20–BOB
Jang haqida
1 Dushmanlaringizga qarshi urushga borganingizda, otlarni, aravalarni, oʻzingiznikidan koʻproq boʻlgan lashkarni koʻrsalaringiz, ulardan qoʻrqmanglar. Chunki sizlarni Misrdan olib chiqqan Egangiz Xudo sizlar bilandir. 2 Jangga kirishingizdan oldin, ruhoniy lashkarning oldiga chiqsin, 3 ularga shunday desin: “Quloq sol, ey Isroil xalqi! Bugun sizlar dushmanlaringizga qarshi jangga chiqyapsizlar. Dadil boʻlinglar, qoʻrqmanglar, dushman oldida vahimaga tushmanglar. 4 Egamiz Xudoning Oʻzi sizlar bilan urushga boradi! Sizlar uchun dushmanlaringizga qarshi jang qiladi, sizlarga gʻalaba beradi!”
5 Nazoratchilar lashkarga shunday deb aytsin: “Orangizda yangi uy qurib, oʻsha uyini hali Xudoga bagʻishlab ulgurmagan birorta odam bormi? Bor boʻlsa, uyiga qaytsin. Agar u jangda halok boʻlsa, boshqa odam uning uyini bagʻishlaydi. 6 Uzumzor ekib, hali mevasidan yemagan odam bormi? Agar bor boʻlsa, uyiga qaytib ketsin. U jangda halok boʻlsa, boshqa odam uning uzumzori mevasidan birinchi boʻlib tatiydi. 7 Biror qizga unashtirilib, hali uylanmagan yigit bormi? Agar bor boʻlsa, uyiga qaytib ketsin. U jangda halok boʻlsa, boshqa odam oʻsha qizga uylanadi.”
8 Nazoratchilar yana shunday deyishsin: “Orangizda qoʻrquvdan yuragini oldirib qoʻygan odam bormi? Bor boʻlsa, uyiga qaytib ketsin. Boʻlmasa birodarlari ham unga oʻxshab choʻchib qoladi.” 9 Nazoratchilar lashkarga shu gaplarni aytib boʻlgandan keyin, lashkarboshilar bosh boʻlsin.
10 Biror shaharni olish uchun yaqinlashganingizda, shahar ahliga sulh taklif qiling. 11 Ular sulhga rozi boʻlib, darvozalarini ochib bersa, shaharning butun aholisi sizlarga qarol boʻlib xizmat qiladi. 12 Agar shahar ahli sulhga rozi boʻlmay, sizlar bilan jang qilsa, shaharni qamal qilinglar. 13 Egangiz Xudo u shaharni sizning qoʻlingizga berganda, butun erkak zotini qilichdan oʻtkazinglar. 14 Faqat ayollarni, bolalarni, mollarni va shaharda qolgan hamma narsani oʻlja qilib olsangiz boʻladi. Egangiz Xudo sizlarning qoʻlingizga bergan, dushmanlardan olgan oʻljalarni ishlatishingiz mumkin. 15 Sizlar egalik qiladigan yurtingizdan uzoqda joylashgan shaharlarni shunday qilinglar.
16 Lekin Egangiz Xudo sizlarga mulk qilib berayotgan yurtdagi shaharlarni qoʻlga olganingizda bironta jonni tirik qoldirmanglar. 17 Egangiz Xudo sizlarga amr etganiday, Xet, Amor, Kanʼon, Pariz, Xiv, Yobus xalqlarini tamomila qirib bitiringlar. 18 Toki ular oʻzlarining xudolariga qilgan jirkanch odatlarini sizlarga oʻrgatmasin. Aks holda, sizlar Egangiz Xudoga qarshi gunoh qilgan boʻlasizlar.
19 Agar biror shaharni qoʻlga kiritish uchun uzoq vaqt qamal qilib tursalaringiz, u yerdagi mevali daraxtlarni kesmanglar. Oʻsha daraxtlarning mevasini yeyishingiz mumkin, daraxtlarning oʻzini esa kesib tashlamanglar. Axir, daladagi daraxtlar odam emas–ku, qurshovdan qochib chiqsa! 20 Meva bermaydigan daraxtlarni esa kesishingiz mumkin. Shahar qulamaguncha qamal inshootlarini qurishda oʻsha daraxtlardan foydalansangiz boʻladi.