18–BOB
Mixiyo paygʻambar shoh Axabni ogohlantiradi
1 Yohushafat nihoyatda boy boʻlib, obroʻsi oshib ketdi. U oʻgʻliga Isroil shohi Axabning qizini olib berib, Axab bilan aloqasini mustahkamladi. 2 Oradan bir necha yil oʻtgach, Yohushafat Axabni koʻrgani Samariya shahriga bordi. Axab Yohushafat va uning hamrohlari sharafiga koʻplab mol–qoʻy soʻydi. U Yohushafatni Giladdagi Ramoʻt shahriga hujum qilishga koʻndirmoqchi boʻlib :
3 — Giladdagi Ramoʻt uchun jang qilmoqqa men bilan borasanmi? — deb soʻradi.
— Meni goʻyo oʻzing deb bil, xalqimni oʻzingning xalqing deb bil. Biz sen bilan birga urushga boramiz, — dedi unga Yahudo shohi Yohushafat. 4 Yohushafat Isroil shohiga yana aytdi:
— Avval Egamizning xohish–irodasini bil–chi, U nima der ekan.
5 Isroil shohi toʻrt yuz paygʻambarni toʻplab ulardan soʻradi:
— Giladdagi Ramoʻt uchun jang qilmoqqa boraymi yoki bormaymi?
— Boraversinlar, Xudo u shaharni shoh hazratlarining qoʻliga beradi.
6 — Bu yerda ulardan boshqa Egamizning birorta paygʻambari qolmadimi? Agar boʻlsa, undan ham soʻrab koʻraylik, — dedi Yohushafat.
7 — Yana bir kishi bor, — dedi Axab Yohushafatga, — Yimloning oʻgʻli Mixiyo. U orqali Egamizning xohish–irodasini bilsak boʻladi. Lekin men uni yomon koʻraman, chunki u men haqimda bashorat qilsa, xayrli gap aytmaydi, har doim xunuk gap aytadi.
— Ey shoh, bunday deb aytma, — dedi Yohushafat.
8 Isroil shohi mulozimini chaqirib:
— Tez borib, Yimloning oʻgʻli Mixiyoni olib kel, — deb buyurdi.
9 Isroil shohi Axab va Yahudo shohi Yohushafat shohlik liboslarini kiyib, har qaysisi oʻz taxtida Samariya darvozasi yonida oʻtirar, hamma paygʻambarlar esa ularning roʻparasida turib bashorat qilayotgan edi. 10 Xanano oʻgʻli Zidqiyo temir shoxlar yasab, dedi:
— Egamiz: “Oram lashkarini qirib bitirmaguningcha, ularni shu shoxlar bilan suzaverasan”, deb aytmoqda.
11 Boshqa paygʻambarlar ham shohga:
— Ramoʻtga boraversinlar, albatta gʻalaba qiladilar, Egamiz oʻsha shaharni shohimizning qoʻllariga beradi, — deb bashorat qildilar.
12 Mulozim Mixiyoni chaqirish uchun ketdi. U Mixiyoning oldiga borib, unga dedi:
— Qara, hozir hamma paygʻambarlar bir ogʻizdan shohga yaxshilikdan bashorat qilyaptilar. Sening bashorating ham ularnikiday boʻlsin. Sen ham yaxshilikdan karomat qil.
13 — Xudo haqi! Xudoyim menga nimani ayon qilsa, shuni aytaman, — dedi Mixiyo.
14 Mixiyo shoh huzuriga keldi.
— Ey Mixiyo, men Giladdagi Ramoʻt shahrini qaytarib olish uchun jang qilmoqchiman. Ramoʻtga hujum qilaymi yoki yoʻqmi? — deb soʻradi shoh undan.
— Hujum qilaversinlar, albatta gʻolib keladilar, — dedi Mixiyo. — Oʻsha shahar shoh hazratlarining qoʻliga beriladi.
15 — Faqat haqiqatni aytishing uchun Egamiz nomini oʻrtaga qoʻyib, senga necha marta ont ichdirayin? — deb shoh undan yana soʻradi.
16 Mixiyo unga shunday javob berdi:
— Isroil xalqini koʻrib turibman, ular togʻlar ustida yoyilib yurgan choʻponsiz qoʻylarga oʻxshaydi. Egamiz menga dedi: “Ularning xoʻjayini yoʻq, har biri oʻz uyiga tinch–omon qaytib ketsin.”
