7–BOB
Nikoh masalasi
1 Endi sizlar menga yozganlaringizga kelaylik. Orangizda baʼzilar: “Er xotini bilan qovushmasin”, deb aytayotgan ekan. 2 Lekin jinsiy axloqsizlikka yoʻl qoʻymaslik uchun har bir kishi oʻz xotini bilan, har bir ayol esa oʻz eri bilan qovushishi kerak. 3 Er oʻz xotiniga nisbatan va xotin oʻz eriga nisbatan er–xotinlik vazifasini bajarsin. 4 Xotinning badani ustidan xotin emas, balki eri hokimlik qiladi. Xuddi shu singari, erning badani ustidan er emas, balki xotini hokimlik qiladi. 5 Bir–biringizdan bosh tortmanglar. Faqatgina oʻzaro kelishgan holda, oʻzingizni ibodatga bagʻishlash uchungina jinsiy aloqadan oʻzingizni tutib turing. Bundan soʻng yana qovushinglar, toki oʻzingizni tiya olmasligingizdan foydalanib, shayton sizlarni vasvasaga solmasin. 6 Men buni buyruq tariqasida emas, nasihat tariqasida aytyapman. 7 Qaniydi, hamma menga oʻxshab soʻqqabosh boʻlsa! Ammo har bir odamda Xudodan berilgan inʼom bor, biriniki bu boʻlsa, boshqasiniki udir.
8 Beva ayollar va xotini oʻlgan erkaklarga shunday deyman: men kabi boʻlsalar, oʻzlari uchun yaxshidir. 9 Ammo ular oʻzlarini tiya olmasalar, uylansinlar, erga tegsinlar. Chunki shahvoniy ishq bilan yonishdan koʻra, uylanish, erga tegish yaxshiroqdir.
10 Quyidagi amr esa uylangan va erga tekkanlarga berilgan. U mendan emas, Rabbimiz Isodandir: xotin eri bilan ajrashmasin . 11 Ajrashgan boʻlsa, boshqa erga tegmasin yoki oʻz eri bilan yarashsin. Er ham oʻz xotini bilan ajrashmasin.
12 Eri yoki xotini imonli boʻlmaganlarga esa shunday deb aytaman. Bular Rabbimizning emas, mening soʻzlarimdir: birorta imonli erkakning xotini imonsiz boʻlsa–yu, ammo eri bilan yashashga rozi boʻlsa, er xotini bilan ajrashmasin. 13 Shuningdek, imonli ayolning eri imonsiz boʻlsa va u xotini bilan yashashga rozi boʻlsa, oʻsha ayol eridan ajrashmasin. 14 Axir, imonsiz er imonli xotini tufayli poklanadi . Shuningdek, imonsiz ayol imonli eri tufayli poklanadi. Natijada ularning farzandlari harom emas, pok boʻladi. 15-16 Xudo bizni tinchlikka chorlagan. Qayerdan bilasan ey xotin, balki sen orqali ering najot topar?! Ey er, qayerdan bilasan, balki sen orqali xotining najot topar?! Ammo imonsiz inson oʻzining imonli turmush oʻrtogʻidan ajrashmoqchi boʻlsa, ajrashaversin. Shundan keyin oʻsha ajrashgan imonli odamning boshi bogʻliq emas.
Xudoning daʼvatiga qarab yashanglar
17 Har bir insonni Xudo qanday daʼvat qilgan boʻlsa, Rabbimiz Iso uni qanday sharoitga solgan boʻlsa, u shunday yashashda davom etaversin. Barcha jamoatlarda mana shunday taʼlim berib kelyapman. 18 Birov sunnatli boʻlganda daʼvat etildimi, jarrohlik yordamida qayta sunnat qilinmaganday sunnatini oʻzgartirmasin. Boshqa birov sunnatsiz boʻlganda daʼvat etildimi, sunnat qilinmasin. 19 Axir, sunnat qilingan yoki qilinmaganlikning hech ahamiyati yoʻq. Eng muhimi, Xudoning amrlariga amal qilishdir. 20 Har kim qanday holatda daʼvat etilgan boʻlsa, oʻsha holatini oʻzgartirishga urinmasin. 21 Agar qul boʻlganingda daʼvat etilgan boʻlsang, tashvishlanma. Ammo ozod boʻlishga imkon bor boʻlsa, fursatni gʻanimat bil.
