45–BOB
Shoh Kurush — Egamizning tanlagani
1 Egam aytar: “Men shoh Kurushni oʻng qoʻlidan tutib turibman.
Xalqlarni unga itoat ettiray deya,
Shohlarni qurolsizlantiraman.
Uning oldida eshiklar ochiq turadi,
Darvozalar yopilmaydi.”
Egamiz Oʻzining tanlagani — Kurushga shunday aytmoqda:
2 “Men Oʻzim Sening oldingda boraman,
Togʻlarni tekislikka aylantiraman,
Bronza eshiklarni parchalayman,
Temir tambalarni sindiraman.
3 Men Egang ekanligimni bilib olgin,
Sening ismingni aytib chaqirayotgan Men
Isroil xalqining Xudosi ekanligimni anglagin deb,
Yashirib qoʻyilgan boyliklarni,
Zulmatdagi xazinani senga beraman.
4 Qulim Yoqub haqi,
Oʻzim tanlagan Isroil haqi,
Sening ismingni aytib chaqirdim.
Senga nom ato qildim,
Ammo sen Meni bilmaysan.
5 Men Egangman, boshqasi yoʻq,
Mendan oʻzga xudo yoʻq!
Senga madad beraman,
Ammo Meni bilmaysan.
6 Mendan boshqasi yoʻqligini
Sharqu gʻarbda hamma bilsin, dedim.
Men Egangman, boshqasi yoʻq!
7 Men yorugʻlik yarataman, zulmat bino qilaman,
Farovonlik yuboraman, kulfat yogʻdiraman.
Men Egangman!
Bularning hammasini Men qilaman!
8 Ey samolar, yuqoridan solihlik yogʻdiring,
Ha, solihlik bulutlardan quyilsin.
Yerdan najot unib chiqsin,
Solihlik bilan birga yashnasin.
Men Egangizman! Men uni yaratganman.”
9 Holingizga voy!
Ey Yaratuvchi bilan bahslashadiganlar!
Tuproqdan yasalgan koʻzayu xumlar!
Axir, loy kulolga: “Nima qilyapsan?” deydimi?!
“Qoʻlingdan ish kelmas ekan!” deb aytadimi?!
10 Tugʻilmagan homila otasiga:
“Nima tugʻdiryapsiz oʻzi?” deb aytadimi?!
Onasiga: “Nimaga meni tugʻyapsiz oʻzi?” deydimi?!
Sizlarning holingizga voy!
11 Isroil xalqining Muqaddas Xudosi,
Uning Yaratuvchisi — Egamiz shunday aytmoqda:
“Xoʻsh, endi Oʻz farzandlarimning
Taqdiri haqida Meni soʻroqqa tutasizmi?!
Oʻz qoʻllarim ijodi toʻgʻrisida
Menga koʻrsatmalar berasizmi?!
12 Zaminni barpo qilgan,
Yer yuzida insonni yaratgan Menman.
Men Oʻz qoʻlim bilan osmonni yoydim,
Barcha samoviy jismlarga Men buyruq berdim.
13 Men Oʻzim Kurushni qoʻzgʻatib,
Unga gʻalaba beraman.
Uning barcha yoʻllarini tekislayman.
U Mening shahrimni quradi.
Porayu mukofot olmasdan
Mening asirlarimni qoʻyib yuboradi.”
Sarvari Olam shunday dedi.
Egamiz tanho Xudo va najotkordir
14 Egamiz aytmoqda: “Misrning boyliklari,
Habashistonning xazinalari seniki boʻladi!
Savo yurtining baland boʻyli odamlari senga keladi.
Ular senga ergashadi.
Zanjirband boʻlib, senga taʼzim qiladi.
Yolvorib: «Ha, Xudo sizning orangizda!
Undan boshqa Xudo yoʻq!» deydi.”
15 Ey Isroil xalqining Xudosi — qutqaruvchi!
Haqiqatan ham, Sen Oʻzini yashiradigan Xudosan.
16 But yasaydiganlar birgalikda uyatga qoldi.
Hammasi sharmandayu sharmisor boʻldi.
17 Isroilni esa Egamiz qutqardi,
To abad najot berdi!