17 — U men haqimda bashorat qilganda xayrli gap aytmaydi, balki xunuk xabar aytadi, deb senga aytmaganmidim?! — deb xafaligini izhor qildi Axab Yohushafatga.
18 — Unday boʻlsa, Egamizning soʻzlarini eshitsinlar, — dedi Mixiyo Axabga. — Men Egamizni Oʻzining taxtida oʻtirgan holatda koʻrdim. Jamiki samoviy mavjudotlar Uning oʻng va chap tomonidan joy olgan edi. 19 Egamiz ulardan soʻradi: “Isroil shohi Axab Giladdagi Ramoʻt shahriga borib, oʻsha yerda halok boʻlsin deya, kim uni oʻziga ogʻdira oladi?” Biri unday dedi, boshqasi bunday dedi. 20 Bir payt ruhlardan bittasi Egamizning roʻparasida paydo boʻldi va: “Uni men koʻndiraman”, dedi. “Qanday qilib koʻndirasan?” soʻradi Egamiz. 21 “Men chiqib, hamma paygʻambarlarning ogʻzida yolgʻonchi ruhga aylanaman”, dedi u. “Sen uni koʻndir, bor, aytganingday qil, sen uddasidan chiqasan”, dedi Egamiz. 22 Mana koʻrdingizmi, Egamiz paygʻambarlaringizning ogʻziga yolgʻonchi ruh solib qoʻygan. U boshingizga falokat keltirishga qaror qilgan.
23 Shu payt Xanano oʻgʻli Zidqiyo Mixiyoning oldiga kelib, uning yuziga bir shapaloq urdi:
— Nahotki Egamizning Ruhi meni tark etib, sen bilan gaplashgani ketgan boʻlsa?! Ayt–chi, u qaysi yoʻldan ketdi? — soʻradi Zidqiyo.
24 — Qarab tur, sichqonning ini ming tanga boʻlib, yashiringani ichkari xonaga yugurganingda koʻrasan, — dedi Mixiyo Zidqiyoga.
25 — Mixiyoni ushlanglar! — buyurdi Isroil shohi. — Uni shahar hokimi Omonning va shahzoda Yoʻshning huzuriga olib boringlar. 26 Ularga mening amrimni yetkazinglar. Ular Mixiyoni zindonga tashlashsin. Men sogʻ–salomat qaytib kelgunimcha, oz–moz non–suv berib tursin, xolos.
27 — Ey xaloyiq! Hammangiz eshitib qoʻying! Agar shoh hazratlari sogʻ–salomat qaytib kelsalar, Egamiz men orqali gapirmagan boʻladi, — dedi Mixiyo.
Axab halok boʻladi
28 Isroil shohi Axab bilan Yahudo shohi Yohushafat Giladdagi Ramoʻt shahriga ketishdi.
29 — Men qiyofamni oʻzgartirib, jangga kiraman, sen esa shohlik liboslaringni kiyib ol, — dedi Axab Yohushafatga.
Axab qiyofasini oʻzgartirib, jangga kirdi. 30 Oram shohi jang aravalari qoʻmondoniga: “Kattasi bilan ham, kichigi bilan ham jang qilib oʻtirmanglar, asosiy hujumni Isroil shohining oʻziga qaratinglar”, deb amr bergan edi. 31 Jang aravalari qoʻmondonlari Yohushafatni koʻrgach: “Isroil shohi ana shu!” deb oʻylab unga hujum boshladilar. Yohushafat lashkarini jangga daʼvat qilib baqirganda, Egamiz unga yordam berib, hujumni qaytardi. 32 Aravalarning qoʻmondonlari bildilarki, u Isroil shohi emas ekan. Qoʻmondonlar orqaga qaytdilar.
33 Bir odam bexosdan yoyini tortib qoʻyib yuborgan edi, oʻq toʻppa–toʻgʻri Isroil shohiga kelib tegdi. Shohning ustidagi sovuti ulangan joydan oʻq kirib ketgan ekan. Shoh ogʻir jarohatlandi.
— Otni orqaga bur, men jarohatlandim, lashkar orasidan meni olib chiqib ket! — dedi shoh izvoshchisiga. 34 Oʻsha kuni gʻoyatda shiddatli jang boʻldi. Shoh Axab esa aravasi ustida suyanib, Oram lashkarini kuzatib turdi. Kechga tomon borib shoh qazo qildi.