11–BOB
Xudoning isyonkor xalqiga boʻlgan muhabbati
1 Egamiz shunday deydi:
“Men Isroilni bolaligida yaxshi koʻrar edim,
Oʻz oʻgʻlonimni Misrdan chaqirib olgan edim .
2 Uni qancha koʻp chaqirsam,
Mendan shuncha koʻp uzoqlashardi.
Baalga qurbonliklar keltirardi,
Butlarga tutatqilar nazr qilardi.
3 Efrayimga yurishni Men oʻrgatgan edim,
Uni qoʻllarimda koʻtarib yurgan edim.
Ammo qilgan gʻamxoʻrligimni u bilmadi.
4 Men esa uni mehr ila yetaklagandim,
Muhabbat rishtalari ila olib yurgan edim.
Boʻynidan boʻyinturuqni olib tashlagandim,
Muloyimlik bilan uni boqqandim.
5 Xalqim tavba qilishdan bosh tortdi.
Shuning uchun Men ularni
Endi Misrga joʻnatib jazolayman ,
Ha, zolim Ossuriyaga tobe qilaman.
6 Shaharlarida qilich hukm suradi,
Darvozalarining tambalarini yoʻq qiladi.
Yovuz rejalari tufayli xalqim qilichdan halok boʻladi.
7 Qachon qaramang, ular Mendan yuzini oʻgirishadi.
Paygʻambarlarim xalqni Menga qaytishga daʼvat qilsa–da,
Xalq Mendan — Xudoyi Taolodan madad tilamaydi .
8 Ey Efrayim, qanday qilib sendan voz kechay?!
Ey Isroil, qanday qilib seni tashlab ketay?!
Admani yoʻq qilganimday, seni yoʻq qila olarmikanman?!
Zavoʻyimga qilganimni senga qila olarmikanman?!
Bunday qilishga yuragim betlamas aslo!
Senga boʻlgan mehrim uygʻondi.
9 Yoʻq, sochmayman senga qahr–gʻazabimni,
Ey Efrayim, qayta barbod qilmayman seni,
Zero, Men Xudoman, inson emas,
Orangizdagi Muqaddas Xudoman,
Oldingizga jahl bilan bormayman.
10 Men, Egangiz, sherday oʻkiraman,
Oʻshanda xalqim ortimdan ergashadi,
Ovozimni eshitgach, farzandlarim gʻarbdan shoshib kelishadi.
11 Ular qushlarday uchib keladi Misrdan,
Kaptarlarday yetib keladi Ossuriya yurtidan .
Men ularni uylariga eltib qoʻyaman.
— Egamizning kalomi shudir. —
Isroil va Yahudoni Xudo ayblaydi
12 Efrayim atrofimni yolgʻon bilan oʻrab tashladi,
Isroil xonadoni Meni hiylaga koʻmib tashladi.
Yahudo xalqi Menga qarshi bosh koʻtardi,
Men, Muqaddas Xudoga ular itoat qilmayapti .”