1–BOB
1 Ushbu kitobda Taxuvada chorvador boʻlgan Amosning soʻzlari bayon etilgan. Isroil toʻgʻrisidagi bu soʻzlar Amosga zilziladan ikki yil avval vahiy orqali ayon boʻlgan edi. Oʻsha davrda Yahudo yurtida shoh Uzziyo, Isroil yurtida esa Yohoʻsh oʻgʻli shoh Yorubom hukmronlik qilayotgan edilar.
2 Amos shunday dedi:

“Egamiz Quddusdan turib hayqiradi,
Siondan gulduros ovozi yangraydi!
Choʻponlarning yaylovlari qurib qoladi ,
Karmil choʻqqisidagi oʻtlar xazon boʻladi.”
Isroil atrofidagi xalqlar hukm qilinadi
Oram
3 Egamiz shunday demoqda:
“Damashq aholisi gunoh ustiga gunoh qildi!
Men ularni jazosiz qoldirmayman,
Axir, ular Gilad aholisini temir tishli xoʻptir bilan yanchdi .
4 Shunday ekan, Men shoh Xazayilning saroyiga olov yogʻdiraman,
Olov Banhadadning qalʼalarini yondirib yuboradi.
5 Men Damashq darvozalarining tambalarini sindiraman.
«Qabihlik vodiysi»ning hukmdorini yoʻq qilaman,
Bayt–Edenda saltanat hassasini tutgan zotni halok qilaman.
Oram xalqi asirlikka tushadi, Xir yurtiga olib ketiladi.”
Egamizning kalomi shudir.
Filistiya
6 Egamiz shunday demoqda:
“Gʻazo aholisi gunoh ustiga gunoh qildi!
Men ularni jazosiz qoldirmayman,
Axir, ular xalqimning qishloqlaridagi aholisini
Asirlikka olib, Edom xalqiga qul qilib sotdilar.
7 Shunday ekan, Men Gʻazo devoriga olov yogʻdiraman,
Olov Gʻazo qalʼalarini kuydirib tashlaydi.
8 Men Ashdod shahrining hukmdorini yoʻq qilaman,
Ashqalonda saltanat hassasini tutgan zotni halok qilaman.
Exron shahriga qarshi qoʻl koʻtaraman,
Omon qolgan Filistlarni qirib tashlayman!”
Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.
Tir
9 Egamiz shunday demoqda:
“Tir aholisi gunoh ustiga gunoh qildi!
Men ularni jazosiz qoldirmayman.
Axir, ular birodarlik ittifoqini unutib,
Xalqimning qishloqlaridagi aholisini
Edomliklarga qul qilib sotdilar.
10 Shunday ekan, Men Tir devoriga olov yogʻdiraman,
Olov Tir qalʼalarini kuydirib tashlaydi.”
Edom
11 Egamiz shunday demoqda:
“Edom aholisi gunoh ustiga gunoh qildi!
Men ularni jazosiz qoldirmayman.
Axir, ular qardoshi Isroil xalqiga rahm qilmadilar.
Ularni qilich bilan taʼqib qilib ,
Qahrini cheksiz sochdilar,
Gʻazabidan hech tushmadilar.
12 Shunday ekan, Men Temon shahriga olov yogʻdiraman,
Bozrax qalʼalarini olov kuydirib tashlaydi.”
Ommon
13 Egamiz shunday demoqda:
“Ommon xalqi gunoh ustiga gunoh qildi,
Men ularni jazosiz qoldirmayman.
Axir, ular hududini kengaytirish uchun Giladga hujum qildilar,
Oʻshanda homilador ayollarning qorinlarini yordilar.
14 Shunday ekan, Men Rabba shahrining devoriga oʻt qoʻyaman,
Olov Rabba qalʼalarini kuydirib tashlaydi.
Oʻsha kuni jangdagi hayqiriqlar falakni tutadi,
Jang boʻron kabi avj oladi.
15 Ommon shohi surgun qilinadi,
U bilan birga mulozimlar ham olib ketiladi.”