1–BOB
Xudo Oʻz Oʻgʻli orqali oxirgi soʻzini ayon qildi
1 Xudo qadimda ota–bobolarimizga koʻp marta va turli tarzda paygʻambarlar orqali gapirgan edi. 2 Bu oxirgi kunlarda esa U bizga Oʻz Oʻgʻli orqali gapirdi. Xudo koinotni Oʻgʻli orqali yaratgan va Uni butun borliqning vorisi qilib tayin etgan. 3 Oʻgʻil — Xudo shuhratining porlashi, Xudo borligʻining aniq suratidir. U Oʻzining qudratli kalomi bilan koinotni asrab turibdi. U Oʻz jonini fido qilib, bizni gunohlardan pokladi, soʻng samoda Ulugʻvor Xudoning oʻng tomonida oʻtirdi .
Xudoning Oʻgʻli — farishtalardan oliy
4 Darhaqiqat, Xudo Masihga “Oʻgʻil” deb ulugʻ nom berdi. Bu nom Masih farishtalardan nihoyatda yuksak martabaga ega ekanligini koʻrsatib turibdi. 5 Axir, Xudo bironta farishtaga:
“Sen Mening Oʻgʻlimsan,
Bugun Men Senga Ota boʻldim” ,
— deb aytmagan! Yoki:
“Men Unga Ota boʻlaman,
U esa Menga Oʻgʻil boʻladi” ,
— demagan! 6 Toʻngʻich Oʻgʻlini bu dunyoga yana yuborishidan oldin esa Xudo shunday deb aytadi :
“Hamma farishtalarim Unga sajda qilsinlar.”
7 Farishtalar haqida esa Xudo:
“Men Oʻz malaklarimni shamollarga aylantiraman,
Xizmatkorlarimni lovullagan olov qilaman” ,
— degandi. 8 Ammo Oʻz Oʻgʻliga U shunday degan:
“Sen Xudosan, Sening taxting abadiydir,
Adolat hassasi shohliging hassasidir.
9 Sen solihlikni sevasan, qabihlikdan nafratlanasan.
Shu bois Men Seni doʻstlaringdan ustun qildim,
Ha, Men, Xudoying, shodlik moyini Senga surtdim.”
10 Oʻgʻliga yana shunday degan:
“Sen Rabbiysan,
Azalda zaminning poydevorini Sen qoʻygansan,
Samolarni Oʻz qoʻllaring ila yaratgansan.
11 Ular yoʻq boʻlib ketar, Sen turaverasan,
Yeru osmon kiyim kabi eskirib ketadi.
12 Keraksiz libosday ularni taxlab qoʻyasan,
Toʻzib ketgan kiyimday ularni almashtirasan.
Sen esa hech oʻzgarmassan,
Sen to abad yashaysan.”
13 Xudo bironta farishtaga:
“Dushmanlaringni oyoqlaring ostiga poyandoz qilmagunimcha,
Sen Mening oʻng tomonimda oʻtirgin” ,
— deb aytmagan. 14 Axir, farishtalar bor–yoʻgʻi xizmatchi ruhlardir! Xudo ularni abadiy hayotdan bahramand boʻladigan odamlarga xizmat qilish uchun yuborgan.