25–BOB
Kelinning oʻnta dugonasi haqida masal
1 Oxirzamon yaqinlashganda Osmon Shohligini quyidagiga oʻxshatsa boʻladi: kelinning oʻnta dugonasi moychiroqlarini olib, kuyovni qarshilagani chiqishibdi. 2 Ulardan beshtasi nodon, beshtasi dono ekan. 3 Nodonlari moychiroqlarni olishibdi–yu, ammo chiroq uchun moy olishmabdi. 4 Donolari esa moychiroqlari bilan birga idishlarda moy ham olibdilar. 5 Kuyov kechikibdi, shu sababdan hammalari mudrab, uxlab qolibdilar.
6 Yarim kechasi: «Ana, kuyov kelyapti! Uni kutib olgani chiqinglar!» degan bir ovoz yangrabdi. 7 Shunda qizlarning hammasi oʻrnidan turib, moychiroqlarini tayyorlay boshlabdilar. 8 Nodonlari donolariga aytibdilar:
— Bizga ham moyingizdan ozgina beringlar, chiroqlarimiz oʻchyapti!
9 Donolari esa shunday javob beribdilar:
— Yoʻq! Bizga ham, sizlarga ham moy yetmay qoladi. Yaxshisi, sotuvchilarga borib, oʻzlaringizga moy sotib olinglar.
10 Ular moy sotib olgani ketishganda, kuyov kelib qolibdi. Tayyor turgan qizlar kuyov bilan birga toʻyxonaga kirib ketishibdi. Orqalaridan eshik yopilibdi.
11 Keyin qolgan qizlar kelib:
— Hazrat! Hazrat! Bizga eshikni oching! — deyishibdi. 12 Lekin U:
— Sizlarni umuman tanimayman, — deb javob beribdi.
13 Xullas, hushyor boʻlinglar, chunki qaysi kuni, qaysi soatda kelishimni bilmaysizlar.
Uchta xizmatkor haqida masal
14 Yana Osmon Shohligini safarga joʻnab ketayotgan odamga oʻxshatsa boʻladi. U ketishidan oldin xizmatkorlarini chaqirib, oʻz mol–mulkini ularga topshiribdi. 15 U har biriga qobiliyatiga yarasha: biriga besh ming tilla, ikkinchisiga ikki ming tilla, uchinchisiga esa ming tilla berib, joʻnab ketibdi. 16 Besh ming tilla olgan xizmatkor vaqtni boy bermay, pulni ishga solibdi va yana besh ming tilla daromad olibdi. 17 Ikki ming tilla olgan xizmatkor ham xuddi shunday yoʻl tutib, ikki ming tilla orttiribdi. 18 Ming tilla olgan xizmatkor esa borib, chuqur qazibdi–da, xoʻjayin bergan pulini koʻmib qoʻyibdi.
19 Oradan ancha vaqt oʻtibdi. Xoʻjayin qaytib kelib, xizmatkorlaridan hisobot soʻrabdi. 20 Besh ming tilla olgan xizmatkori orttirgan besh ming tillani ham olib kelib, shunday debdi:
— Xoʻjayin! Menga besh ming tilla bergan edingiz. Mana, qarang, men bulardan tashqari yana besh ming tilla ishladim.
21 Xoʻjayini unga:
— Barakalla! Sen yaxshi va ishonchli xizmatkorsan! — debdi. — Kichik ishda ishonchimni oqlaganing uchun senga katta ishlarni ishonib topshiraman. Kel, mening xursandchiligimga sherik boʻl.
22 Ikki ming tilla olgan xizmatkor ham kelib:
— Xoʻjayin! Menga ikki ming tilla bergandingiz. Mana, qarang, men bulardan tashqari yana ikki ming tilla ishladim, — debdi. 23 Xoʻjayini unga:

24 Ming tilla olgan xizmatkor ham kelib shunday debdi:
— Xoʻjayin! Men sizning qattiqqoʻl odam ekaningizni bilardim. Siz ekmagan yerdan oʻrasiz, oʻzingiz yetishtirmagan hosilni yigʻib olasiz. 25 Shuning uchun men qoʻrqqanimdan borib, bergan tillangizni yerga koʻmib qoʻygan edim. Mana tillangiz!
