3–BOB
Xomon yahudiylarga qarshi chiqadi
1 Bu hodisalardan keyin shoh Axashverash Oʻgax naslidan boʻlgan Xamadoto oʻgʻli Xomonni koʻklarga koʻtarib, yuksak martabaga tayinladi. Boshqa hamma aʼyonlar ustidan Xomonni nozir etib tayinladi. 2 Shohning saroydagi boshqa aʼyonlari Xomonga tiz choʻkib taʼzim qilardilar. Chunki shohning amri shunday edi. Mardoxay esa na egilardi, na taʼzim qilardi. 3 Shohning saroydagi aʼyonlari Mardoxayga: “Nimaga sen shohning amriga itoat etmayapsan–a?!” deb aytardilar.
4 Ular Mardoxayga bu gapni har kuni aytsalar ham, Mardoxay ularning gapiga quloq solmasdi. Aʼyonlar, Mardoxayning bu qiligʻiga Xomon toqat qila olarmikan, deb uni bu ahvoldan xabardor qildilar. Chunki Mardoxay ularga: “Men yahudiyman”, deb aytgan edi.
5 Xomon Mardoxayning tiz choʻkib taʼzim qilmayotganini koʻrganda, gʻazabdan tutaqardi. 6 Xomon birgina Mardoxayni oʻldirishni arzimas ish deb oʻyladi. Mardoxayning qaysi xalqdan ekanini bilgani uchun Xomon Axashverashning butun shohligi hududidagi Mardoxayning xalqini — jamiki yahudiy xalqini qirib tashlashga qasd qilib qoʻydi.
7 Axashverash hukmronligining oʻn ikkinchi yili birinchi oyi — Nison oyida bu fitna amalga oshiriladigan kun va oy uchun Xomon oldida pur — qurʼa tashlandi. Qurʼa oʻn ikkinchi oyning — Adar oyining oʻn uchinchi kuniga tushdi.
8 Shundan keyin Xomon shoh Axashverashga aytdi:
— Shohligingiz viloyatlaridagi boshqa xalqlarning orasiga sochilib–tarqalib ketgan bir xalq bor. Ularning qonunlari hamma xalqlar qonunidan farq qiladi. Shohimiz qonunlariga ular boʻysunmaydilar. Ularga sabr–toqat qilish shohimizning manfaatlariga ziddir. 9 Agar shohimiz maʼqul koʻrsalar, bu xalqni qirib tashlash uchun farmon bersinlar. Men oʻn ming talant kumushimni aʼyonlar qoʻliga olib borib beraman. Ular bu kumushni shohimiz xazinasiga topshiradilar.
10 Shundan keyin shoh barmogʻidagi muhr uzugini yechib, farmonini tasdiqlash uchun yahudiylar dushmani Oʻgax naslidan Xamadoto oʻgʻli Xomonga berdi.
11 — Bu pullar oʻzingda qolsin, xalqni ham senga berdim, — dedi shoh Xomonga. — Anavi xalqqa nimani maʼqul koʻrsang, shuni qil.
12 Birinchi oyning oʻn uchinchi kuni shohning mirzalari chaqirildi. Xomonning hamma buyruqlari har bir viloyat xalqining oʻz yozuvida va oʻz tilida shohning noiblariga, har bir viloyat hokimiga va har bir xalqning begiga yozildi. Maktublar shoh Axashverash nomidan yozilib, shohning muhr uzugi bilan tasdiqlandi .
13 Maktublar choparlar orqali shohning qoʻli ostidagi hamma viloyatlarga joʻnatildi. “Yahudiylarning hammasi — yoshu qarisi, bolalaru ayollari bir kunda — oʻn ikkinchi oyning, yaʼni Adar oyining oʻn uchinchi kuni yoʻq qilinsin, oʻldirilsin, qirib tashlansin, mol–mulki talon–taroj qilinsin, 14 hamma oʻsha kunga tayyor boʻlsin”, deb farmon eʼlon qilindi. Shuning uchun har bir viloyatga ular uchun qonun sifatida farmondan koʻchirma berildi.
15 Choparlar shohning aytganiga muvofiq tezlik bilan yoʻlga chiqdilar. Farmon Shushan qalʼasida ham eʼlon qilingach, shahar besaranjom boʻlib qoldi. Shoh bilan Xomon esa oʻtirishib kayfu safo qilishardi.