18–BOB
Absalomning halokati
1 Dovud yonida yurgan odamlarini bir joyga toʻplab, ular ustidan mingboshilar, yuzboshilar tayinladi. 2 Soʻng odamlarini uch qismga boʻldi, birinchi qismga Yoʻab boshchilik qilardi, ikkinchisiga Yoʻabning akasi Abushay (Zeruyaning oʻgʻli), uchinchisiga Gatlik Etxay boshchilik qilishardi. Shoh odamlarini jangga joʻnatayotib ularga:
— Men ham sizlar bilan birga boraman, — degan edi, 3 ular:
— Biz bilan bormang, — deyishdi. — Bordi–yu, qochishimizga toʻgʻri kelib qolsa, gʻanimlarimiz biz bilan qiziqmaydi. Yarmimiz oʻlib ketganimizda ham eʼtibor berishmaydi. Siz bizning oʻn mingtamizga arziysiz. Siz bizga shahardan turib yordam bering, bizga shunisi yaxshi.
4 — Sizlarga qaysinisi maʼqul boʻlsa, shuni qilganim boʻlsin, — dedi shoh. Odamlar yuz, ming kishilik toʻdalarga boʻlinib shahardan chiqishayotganda, shoh darvoza yonida turgan edi. 5 Shoh Yoʻabga, Abushay va Etxayga:
— Absalom yosh, mening hurmatim uchun unga ziyon yetkazmanglar, — deb tayinladi. Shohning lashkarboshilarga Absalomga aloqador buyruq berganini hamma sipohlar eshitishdi.
6 Absalomga ergashgan Isroil lashkari bilan jang qilish uchun Dovudning odamlari maydonga chiqishdi. Jang Efrayim oʻrmonida boʻldi. 7 Dovudning odamlari Isroil lashkarini magʻlub qildi. Katta talafot boʻldi, oʻsha kuni yigirma ming kishi oʻldi. 8 Jang tobora yoyilib borardi. Oʻsha kuni oʻrmondagi falokatdan nobud boʻlgan odamlarning soni jangda oʻldirilganlarning sonidan koʻp edi.
9 Jang payti Absalom xachirini minib yolgʻiz oʻzi qochib ketayotgan edi, toʻsatdan Dovudning odamlariga duch kelib qoldi. Xachir katta eman daraxtining qalin shoxlari tagidan yelib ketayotganda, Absalomning boshi shoxlar orasiga kirib qoldi. Xachir yelib ketaverdi, Absalom esa daraxtga osilib qoldi. 10 Dovudning odamlaridan biri Absalomning osilib turganini koʻrib qoldi va borib Yoʻabga aytdi:
— Absalomni koʻrdim, u bir eman daraxtida osilib turibdi!
11 Yoʻab xabar olib kelgan odamga:
— Uni koʻrgan boʻlsang, nimaga yerga qulatib oʻldirmading? Senga oʻn kumush tanga va bir kamar hadya etgan boʻlardim, — dedi. 12 Oʻsha odam Yoʻabga shunday javob berdi:
— Hatto ming kumush tanga sanab berganingizda ham, shoh oʻgʻliga qoʻlimni tekkizmayman. Chunki shohning sizga, Abushay va Etxayga “Yosh Absalomning jonini saqlang” degan buyrugʻini biz ham eshitgan edik. 13 Bordi–yu, Absalomning joniga qasd qilganimda, siz oʻzingizni chetga tortmasmidingiz, axir?! Baribir, shohimiz hamma narsadan voqif boʻladi–ku!
14 Yoʻab:
— Sen bilan pachakilashib vaqtimni yoʻqotmay, — dedi–yu, qoʻliga uchta nayza olib oʻsha yerga bordi. Absalom eman daraxtida muallaq osilib turar, hali tirik edi. Yoʻab Absalomning yuragiga nayza sanchdi. 15 Soʻngra Yoʻabning oʻnta qurolbardori Absalomni oʻrab olib, tamomila oʻldirishdi.
16 Yoʻab jangni toʻxtatish uchun burgʻu chaldirdi, shunda Dovudning odamlari Isroil lashkarini quvlashdan toʻxtab, orqaga qaytishdi. 17 Absalomni esa daraxtdan koʻtarib olib, oʻrmondagi chuqur bir xandaqqa uloqtirishdi. Bir talay tosh uyib, xandaq ogʻzini berkitishdi. Shu paytda Isroil lashkarining hammasi uy–uylariga qochib ketishgan edi.
