21–BOB
Givonliklar Shoul xonadonidan oʻch oladi
1 Dovud shohligi paytida uch yil muttasil ocharchilik hukm surdi. Dovud Egamizdan shu haqda soʻragan edi , Egamiz shunday javob berdi: “Qon toʻkkan Shoul va uning xonadoni bu ocharchilikka sababchi, chunki Shoul Givonliklarni qirgan edi.”
2 Shundan soʻng shoh Givonliklarni chaqirtirib keldi va ular bilan gaplashdi.
Givonliklar Isroil qavmlaridan boʻlmay, Amor xalqlarining qolgan–qutgani edi. Isroil xalqi Givonliklarga, sizlarni tirik qoldiramiz, deb ont ichishgan edi . Shunga qaramay, Shoul ularni qirib tashlashga harakat qilgan, chunki u butun yurtni Isroil va Yahudo xalqi nazorat qilishini istagandi.
3 Xullas, Dovud:
— Sizlar uchun nima qilay? — deb soʻradi Givonliklardan. — Egamning xalqini duo qilishingiz uchun bu gunohni qanday yuvsam boʻladi?
4 Givonliklar unga:
— Bizga Shoul va uning xonadonidan oltin ham, kumush ham kerak emas, Isroil xalqidan birortasini oʻldirish niyatimiz ham yoʻq, — deb javob berishdi.
— Nima istasangiz, bajo qilaman, — dedi Dovud. 5 Shundan soʻng Givonliklar aytishdi:
— Shoul bizni Isroil yurtida yashamasin deb, qirib tashlashni va bizni yoʻqotishni maqsad qilib qoʻygan edi. 6 Shuning uchun Shoulning oʻgʻillaridan yettitasi bizga berilsin. Biz ularni Givonda, aynan Egamiz tanlab olgan Shoulning shahrida, Egamizning huzurida oʻldiramiz. Jasadlarini tik oʻrnatilgan xodaning uchiga qoqamiz.
— Sizlarga beraman ularni, — dedi shoh.
7 Dovud Shoulning nabirasi — Yoʻnatanning oʻgʻli Mefibositga rahm qilib, uni Givonliklarga bermadi. Dovud bilan Yoʻnatan Egamizning nomini oʻrtaga qoʻyib bir–biriga qasamyod qilishgan edi. 8 Shoulga Oyo qizi Rizpa Ormanax va Mofibaset degan ikki oʻgʻil tugʻib bergan edi. Dovud Shoulning oʻsha ikkala oʻgʻlini oldi. Shoulning qizi Merav Maxlalik Borzulay oʻgʻli Odriyoldan beshta oʻgʻil koʻrgan edi. Dovud oʻsha oʻgʻillarning 9 hammasini Givonliklarning qoʻliga berdi. Givonliklar yettovini togʻda — Egamizning oldida oʻldirib, jasadlarini tik oʻrnatilgan xodaning uchiga qoqishdi. Yettovi ham birga jon bergan edi. Ular oʻldirilganda, oʻrim–yigʻim endi boshlangan, arpa oʻrimining ilk kunlari edi.
10 Oyo qizi Rizpa qanor oldi va jasadlar yonidagi bir qirning tepasiga borib, qanorni yoydi. Oʻrim payti boshlangandan to jasadlar ustiga osmondan yomgʻir yoqqunga qadar , Rizpa oʻsha yerda qoldi. Jasadlarni kunduzi osmonda uchadigan qushlardan, kechalari yovvoyi hayvonlardan qoʻriqladi.
11 Shoulning kanizagi Oyo qizi Rizpa qilgan ishni Dovudga yetkazishdi. 12 Dovud Giladdagi Yobosh xalqining oldiga borib, Shoul va uning oʻgʻli Yoʻnatanning suyaklarini ulardan oldi. Filistlar Gilbova togʻida Shoulni oʻldirgan kuni uning va oʻgʻlining jasadlarini Bayt–Shan shahri maydonida devorga qoqib qoʻygan edilar. Giladdagi Yobosh xalqi esa ikkovining jasadini yashirincha u yerdan olib ketishgan edi . 13 Dovud Shoul bilan oʻgʻli Yoʻnatanning suyaklarini u yerdan olib kelgandan soʻng, oʻldirilgan yetti kishining jasadlarini ham olishdi. 14 Shoul bilan oʻgʻli Yoʻnatanning suyaklarini Benyamin hududidagi Zilaga — otasi Kishning xilxonasiga dafn qilishdi. Shunday qilib, shohning hamma farmonlarini ijro etishdi.
Shundan keyin Xudo yurt uchun qilingan iltijolarga javob berdi.
Filistlarga qarshi urush
15 Filistlar bilan Isroil lashkari oʻrtasida yana urush boshlandi. Dovud odamlari bilan Filistlarga qarshi urushga otlandi. Ammo janglar davomida Dovud juda toliqib qoldi. 16 Filist jangchilaridan biri Yishbibanuv Dovudni oʻldirmoqchi boʻldi. Yishbibanuv Rafa xalqidan edi. U qoʻlida uchi 750 misqol keladigan bronza nayza koʻtargan, beliga esa yangi qilich bogʻlab olgandi. 17 Zeruya oʻgʻli Abushay Dovudni himoya qilib, oʻsha Filistni magʻlub qilib oʻldirdi. Shundan keyin Dovudning odamlari unga: “Endi siz biz bilan birga urushga bormaysiz, toki Isroilning chirogʻi oʻchib qolmasin”, deb aytishdi.
18 Shundan soʻng Gov shahrida Filistlar bilan yangidan urush boshlandi. Xushalik Sibaxay bu urushda Sof degan odamni oʻldirdi. Sof Rafa xalqidan edi.
19 Koʻp oʻtmay Isroil lashkari bilan Filistlar oʻrtasida Govda yana urush boʻldi. Yovir oʻgʻli Elxanon Gatlik Goʻliyotning ukasini oʻldirdi. Elxanon Baytlahmlik edi. Goʻliyot nayzasining sopi toʻquvchining dastgohi xodasiday kelardi.
20 Soʻngra yana Gat shahrida urush boʻldi. U yerda ham Rafa xalqidan devday bir odam bor edi. Uning qoʻl–oyoqlari olti barmoqli edi, hammasi boʻlib yigirma toʻrtta barmogʻi bor edi. 21 Oʻsha odam Isroil lashkarini haqorat qilgan edi, Yoʻnatan uni oʻldirdi. Yoʻnatan Dovudning akasi Shimoning oʻgʻli edi.
22 Dovud va uning odamlari tomonidan oʻldirilgan oʻsha toʻrtalasi ham Gatlik boʻlib, Rafa xalqidan edi.