26–BOB
Yahudo shohi Uzziyo
1 Shundan keyin Yahudo xalqi oʻn olti yoshli Uzziyoni otasi Emoziyoning oʻrniga shoh qildi. 2 Emoziyoning vafotidan soʻng, Uzziyo ilgarilari Yahudoga qarashli boʻlgan Elet shahrini qoʻlga kiritib, qaytadan qurdi.
3 Uzziyo shoh boʻlganda, oʻn olti yoshda edi. U Quddusda ellik ikki yil hukmronlik qildi. Onasi Qudduslik boʻlib, ismi Yoxoliyo edi. 4 Uzziyo ham, otasi Emoziyo kabi, Egamiz oldida toʻgʻri ishlar qildi. 5 Zakariyo hayotligi davrida Uzziyo Xudoga intilardi, Zakariyo unga Xudoning yoʻlidan yurishni oʻrgatardi . Uzziyo Egamizga intilgan paytda, Xudo unga huzur–halovat bagʻishladi.
6 Uzziyo Filistlarga qarshi urush boshlab, Gat, Yobnax va Ashdod shaharlarining devorlarini buzib tashladi. U Ashdod hududida va Filistlarga qarashli boshqa joylarda shaharlar qurdi. 7 U Filistlarga, Gur–Baalda yashaydigan Arablarga va Mavunlarga qarshi urush qilganda, Xudo unga madad berdi. 8 Mavun xalqi Uzziyoga oʻlpon toʻlaydigan boʻldi. U nihoyatda kuchayib ketganidan, shuhrati Misr chegarasigacha yoyildi. 9 Bundan tashqari, Uzziyo Quddusdagi Burchak darvozasi, Soylik darvozasi va devorning qayrilgan joylarida minoralar qurib, bu minoralarni mustahkamladi. 10 U sahroda mudofaa qoʻrgʻonlarini qurdirdi. Yahudo qir etaklarida va tekisliklarda boqilgan podalari koʻp boʻlgani uchun, koʻplab sardobalar qazdirdi. Dehqonchilikka ixlos qoʻygani uchun adirlaru unumdor yerlarda ekinlar ektirib, uzumzorlar barpo qildi. U yerda ishlaydigan dehqonu bogʻbonlari bor edi.
11 Uzziyoning mohir jangchilardan tashkil topgan lashkari bor edi. Bu jangchilarni kotib Yaviyol va uning yordamchisi Masiyo safarbar qilib, ularni boʻlinmalarga boʻlgan edi. Kotib Yaviyol bilan Masiyo Xanoniyoning qoʻli ostida ish olib borar edilar. Xanoniyo shohning aʼyoni edi. 12 Bu saralangan jangchilarga 2600 urugʻboshi qoʻmondonlik qilardi. 13 Ularning qoʻli ostida jami 307.500 bahodir jangchi boʻlib, bu katta lashkar shohni dushmanlaridan himoya qilar edi. 14 Uzziyo butun lashkarni qalqonlar, nayzalar, dubulgʻalar, sovutlar, kamonlar va sopqon toshlari bilan taʼminlagan edi. 15 U Quddusdagi minoralar ustiga va shahar devori burchaklariga olimlari kashf etgan oʻq otadigan qurollar va katta toshlarni uloqtiradigan qurollarni oʻrnatdi. Xudo unga yordam bergani uchun u nihoyatda qudratli boʻlib, shuhrati har yoqqa taraldi.
Shoh Uzziyo takabburligi uchun jazolanadi
16 Uzziyo kuchayib ketgandan keyin, halokatga olib boradigan kiborlikka berildi. U Egamizning Maʼbadiga kirib, tutatqi qurbongohida tutatqi tutatdi, shu yoʻsin oʻzining Egasi Xudoga itoatsizlik qildi. 17 Ruhoniy Ozariyo Egamizning saksonta jasur ruhoniysi bilan birga Uzziyoning ketidan bordi. 18 Ular shoh Uzziyoga tanbeh berib deyishdi:
— Ey shohimiz! Egamizga tutatqi tutatish sizning ishingiz emas. Bu Horun naslidan boʻlgan ruhoniylarning ishidir . Tutatqi tutatishga ular bagʻishlanganlar. Qani boʻling, bu muqaddas joydan chiqib keting! Siz oʻzboshimchalik qildingiz. Bu qilmishingiz uchun Parvardigor Egamiz sizni yuksaltirarmidi?!
19 Uzziyo oʻsha paytda qoʻlidagi olovkuragi bilan tutatqi tutatishga tayyor boʻlib turgan edi. U ruhoniylarning tanbehidan qattiq gʻazablangan edi, shu zahotiyoq peshanasiga yara toshdi . Bu hodisa Egamizning uyidagi tutatqi qurbongohi oldida, ruhoniylarning koʻz oʻngida sodir boʻldi. 20 Oliy ruhoniy Ozariyo bilan boshqa ruhoniylar shoh peshanasidagi qoʻrqinchli yaralarni koʻrishgach, shohni tashqariga olib chiqishga shoshildilar. Shohning oʻzi ham tashqariga otlandi, chunki Egamiz uni jazolagan edi. 21 Uzziyo umrining oxirigacha teri kasalligidan tuzalmadi. U alohida bir uyda yolgʻiz yashadi. Egamizning uyiga kirish unga man etilgan edi. Yurtdagi xalqni ham, shoh saroyini ham oʻgʻli Yoʻtom boshqarardi.
22 Uzziyoning boshqa ishlarini boshdan oxirgacha Omiz oʻgʻli Ishayo paygʻambar yozib qoldirgan. 23 Uzziyo olamdan oʻtib, shohlar qabristonining bir chetiga dafn qilindi. Biroq teri kasalligiga chalingani uchun uni shohlar xilxonasiga qoʻymadilar. Uning oʻrniga oʻgʻli Yoʻtom shoh boʻldi.