21–BOB
Kanʼon xalqi ustidan erishilgan gʻalaba
1 Nagav choʻlida istiqomat qilayotgan Arod shohi: “Isroil xalqi Otorim yoʻlidan kelayotgan ekan” degan xabarni eshitib, jangga otlandi. Kanʼon naslidan boʻlgan bu shoh Isroil xalqi bilan jang qilib, ulardan bir nechtasini asir oldi.
2 Bu voqeadan soʻng Isroil xalqi Egamizga qasam ichib, shunday dedi:
— Ey Egamiz! Agar Sen shu xalqni bizning qoʻlimizga bersang, ularning hamma shaharlarini butunlay vayron qilamiz.
3 Egamiz Isroil xalqining iltijosini eshitib, Kanʼon xalqini ularning qoʻliga berdi. Ular Kanʼonliklarni qirib tashlab, shaharlarini butunlay vayron qilishdi. Shuning uchun bu joyga Xoʻrmax deb nom berildi.
Bronzadan yasalgan ilon
4 Isroil xalqi Xoʻr togʻini tark etib, Edom yerlarini chetlab oʻtish uchun Qizil dengizga boradigan yoʻldan ketdi. Lekin xalq yoʻlda ketayotib, yana sabrsizlik qildi. 5 Ular mingʻirlab Xudodan va Musodan noliy boshladilar:
— Nimaga bizni Misrdan olib chiqdingizlar? Sahroda oʻlib ketishimiz uchunmi?! Bu yerda na non bor, na suv. Mana bu boʻlmagʻur manna meʼdamizga tegib ketdi–ku!
6 Shu voqeadan keyin Egamiz xalq orasiga zaharli ilonlarni joʻnatdi, ilonlar Isroil xalqining koʻpchiligini chaqib oʻldirdi. 7 Oxiri xalq Musoning oldiga kelib:
— Biz Egamizga ham, senga ham qarshi gapirib gunoh qildik, — dedi, — Egamizga iltijo qil, U bizning oramizdan ilonlarni daf qilsin.
Muso xalq uchun Egamizga iltijo qildi. 8 Shunda Egamiz Musoga dedi:
— Ilon yasab, uni xodaga mahkamlab qoʻy. Ilon chaqqan odam oʻshanga qarab tirik qoladi.
9 Muso bronzadan ilonni yasab , uni xodaga mahkamlab qoʻydi. Ilon chaqqan odam bronzadan yasalgan ilonga qaraganda, oʻlmasdan tirik qolardi.
Xoʻr togʻidan — Moʻab vodiysiga
10 Isroil xalqi safarini davom ettirib, Oboʻtda qarorgoh qurdi. 11 Soʻng ular Oboʻtdan ham ketib Ivay–Aborimga qoʻnishdi. Ivay–Aborim Moʻab yurtining sharqidagi sahroda joylashgan edi. 12 U yerdan ham ketib, Zarad soyligida toʻxtashdi. 13 Soʻng yana yoʻlga chiqib, Arnon soyligining shimoliy qirgʻogʻiga — Amor yurtining chegarasiga tutash boʻlgan sahroga joylashishdi. Arnon soyligi Amor va Moʻab yurtlarining oʻrtasida chegara edi. 14 Shu sababdan “Egamizning jangnomasi” kitobida Sufa yerlaridagi Vohib shahri va soyliklar tilga olinadi. Shuningdek, Arnon soyligi 15 va Moʻab chegarasidagi Or shahrigacha choʻzilgan daryoning irmoqlari eslanadi.
16 Isroil xalqi u yerdan chiqib, Ber degan joydagi quduqqa yoʻl oldi. Oʻsha quduq yonida Egamiz Musoga: “Xalqni yigʻ, Men ularga suv beraman”, dedi. 17 Oʻshanda Isroil xalqi shu qoʻshiqni kuyladi:
“Toʻlib–tosh, ey quduq,
Quduq haqida kuylang!
18 Yoʻlboshchilar qazigandi bu quduqni,
Asilzodalar kovlagandi bu quduqni
Saltanat hassalari ila,
Saltanat tamgʻalari ila.”