Ey Isroil xalqi, sizlar sharmanda boʻlmaysiz,
To abad uyatga qolmaysiz!
18 Egamiz Samolarni yaratgan,
U Xudodir!
U yerni barpo qilgan, mustahkamlagan.
Yerni boʻsh qilib emas,
Yashashga loyiq qilib yaratgan.
U shunday deb aytmoqda:
“Men Egangizman, boshqasi yoʻq.
19 Men sizlarga yashirin joyda,
Zimziyo yurtda gapirmadim.
Men Yoqub nasliga: «Boʻsh joylardan
Meni qidiring!» deb aytmadim.
Men Egangizman.
Haqiqatni aytaman,
Toʻgʻrisini eʼlon qilaman.
20 Ey xalqlarning omon qolganlari,
Yigʻilinglar, yaqinlashib, birga kelinglar!
Yogʻoch butlarini olib yuradiganlar,
Qutqarmaydigan xudoga ibodat qiladiganlar
Hech narsani anglab yetmaydilar.
21 Gapiring, isbot keltiring.
Oʻzaro maslahatlashing.
Bu toʻgʻrida kim qadimdan xabar berdi?
Azaldan kim aytib bergan edi?
Men Egangiz emasmi?!
Mendan boshqa Xudo yoʻq!
Men odil Xudoman, qutqaruvchiman!
Mendan boshqasi yoʻq.
22 Menga yuz buring, najot topasiz,
Ey zaminning barcha chetlari!
Ha, Men Xudoman, boshqasi yoʻq.
23 Oʻzim haqim ont ichdim ,
Ogʻzimdan toʻgʻri soʻz chiqdi, behuda ketmas:
Mening oldimda har bir odam tiz choʻkadi,
Har bir til Menga sadoqat qasamini ichadi.
24 Men haqimda: «Faqatgina Egamizda adolat, qudrat bor», deb aytadilar.
Mendan gʻazablanganlarning hammasi
Menga keladilar, ular uyalib qoladilar.
25 Ammo butun Isroil nasli
Men — Egasi tufayli najot topadi.
Ular maqtovga sazovor boʻladi.”
45–BOB
Shoh Kurush — Egamizning tanlagani
1 Egam aytar: “Men shoh Kurushni oʻng qoʻlidan tutib turibman.
Xalqlarni unga itoat ettiray deya,
Shohlarni qurolsizlantiraman.
Uning oldida eshiklar ochiq turadi,
Darvozalar yopilmaydi.”
Egamiz Oʻzining tanlagani — Kurushga shunday aytmoqda:
2 “Men Oʻzim Sening oldingda boraman,
Togʻlarni tekislikka aylantiraman,
Bronza eshiklarni parchalayman,
Temir tambalarni sindiraman.
3 Men Egang ekanligimni bilib olgin,
Sening ismingni aytib chaqirayotgan Men
Isroil xalqining Xudosi ekanligimni anglagin deb,
Yashirib qoʻyilgan boyliklarni,
Zulmatdagi xazinani senga beraman.
4 Qulim Yoqub haqi,
Oʻzim tanlagan Isroil haqi,
Sening ismingni aytib chaqirdim.
Senga nom ato qildim,
Ammo sen Meni bilmaysan.
5 Men Egangman, boshqasi yoʻq,
Mendan oʻzga xudo yoʻq!
Senga madad beraman,
Ammo Meni bilmaysan.
6 Mendan boshqasi yoʻqligini
Sharqu gʻarbda hamma bilsin, dedim.
Men Egangman, boshqasi yoʻq!
7 Men yorugʻlik yarataman, zulmat bino qilaman,
Farovonlik yuboraman, kulfat yogʻdiraman.
Men Egangman!
Bularning hammasini Men qilaman!
8 Ey samolar, yuqoridan solihlik yogʻdiring,
Ha, solihlik bulutlardan quyilsin.
Yerdan najot unib chiqsin,
Solihlik bilan birga yashnasin.
Men Egangizman! Men uni yaratganman.”
9 Holingizga voy!
Ey Yaratuvchi bilan bahslashadiganlar!
Tuproqdan yasalgan koʻzayu xumlar!
Axir, loy kulolga: “Nima qilyapsan?” deydimi?!