22 Sizlar Rabbimiz Isoga tegishli boʻlishga daʼvat etilgansiz. Kim qul boʻlgan paytida daʼvat etilgan boʻlsa, endi Rabbimizning nazarida u ozod insondir. Shuningdek, kim ozod boʻlgan paytida daʼvat etilgan boʻlsa, endi u Masihning qulidir. 23 Sizlar qimmat bahoga sotib olindingiz, shuning uchun oʻzingizni insoniy gʻoyalarga qul qilmanglar. 24 Birodarlar, Xudo kimni qanday vaziyatda daʼvat qilgan boʻlsa, oʻsha vaziyatda qolib yashayversin.
25 Hali oila qurmagan erkagu ayollar masalasiga kelsak, Rabbimiz Iso bu haqda amr bermagan. Ammo men Egamizning mehr–shafqati bilan ishonchli boʻlgan kishi sifatida maslahat bera olaman. 26 Hozirgi tang vaziyat sababli kishi qay holda boʻlsa, shunday qolgani yaxshidir. 27 Uylanganmisan? Xotining bilan ajrashma. Boʻydoqmisan? Xotin olmagin. 28 Bordi–yu, uylansang, bu gunoh emas. Shuningdek, qiz erga tegsa ham, gunoh boʻlmaydi. Ammo uylanganlarning tashvish va iztiroblari koʻp boʻladi, men sizlarni shulardan asramoqchiman.
29 Ey birodarlar, sizlarga yana shuni aytmoqchimanki, vaqt endi qisqa. Vaqti kelib, uylanganlaru uylanmaganlarning farqi boʻlmaydi. 30 Yigʻlayotganlaru sevinayotganlar, buyum xarid qilganlar oʻzlarining qaygʻu–alamlari, xursandchiligi va mol–dunyosi bilan ovora boʻlib qolmasin. 31 Bu dunyoning ishlari bilan ovora boʻlganlar endi buni bas qilsinlar. Axir, bu dunyo oʻtkinchi–ku!
32 Men sizlarning tashvishsiz boʻlishingizni istayman. Boʻydoqning asosiy tashvishi Rabbimiz Isoni mamnun qilish, Uning ishlari bilan mashgʻul boʻlishdir. 33 Uylangan kishi esa xotinini mamnun qilish niyatida dunyoviy ishlar haqida qaygʻuradi. 34 Uning fikri ikkiga boʻlingan. Hozir ersiz boʻlgan ayollar va erga tegmagan qizlarning ham tashvishi Rabbimizning ishlari bilan mashgʻul boʻlishdir, ularning maqsadi ham jismonan, ham ruhan Rabbimizga bagʻishlanishdir. Erga tekkan ayol esa erini mamnun qilish niyatida dunyoviy ishlar haqida qaygʻuradi.
35 Men sizlarni chegaralash niyatida emas, balki sizlarning manfaatingizni koʻzlab bularni aytyapman. Toki sizlar fikringizni chalgʻitmasdan, sidqidildan Rabbimiz Isoga berilib, odobli hayot kechiringlar. 36 Agar unashtirilgan kishi oʻz qayligʻiga uylanmay, unga nisbatan notoʻgʻri muomala qilyapman, deb oʻylasa hamda unga uylanishni qattiq xohlasa, oʻzining bergan soʻzida turib, uylansin. Bu gunoh emas . 37 Ammo u uylanishni ehtiyoj deb bilmay, oʻz qayligʻiga uylanmaslikka qattiq qaror qilib, bu borada irodasini koʻrsata olsa, bu ham yaxshi. 38 Shunday qilib, oʻz qayligʻiga uylangan kishi yaxshi ish qilgan boʻladi, uylanmagan esa undan ham yaxshiroq ish qilgan boʻladi.
39 Xotin kishining eri tirik ekan, uning boshi bogʻliqdir. Agar eri oʻlsa, u istagan kishiga turmushga chiqishi mumkin, faqat u erkak Rabbimiz Isoga tegishli boʻlishi kerak. 40 Ammo menimcha, oʻsha ayol tulligicha qolsa, u yana ham baxtli boʻladi. Ishonamanki, menda ham Xudoning Ruhi bor.