16–BOB
Farziylar va sadduqiylar Isodan alomat soʻrashadi
1 Farziy va sadduqiy mazhabidagilar Isoning oldiga kelib, Uni sinab koʻrish maqsadida:
— Bizga bir moʻjizali alomat koʻrsating. Shunda Sizni Xudo yuborganini tan olamiz, — dedilar. 2 Iso ularga shunday javob berdi:
— Quyosh botganda, sizlar, osmon qizgʻish, havo yaxshi boʻladi, deysizlar. 3 Ertalab esa, osmon qizil, havoning avzoyi buzuq, bugun boʻron boʻladi, deysizlar. Sizlar osmonning avzoyiga qarab, ob–havoni aniqlay olasizlar–ku! Nega zamon alomatlarini talqin qila olmaysizlar?! 4 Bu qabih va bevafo nasl alomat soʻrayapti, ammo ularga Yunusning alomatidan boshqa alomat berilmaydi.
Iso ularni qoldirib ketdi.
Farziylar va sadduqiylarning xamirturushi
5 Narigi qirgʻoqqa yetib kelgan shogirdlar oʻzlari bilan non olishni unutgan edilar. 6 Iso ularga dedi:
— Farziylar bilan sadduqiylarning xamirturushidan ehtiyot boʻlinglar!
7 Shogirdlar oʻzlaricha: “Biz non olib kelmaganimiz uchun U shunday deyapti”, deb muhokama qila boshladilar. 8 Shogirdlar nimani muhokama qilayotganlarini Iso bilib, ularga dedi:
— Ey imoni sustlar! Nega sizlar, nonimiz yoʻq, deb aytyapsizlar? 9 Hali ham tushunmadingizlarmi? Besh mingta odamga beshta nonni boʻlib berganim esingizdami? Oʻshanda qolgan–qutgan nonlarga nechta savatni toʻldirib olgan edingizlar? 10 Yoki yettita nonni toʻrt ming kishiga boʻlib berganim–chi? Oʻshanda, non burdalari bilan nechta savatni toʻldirib olgan edingizlar? 11 Men sizlarga non haqida gapirmaganimni hali ham anglamadingizlarmi? Men sizlarga: “Farziylar bilan sadduqiylarning xamirturushidan ehtiyot boʻlinglar!” deb aytyapman.
12 Shundan keyin shogirdlar tushundilarki, Iso ularni nonga ishlatiladigan xamirturushdan saqlanish toʻgʻrisida emas, balki farziylar bilan sadduqiylarning taʼlimotidan ehtiyot boʻlish toʻgʻrisida ogohlantirayotgan ekan.
Butrus Masihni tan oladi
13 Iso Filip Qaysariyasi atrofidagi hududga keldi. Oʻsha yerda U shogirdlaridan soʻradi:
— Odamlar Inson Oʻgʻlini kim deb biladi?
14 Shogirdlar Unga shunday javob berdilar:
— Baʼzilar Yahyo choʻmdiruvchi, baʼzilar Ilyos, baʼzilar Yeremiyo , boshqalar esa, qadimgi paygʻambarlardan biri, deb aytib yuribdilar.
15 Iso ulardan soʻradi:
— Sizlar–chi, Meni kim deb bilasiz?
16 Shimoʻn Butrus javob berib dedi:
— Siz Masihsiz , Barhayot Xudoning Oʻgʻlisiz!
17 Shimoʻn Butrusga Iso dedi:
— Sen baxtlisan, ey Yuhanno oʻgʻli Shimoʻn! Axir, bu sirni senga inson emas, balki osmondagi Otam ochib bergan. 18 Shimoʻn, senga shuni aytay: Butrus isming “qoya” degani–ku! Mana shu qoya ustiga Men Oʻzimning jamoatimni quraman. Hatto oʻlim shohligi ham jamoatimga bas kela olmaydi. 19 Osmon Shohligi kalitlarini Men senga beraman. Yer yuzida sen nimani taqiqlasang, samoda ham taqiqlanadi. Yer yuzida sen nimaga ijozat bersang, samoda ham ijozat beriladi.
20 Bundan soʻng Iso: “Masih ekanimni hech kimga aytmanglar”, deb shogirdlariga qatʼiy buyurdi.
Iso Oʻz oʻlimi haqida gapiradi
21 Shu vaqtdan boshlab, Iso shogirdlariga quyidagilarni ochiqchasiga tushuntira boshladi: “Men Quddusga borib, yoʻlboshchilar, bosh ruhoniylar va Tavrot tafsirchilari qoʻlida koʻp azob chekaman. Meni oʻldirishadi, lekin uchinchi kuni Men tirilaman.” 22 Shunda Butrus Isoni chetga tortib dedi:
— Bunday deb aytmang, Hazratim! Xudo saqlasin! Boshingizga aslo bunday kunlar kelmasin!
23 Iso esa Butrusga qarab:
— Yoʻqol koʻzimdan, shayton! — dedi. — Meni yoʻldan urma! Sen Xudoning ishlarini emas, inson ishlarini oʻylayapsan.
24 Keyin Iso Oʻz shogirdlariga dedi:
— Kimda–kim Menga ergashishni istasa, oʻzidan kechsin va xochini koʻtarib , orqamdan yursin. 25 Kim oʻz jonini asrab qolmoqchi boʻlsa, uni yoʻqotadi. Kim Men uchun jonini bersa, uni asrab qoladi. 26 Agar inson butun dunyoni egallab olsa–yu, oʻz jonidan mahrum boʻlsa, bundan unga nima foyda?! Inson oʻz joni evaziga qanday toʻlov bera oladi?! 27 Inson Oʻgʻli samoviy Otasining ulugʻvorligida, farishtalari bilan kelganda, har kimni oʻz ishiga yarasha taqdirlaydi. 28 Sizlarga chinini aytayin: bu yerda turganlardan baʼzilari, Inson Oʻgʻlining Shoh boʻlib kelganini koʻrmaguncha, oʻlmaydilar.