13–BOB
Ahd sandigʻi Xirat–Yoʻrimdan keltiriladi
1 Dovud har bir lashkarboshisi — mingboshi va yuzboshilari bilan maslahatlashdi. 2-3 Soʻng butun Isroil jamoasiga dedi: “Shoh Shoul davrida biz Xudoyimizning Ahd sandigʻiga eʼtiborsiz boʻlib keldik . Kelinglar, Ahd sandigʻini qaytarib olib kelaylik. Butun Isroil boʻylab xabar joʻnatib yurtdagi jamiki qarindosh–urugʻlarimizni shu yerga yigʻaylik, oʻz shaharlarida yashaydigan ruhoniylaru levilar ham oldimizga yigʻilib kelishsin. Agar siz bunga rozi boʻlsangiz va bu Egamiz Xudoning irodasi boʻlsa, shuni qilaylik.” 4 Butun jamoaga bu taklif maʼqul tushib, hamma taklifga rozi boʻldi.
5 Shunday qilib, Dovud Xudoning Sandigʻini Xirat–Yoʻrimdan Quddusga olib kelish uchun butun yurtdagi — Misrdagi Shixor daryosidan tortib, to shimoldagi Levo–Xomat shahriga qadar boʻlgan joylardagi jamiki Isroil xalqini toʻpladi. 6 Ular birgalikda Xudoning Ahd sandigʻini olib kelish uchun Yahudodagi Baalax, yaʼni Xirat–Yoʻrim shahriga yoʻl olishdi. Ahd sandigʻi ikki karub orasida taxt qurgan Egamizning nomi bilan atalgan edi. 7 Xudoning Sandigʻi Abunadavning uyida edi. Sandiq yangi arava ustiga ortilgach, Uzzox bilan Oxyo aravani haydab ketishdi. 8 Dovud va jamiki Isroil xalqi Xudoning huzurida berilib oʻyin–kulgi qilayotgan edilar. Ular lira, arfa, childirma, zil va karnaylar chalib, qoʻshiqlar bilan bu voqeani bayram qilayotgan edilar.
9 Ular Noxun degan odamning xirmoniga yetganlarida, hoʻkizlar qoqilib ketdi. Uzzox Sandiqni ushlab qolmoqchi boʻlib qoʻlini uzatdi. 10 Lekin Uzzox Ahd sandigʻiga qoʻl uzatgani uchun , Egamiz undan gʻazablandi. Uzzoxni urib, jonini oldi. Uzzox oʻsha yerda — Xudoning oldida jon berdi. 11 Egamiz Uzzoxni nobud qilgani uchun Dovud qattiq gʻazablandi. Oʻsha kundan buyon shu joy “Paraz–Uzzox” deb aytiladi.
12 Dovud oʻsha kuni Xudodan qoʻrqib: “Qanday qilib Xudoning Sandigʻini oʻzim bilan olib kela olar ekanman?” deb oʻyladi. 13 U Sandiqni oʻzi bilan Dovud qalʼasiga olib bormay, uni Gatlik Obidadomning uyiga tashlab ketdi. 14 Xudoning Sandigʻi u yerda uch oy turdi. Obidadomning xonadoniga va jamiki mol–mulkiga Egamiz baraka berdi.