3–BOB
Jamoat yetakchisining xislatlari
1 “Imonlilar jamoatining yetakchisi boʻlishga intilgan inson olijanob ishni orzu qilgan boʻladi” degan gap toʻgʻri va asoslidir. 2 Darhaqiqat, bunday olijanob vazifaga tayinlanadigan inson yaxshi nom chiqargan boʻlishi shart. U oʻz xotiniga vafodor , mulohazali, vazmin, odobli, mehmondoʻst, taʼlim berishga qobiliyatli boʻlsin. 3 U mayxoʻr, jahldor, janjalkash emas, balki muloyim, pulparastlikdan yiroq, 4 xonadonini yaxshi boshqaradigan, farzandlari unga boʻysunib hurmat qiladigan boʻlsin. 5 Agar yetakchi oʻz xonadonini boshqara olmasa, Xudoning jamoatiga qanday gʻamxoʻrlik qila oladi?! 6 Endigina imonga kirgan odam yetakchi boʻlmasin, tagʻin kerilib, iblisning halokatli changaliga tushib qolmasin . 7 U jamoatga qarashli boʻlmagan odamlar orasida ham hurmat–eʼtiborga ega boʻlsin. Shunda u malomatga qolmaydi, shaytonning tuzogʻiga tushmaydi.
Jamoat xizmatchisining xislatlari
8 Imonlilar jamoatining xizmatchilari ham hurmatga sazovor, samimiy insonlar boʻlishlari lozim. Ular mayxoʻr yoki molparast boʻlmasinlar. 9 Xudo bizga ayon etgan haqiqat boʻyicha yashab, barcha ishni vijdonan bajarsinlar. 10 Ular avval sinovdan oʻtishi kerak. Agar kamchiliksiz boʻlsalar, xizmatga tayinlansinlar. 11-12 Har bir xizmatchi oʻz xotiniga vafodor , farzandlarini va xonadonini yaxshi boshqaradigan odam boʻlishi shart. Xizmatchi ayollar ham hurmatga sazovor boʻlishlari lozim. Ular gʻiybat qilmaydigan, mayxoʻrlikka berilmagan, har narsada ishonchli boʻlsinlar. 13 Jamoatdagi oʻz xizmatini yaxshi bajarganlar el orasida taniladilar. Ular Iso Masihga boʻlgan imonda yuksak jasoratga ega boʻladilar.
Xudo ayon etgan haqiqat
14-15 Men yaqin orada oldingga boraman degan umiddaman. Bordi–yu, kechiksam, Xudoning xonadonida odamlar oʻzlarini qanday tutishlari kerakligini bilishing uchun bularni senga yozdim. Zero, jamoat barhayot Xudoga tegishlidir, jamoat haqiqatning poydevori va ustunidir. 16 Darhaqiqat, Xudo bizga ayon etgan haqiqat buyukdir. Asl xudojoʻylikning manbai boʻlmish bu haqiqat quyidagichadir :

Masih yer yuziga inson boʻlib keldi.
Yangi, ulugʻvor hayot uchun oʻlikdan tirilib,
Xudoning Oʻgʻli deb tasdiqlandi .
U zohir boʻldi farishtalarga .
U haqdagi Xushxabar eʼlon etildi xalqlarga,
Dunyo boʻylab odamlar Unga imon keltirdi.
Ulugʻvorlikka burkanib U samoga yuksaldi.