“Qoʻlingdan ish kelmas ekan!” deb aytadimi?!
10 Tugʻilmagan homila otasiga:
“Nima tugʻdiryapsiz oʻzi?” deb aytadimi?!
Onasiga: “Nimaga meni tugʻyapsiz oʻzi?” deydimi?!
Sizlarning holingizga voy!
11 Isroil xalqining Muqaddas Xudosi,
Uning Yaratuvchisi — Egamiz shunday aytmoqda:
“Xoʻsh, endi Oʻz farzandlarimning
Taqdiri haqida Meni soʻroqqa tutasizmi?!
Oʻz qoʻllarim ijodi toʻgʻrisida
Menga koʻrsatmalar berasizmi?!
12 Zaminni barpo qilgan,
Yer yuzida insonni yaratgan Menman.
Men Oʻz qoʻlim bilan osmonni yoydim,
Barcha samoviy jismlarga Men buyruq berdim.
13 Men Oʻzim Kurushni qoʻzgʻatib,
Unga gʻalaba beraman.
Uning barcha yoʻllarini tekislayman.
U Mening shahrimni quradi.
Porayu mukofot olmasdan
Mening asirlarimni qoʻyib yuboradi.”
Sarvari Olam shunday dedi.
Egamiz tanho Xudo va najotkordir
14 Egamiz aytmoqda: “Misrning boyliklari,
Habashistonning xazinalari seniki boʻladi!
Savo yurtining baland boʻyli odamlari senga keladi.
Ular senga ergashadi.
Zanjirband boʻlib, senga taʼzim qiladi.
Yolvorib: «Ha, Xudo sizning orangizda!
Undan boshqa Xudo yoʻq!» deydi.”
15 Ey Isroil xalqining Xudosi — qutqaruvchi!
Haqiqatan ham, Sen Oʻzini yashiradigan Xudosan.
16 But yasaydiganlar birgalikda uyatga qoldi.
Hammasi sharmandayu sharmisor boʻldi.
17 Isroilni esa Egamiz qutqardi,
To abad najot berdi!
Ey Isroil xalqi, sizlar sharmanda boʻlmaysiz,
To abad uyatga qolmaysiz!
18 Egamiz Samolarni yaratgan,
U Xudodir!
U yerni barpo qilgan, mustahkamlagan.
Yerni boʻsh qilib emas,
Yashashga loyiq qilib yaratgan.
U shunday deb aytmoqda:
“Men Egangizman, boshqasi yoʻq.
19 Men sizlarga yashirin joyda,
Zimziyo yurtda gapirmadim.
Men Yoqub nasliga: «Boʻsh joylardan
Meni qidiring!» deb aytmadim.
Men Egangizman.
Haqiqatni aytaman,
Toʻgʻrisini eʼlon qilaman.
20 Ey xalqlarning omon qolganlari,
Yigʻilinglar, yaqinlashib, birga kelinglar!
Yogʻoch butlarini olib yuradiganlar,
Qutqarmaydigan xudoga ibodat qiladiganlar
Hech narsani anglab yetmaydilar.
21 Gapiring, isbot keltiring.
Oʻzaro maslahatlashing.
Bu toʻgʻrida kim qadimdan xabar berdi?
Azaldan kim aytib bergan edi?
Men Egangiz emasmi?!
Mendan boshqa Xudo yoʻq!
Men odil Xudoman, qutqaruvchiman!
Mendan boshqasi yoʻq.
22 Menga yuz buring, najot topasiz,
Ey zaminning barcha chetlari!
Ha, Men Xudoman, boshqasi yoʻq.
23 Oʻzim haqim ont ichdim ,
Ogʻzimdan toʻgʻri soʻz chiqdi, behuda ketmas:
Mening oldimda har bir odam tiz choʻkadi,
Har bir til Menga sadoqat qasamini ichadi.
24 Men haqimda: «Faqatgina Egamizda adolat, qudrat bor», deb aytadilar.
Mendan gʻazablanganlarning hammasi
Menga keladilar, ular uyalib qoladilar.
25 Ammo butun Isroil nasli
Men — Egasi tufayli najot topadi.
Ular maqtovga sazovor boʻladi.”