Soʻng ular sahrodan Mattono shahriga yoʻl oldilar. 19 Mattonodan esa Nahaliyolga, Nahaliyoldan Bomoʻtga, 20 Bomoʻtdan Moʻab yerlaridagi vodiyga borishdi. Fisgax togʻ tizmasi yonidagi bu vodiydan sahroning manzarasi ochilardi.
Shoh Sixoʻn va shoh Oʻg ustidan qozonilgan gʻalaba
21 Keyin Isroil xalqi Amor xalqining shohi Sixoʻnga shu gapni aytish uchun choparlar joʻnatdi:
22 “Bizga yurtingiz orqali oʻtib ketishga ijozat bersangiz. Biz ekinzorlaringizga, uzumzorlaringizga kirmaymiz, quduqlaringiz suvidan ichmaymiz. Sizning yurtingizdan oʻtib ketguncha, faqat Shoh yoʻlidan yuramiz.”
23 Lekin Sixoʻn Isroil xalqiga oʻz yurtidan oʻtib ketishga ijozat bermadi. U jamiki lashkarini yigʻib, sahrodagi Yaxaz shahri yonida Isroil xalqiga hujum qildi. 24 Jangda Isroil xalqi Sixoʻnni magʻlub etdi va Arnon soyligidan tortib, Yavoq daryosigacha boʻlgan hamma yerlarini egallab oldi. Lekin Ommon xalqining chegarasidan u yogʻiga oʻtmadi, chunki Ommon yurtining chegarasi mustahkam edi. 25 Isroil xalqi Amor xalqining hamma shaharlarini, xususan, Xashbon shahri va uning atrofidagi qishloqlarni bosib olib, oʻsha shaharlarda oʻrnashib oldi. 26 Xashbon shahri Amor shohligining poytaxti edi. Amor shohi Sixoʻn Moʻabning oldingi shohi bilan jang qilib, uning Arnon soyligigacha boʻlgan hamma yerlarini bosib olgan edi. 27 Shuning uchun dostonchilar aytishardi:
“Xashbonga kelinglar, qayta quringlar uni,
Mustahkam etinglar Sixoʻn shahrini.
28 Olov chiqib ketdi–ku Xashbon shahridan,
Alanga chiqdi shoh Sixoʻnning shahridan.
Yongʻin yakson qildi Moʻabdagi Or shahrini,
Yoʻq qildi Arnon qirlari shohlarini.
29 Holingga voy, ey Moʻab xalqi!
Tamom boʻldingiz, Xamoʻsh ixlosmandlari!
Xamoʻsh qochqin qildi oʻgʻillaringizni,
Amor xalqining shohi Sixoʻnga asir qildi
Sizning qiz–juvonlaringizni.
30 Qirib tashladik biz ularni,
Xashbondan Dibonga qadar yoʻq qildik hammasini.
Noʻfaxdan Midavoga qadar xonavayron qildik ularni.”
31 Shunday qilib, Isroil xalqi Amor xalqining yurtida oʻrnashib oldi.
32 Muso Yazir shahriga aygʻoqchilar joʻnatdi. Isroil xalqi Yazir va uning atrofidagi qishloqlarni bosib olib, u yerda istiqomat qilayotgan Amor xalqini haydab chiqardi. 33 Soʻng ular Bashan oʻlkasiga yoʻl olishdi. Bashan shohi Oʻg jamiki lashkarini boshlab, Edrey shahri yaqinida Isroil xalqi bilan jang qilgani chiqdi. 34 Shunda Egamiz Musoga dedi:
— Oʻgdan qoʻrqma. Men uning oʻzini, lashkarini va butun yurtini sening qoʻlingga berganman. Sen Oʻgning boshiga Xashbonda hukmronlik qilgan Amor xalqining shohi Sixoʻnning kunini solasan.
35 Isroil xalqi Oʻgni, uning oʻgʻillarini, butun xalqini bitta qoldirmay qirib tashladi. Soʻng ular Oʻgning yurtini qoʻlga kiritishdi.