18 Absalom hayotligida “Nomimni davom ettiradigan bitta ham oʻgʻlim yoʻq ”, deb Shoh soyligida oʻziga atab bir yodgorlik toshi oʻrnatgan va yodgorlik toshiga oʻzining nomini bergan edi. Bu yodgorlik shu kungacha “Absalom yodgorligi” deyiladi.
Dovud oʻgʻliga aza tutadi
19 Zodoʻxning oʻgʻli Oximas Yoʻabga:
— Ijozat bersangiz, tez borib shohimizga: “Egam sizni gʻanimlaringiz qoʻlidan qutqardi”, deb xabar yetkazsam, — dedi.
20 — Yoʻq, — dedi Yoʻab, — bugun sen xabar olib bormaysan. Boshqa safar xabar yetkazarsan, lekin bugun emas. Chunki shohning oʻgʻli oʻldi.
21 Keyin Yoʻab Habashistonlik bir odamga :
— Sen borib, koʻrganlaringni shohga ayt, — deb buyurdi. Oʻsha odam Yoʻabga taʼzim qildi–yu, yugurib ketdi. 22 Ammo Oximas yana:
— Nima boʻlsa boʻlar, ijozat bering, men anavi Habashistonlikning orqasidan yugurib borayin, — deb iltimos qildi.
— Oʻgʻlim, nimaga yugurib borishni istab qolding? Senga manfaat keltiradigan xabar yoʻq–ku! — dedi Yoʻab.
23 — Nima boʻlsa boʻlar, hozir yugurib boray, — deb yana iltimos qildi Oximas.
— Mayli, yugur, — dedi Yoʻab. Oximas shu zahoti Iordan tekisligi boʻylab yugurib, Habashistonlikdan oʻzib ketdi.
24 Dovud bu vaqtda shahar darvozasi oldida oʻtirgan edi. Qorovul shahar darvozasi tepasiga chiqdi. Atrofga nazar tashlab, bittasining yugurib kelayotganini koʻrdi 25 va bu haqda shohga aytdi.
— Bittasi kelayotgan boʻlsa, demak, yaxshi xabar olib kelyapti, — dedi shoh.
Oʻsha odam tobora yaqinlashib kelardi. 26 Qorovul yana boshqasining yugurib kelayotganini koʻrib, darvozabonga:
— Ana, yana bittasi yugurib kelyapti, — deb xabar berdi.
— U ham yaxshi xabar olib kelayotir, — dedi shoh.
27 — Menimcha, oldindagi odam yugurishidan Zodoʻx oʻgʻli Oximasga oʻxshaydi, — dedi qorovul.
— Oximas — yaxshi odam, yaxshi xabar olib keladi, — deya javob berdi shoh.
28 Shu payt Oximas baland ovoz bilan shohga:
— Tinchlik–omonlik boʻlsin, shohim! — dedi.
Soʻng shohning oldida muk tushib taʼzim qilib:
— Shoh hazratlariga qoʻl koʻtarganlar ustidan gʻalaba ato qilgan Egangiz Xudoga hamdu sanolar boʻlsin! — dedi.
29 — Bolam Absalom sogʻ–salomatmi? — deb soʻradi shoh.
— Yoʻab men, qulingizni joʻnatgan paytda katta gʻalayon boʻlayotgan edi, keyin nima boʻlganini bilmayman, — dedi Oximas.
30 — Bu tomonga oʻt, shu yerda kutib tur, — dedi shoh. Oximas nariga oʻtib kuta boshladi. 31 Shu orada Habashistonlik yetib keldi.
— Shoh hazratlariga xushxabar! — dedi u. — Egam adolat qilib, sizga qarshi isyon koʻtarganlar ustidan gʻalaba ato qildi.
32 — Bolam Absalom sogʻ–salomatmi? — deb soʻradi shoh Habashistonlikdan.
— Shoh hazratlari! — dedi Habashistonlik. — Gʻanimlaringizning, yomon niyat bilan sizga qarshi otlanganlarning oxirati shu yigitning oxirati kabi boʻlsin.
33 Shoh esankirab qoldi. Darvoza tepasidagi boloxonaga chiqib, faryod qila boshladi. U boloxonaga chiqar ekan:
— Oh, oʻgʻlim Absalom! Oh, oʻgʻilginam, bolam Absalom! Sening oʻrningga men oʻlsam boʻlmasmidi, oʻgʻlim?! Voy, bolam Absalom! — deb faryod qilardi.