodiq boʻlayin”, deb koʻnglidan oʻtkazdi. Shunday qilib, Dovud Xanunga otasining vafoti munosabati bilan tasalli berish uchun oʻz elchilarini joʻnatdi.
Dovudning elchilari Ommon yurtiga borgach, 3 Ommon beklari oʻzlarining shohi Xanunga shunday deb oʻrgatishdi: “Dovud bu odamlarini otangiz hurmati uchun joʻnatgan, deb oʻylaysizmi? Yoʻq, Dovud elchilarini sizning huzuringizga yomon niyat bilan yuborgan, u shaharni kuzatib, tekshirib, keyin qoʻlga kiritmoqchi.”
4 Shu gapdan soʻng Xanun Dovudning elchilarini ushladi, ularning soqollarining yarmini qirqib, kiyimlarini sonlarigacha kestirib, orqaga qaytarib yubordi. 5 Dovud bu voqeani eshitdi–yu, elchilarini kutib olish uchun odamlar joʻnatdi. Elchilar juda sharmandali ahvolda qolgan edilar. Shoh oʻsha elchilariga: “Soqolingiz oʻsguncha Yerixoda qolinglar, keyin mening oldimga qaytib kelinglar”, deb ayttirib yubordi.
6 Ommon xalqi “Endi Dovudning gʻazabiga duchor boʻldik”, deb oʻyladi. Ular har tomonga xabar joʻnatib, Bayt–Rexob va Zoʻvo shaharlaridan Oram xalqining 20.000 sipohini, Maxo shahri shohidan 1000 nafar sipohni va Tov xalqidan 12.000 sipohni yolladilar. 7 Dovud bu xabarni eshitdi–yu, lashkarboshi Yoʻab boshchiligida qoʻriqchilarining hammasini urushga safarbar qildi. 8 Ommon lashkari shahar darvozasi oldida Dovudga qarshi saf tortdi. Rexob va Zoʻvodan kelgan Oram sipohlari, Tov va Maxodan kelgan sipohlar esa yalanglikda saf tortdilar.
9 Yoʻab gʻanim toʻdalari orqayu oldindan hujum qilayotganini koʻrdi. U Isroilning saralangan sipohlaridan tanlab oldi–da, Oram lashkariga qarshi saf torttirdi. 10 Qolganlariga esa ukasi Abushayni bosh qilib, Ommonlarga qarshi shay qilib qoʻydi. 11 Yoʻab Abushayga:
— Oram lashkari mendan ustun kelsa, sen yordamga kelasan, — dedi. — Bordi–yu, Ommonlar sendan baland kelsa, men yordamga boraman. 12 Bardam boʻl! Xalqimiz va Xudoyimizning shaharlari uchun mardlarcha kurash olib boraylik. Egamizning xohish–irodasi bajo boʻlsin.
13 Yoʻab boshchiligidagi sipohlar Oram lashkariga qarshi tashlandilar. Oram lashkari esa ularning oldiga tushib qochib qoldi. 14 Ularning qochganini koʻrgan Ommonlar ham Abushaydan qochib, shaharga berkindilar. Shundan keyin Yoʻab ular bilan jang qilmay, Quddusga qaytib ketdi.
15 Oram lashkari Isroil lashkaridan yengilganini anglab yetganidan soʻng, yana bir joyga toʻplanishdi. 16 Shoh Hadadzar Furot daryosining narigi tomonidagi oʻz lashkariga xabar berib, ularni chaqirtirdi. Oram lashkari Hadadzarning lashkarboshisi Shoʻvax boshchiligida Xelam shahriga keldi. 17 Dovud bu voqeani eshitib, jamiki Isroil lashkarini yigʻdi, Iordan daryosini kechib oʻtib, Xelamga yetib bordi. Oram lashkari saf tortib, Dovud lashkari bilan jang qildi. 18 Ammo Oram lashkari yana Isroil lashkarining oldiga tushib qochib qoldi. Dovud Oram lashkarining 700 ta jang aravasi aravakashini va 40.000 nafar otliq sipohini oʻldirdi. U Hadadzarning lashkarboshisi Shoʻvaxni ham yaralagan edi, Shoʻvax jang maydonidayoq jon berdi.
19 Shunday qilib, Hadadzarning qoʻli ostidagi hamma shohlar magʻlubiyatga uchrab, Isroil xalqi bilan sulh tuzishga majbur boʻldi. Ular Isroil xalqiga qaram boʻlib qoldi. Shundan keyin Oram xalqi Ommon xalqiga yordam berishdan qoʻrqib qoldi.