26–BOB
Xudo Oʻz xalqiga gʻalaba ato qiladi
1 Oʻsha kuni Yahudo yurtida ushbu qoʻshiq kuylanar:
“Mana, shahrimiz qudratlidir!
Egamiz bizning qalʼamizdir,
Uning Oʻzi bizga najot beradi.
2 Oching shahar darvozalarini!
Sadoqatli solih xalq ichkari kirsin!
3 Ey Egamiz, Senga ishonib,
Fikri–zikri Sendan uzilmaydiganga
Oʻzing komil tinchlik ato qilasan.
4 Egamizga to abad ishon,
Uning Oʻzi abadiy Qoyamizdir.
5 Yuksalganlarni U yiqitdi,
Takabbur shaharni vayron qilib,
Yer bilan bitta qildi.
6 Oʻsha shaharni mazlumlar oyoq osti qildi,
U bechoralarning qadamlari ostida ezildi.”
7 Solihning yoʻli tekisdir,
Toʻgʻri yoʻlni Sen unga tayyorlaysan.
8 Ey Egamiz, yoʻl–yoʻriqlaring ila
Senga umid qilamiz.
Sening nomingni sharaflash
Koʻnglimiz istagidir.
9 Tun boʻyi yuragim Seni qoʻmsaydi,
Ha, men Senga intilaman.
Yer yuzida Sening hukming boʻlganda,
Olam ahli adolatni biladi.
10 Fosiqlar marhamat koʻrganda
Ular aslo solihlikni oʻrganmas.
Haqqoniylik oʻrniga ular egrilik qilaveradi,
Sening ulugʻvorligingni ular koʻrmaydi.
11 Ey Egamiz, qoʻling koʻtarilgan,
Jazolashga tayyor,
Ammo ular buni koʻrmaydi.
Xalqingni deb jon kuydirganingni koʻrib,
Ular sharmanda boʻlsin.
Gʻanimlaringga atalgan olov ularni yutsin.
12 Ey Egamiz, bizga Sen tinchlik ato etasan,
Qilgan ishlarimizning barchasiga
Yetishganmiz Sening qudrating ila.
13 Ey Egamiz Xudo, Sendan boshqalar
Ustimizdan hukmronlik qildilar,
Ammo biz yolgʻiz Sening nomingni tilga olamiz.
14 Oʻliklar yashamas,
Ular aslo qaytib kelmas.
Ularni Sen jazolab, qirib tashlading,
Ularni tamomila xotiradan oʻchirding.
15 Ey Egamiz, xalqimizni Sen koʻpaytirding,
Xalqni koʻpaytirib, Oʻzing yuksalding,
Yurtning barcha chegaralarini kengaytirding.
16 Ey Egamiz, kulfatda qolganlarida
Ular Senga yuz burdilar,
Sening tanqidlaring ostida egildilar.
17 Toʻlgʻoq tutayotgan ayol ogʻriqdan qichqirganday,
Toʻlgʻonib, dod–faryod qilganday,
Biz ham Sening oldingda shunday boʻldik, ey Egamiz!
18 Homilador boʻlib, dard chekdik,
Ammo shamoldan boshqa hech narsa koʻrmadik.
Na yer yuzida biz gʻolib boʻldik,
Na avlodlar dunyoga keltirdik.
19 Ammo Sening oʻlik xalqing tiriladi,
Tanalari oʻrnidan turadi.
Ey tuproq ostida yotganlar, qoʻzgʻaling,
Shodlikdan hayqiring!
Ey Egamiz, shabnaming tonggi shabnamga oʻxshaydi,
Zamin murdalariga hayot bagʻishlaydi.
Hukm va qayta tiklanish
20 Keling, ey xalqim, bir oz yashirinib turing!
Egamizning gʻazabi bosilguncha,
Kiring ichkariga,
Ortingizdan eshiklarni yopib qoʻying!
21 Ana, Egamiz kelayotir maskanidan
Zamin ahlini gunohlari uchun jazolagani.
Yer toʻkilgan qonlarni fosh etadi,
Qotillikning qurbonlarini endi yashirmaydi.