26 Xoʻjayin unga shunday javob beribdi:
— Ey yomon, yalqov xizmatkor! Men ekmagan yerdan oʻrishimni, oʻzim yetishtirmagan hosilni yigʻib olishimni bilar ekansan, 27 pulimni muomalaga kiritsang boʻlmasmidi?! Men qaytib kelib, pulimni foydasi bilan qaytarib olgan boʻlar edim.
28 Soʻng xoʻjayin debdi:
— Qani, undagi ming tillani olib, oʻn ming tillasi borga beringlar! 29 Chunki kimda bor boʻlsa, unga yana beriladi va u moʻl–koʻlchilikda yashaydi. Kimda yoʻq boʻlsa, hatto bori ham tortib olinadi. 30 Endi bu yaramas xizmatkorni tashqariga, qorongʻilikka uloqtirib yuboringlar. U yerda bu yaramas qattiq pushaymon boʻlib, figʻon chekadi .
Qiyomat–qoyim soʻrogʻi
31 Inson Oʻgʻli Oʻzining ulugʻvorligida, jamiki farishtalari bilan birga kelganda Oʻzining shohona taxtiga oʻtiradi. 32 Barcha xalqlar Uning huzuriga toʻplanadilar. Choʻpon qoʻylarni echkilardan ajratganday, U xalqlarni bir–biridan ajratadi. 33 U qoʻylarni oʻng tomoniga, echkilarni chap tomoniga qoʻyadi.
34 Shundan keyin Shoh oʻng tomonidagilarga aytadi:
— Ey samoviy Otamning barakasini olganlar, kelinglar! Shohlikni meros qilib olinglar! Bu shohlik olam yaratilgandayoq sizlar uchun tayyorlab qoʻyilgan. 35 Axir, Men och edim, Menga ovqat berdingizlar. Chanqagan edim, Menga ichimlik berdingizlar. Musofir edim, uyingizdan boshpana berdingizlar. 36 Yalangʻoch edim, Meni kiyintirdingizlar. Kasal edim, Menga gʻamxoʻrlik qildingizlar. Zindonda edim, Meni kelib koʻrdingizlar.
37 Bunga javoban solihlar Unga shunday deydilar:
— Yo Rabbiy! Qachon Seni och holda koʻrib, ovqat beribmiz?! Qachon chanqaganingni koʻrib, biron narsa ichiribmiz? 38 Musofir ekaningni qachon koʻrib, uyimizdan boshpana beribmiz? Yalangʻoch ekaningni qachon koʻrib, kiyintiribmiz? 39 Kasal yoki zindonda boʻlganingda qachon Seni yoʻqlab boribmiz?
40 Shoh ularga shunday javob beradi:
— Sizlarga chinini aytayin: sizlar eng kichik birodarimga qilgan har qanday yaxshiligingizni Menga qilgan boʻlasiz.
41 Soʻng U chap tomondagilarga ham aytadi:
— Ey laʼnatilar, koʻzimdan yoʻqolinglar! Iblis va uning farishtalariga tayyorlab qoʻyilgan abadiy olovga mubtalo boʻlinglar! 42 Axir, Men och edim, ovqat bermadingizlar. Chanqagandim, ichgani hech narsa bermadingizlar. 43 Musofir edim, uyingizdan boshpana bermadingizlar. Yalangʻoch edim, Meni kiyintirmadingiz. Kasal boʻldim, zindonga tushdim, Meni kelib koʻrmadingiz.
44 Shunda ular aytadilar:
— Yo Rabbiy! Qachon Seni och, chanqagan, musofir, yalangʻoch, kasal holda yoki zindonda ekaningni koʻribmiz? Agar koʻrganimizda edi, nahotki Sendan xizmatimizni ayagan boʻlardik?!
45 U esa shunday javob beradi:
— Sizlarga chinini aytayin: sizlar eng kichik birodarimdan ayagan yaxshiligingizni Mendan ayagan boʻlasizlar.
46 Bular abadiy jazoga, solihlar esa abadiy hayotga muyassar boʻladilar.”