6–BOB
Sulaymonning nutqi
1 Shunda Sulaymon ibodat qildi:
— Ey Egamiz! Sen, zimziyo zulmatda maskan qilaman, degan eding. 2 Mana endi Senga ajoyib bir uy, abadiy istiqomat qilishing uchun bir maskan barpo qildim.
3 Keyin shoh orqasiga qayrilib, tik turgan jamiki Isroil jamoasini duo qildi. 4 Shoh dedi:

“Isroil xalqining Xudosi — Egamizga hamdu sanolar boʻlsin. U otam Dovudga bergan vaʼdasini bajardi. 5 Egamiz otamga shunday degan edi : «Xalqim Isroilni Misrdan olib chiqqan kunimdan beri Men ulugʻlanadigan uyni barpo qilish uchun Isroil qabilalarining birorta shahrini tanlamagan edim, birorta odamni xalqimga hukmron qilib saylamagan edim. 6 Mana endi esa ulugʻlanishim uchun Quddusni tanladim. Men seni, ey Dovud, xalqim Isroil ustidan hukmdor boʻlgin deb tanladim.»
7 Isroil xalqining Xudosi — Egamizga atab bir uy barpo qilmoq otam Dovudning niyati edi. 8 Lekin Egamiz otam Dovudga shunday deb aytdi: «Modomiki, Menga atab bir uy barpo qilmoqni koʻnglingga tukkan ekansan, yaxshi qilibsan. 9 Biroq Menga atab oʻsha uyni sen emas, balki sening pushti kamaringdan bino boʻladigan oʻgʻling barpo qiladi.»
10 Egamiz vaʼda bergan edi, bajo ayladi: otam Dovudning oʻrniga taxtga men chiqdim, Egamiz vaʼda etganiday, Isroil taxtiga oʻtirdim, Isroil xalqining Xudosi — Egamizga atab bir uy barpo qildim. 11 Oʻsha uyga Ahd sandigʻini oʻrnashtirdim. Egamizning Isroil xalqi bilan qilgan ahd lavhalari shu Sandiqning ichida turibdi.”
Sulaymonning ibodati
12 Sulaymon Egamizning qurbongohi oldida, Isroil jamoasi roʻparasida qoʻllarini koʻkka choʻzdi. 13 U supaning ustida turar edi. Bu supani Sulaymon bronzadan yasattirib, uni hovlining oʻrtasiga oʻrnattirgan edi. Supaning uzunligi besh tirsak, eni ham besh tirsak, balandligi uch tirsak edi. Sulaymon butun Isroil jamoasi oldida tiz choʻkib, qoʻllarini koʻkka choʻzgancha, 14 ibodat qila boshladi:

“Ey Isroil xalqining Xudosi — Egamiz! Yer yuzida ham, osmonu falakda ham Senga oʻxshashi yoʻq! Senga butun qalbi bilan bogʻlanib, Sen koʻrsatgan yoʻldan yuradigan qullaringga Oʻzing ahdingni sodiq saqlaysan. 15 Quling — otam Dovudga Sen Oʻz ogʻzing bilan bergan vaʼdalaringni bugun Oʻz qoʻling bilan bajo aylading.
16 Ey Isroil xalqining Xudosi — Egamiz! Oʻzingning qulingga — otam Dovudga: «Bolalaring ham senga oʻxshab qonunlarimga rioya qilib, oʻylab qadamini bossalar, sening naslingdan boʻlgan erkak zoti to abad Isroil taxtida oʻtiradi», — deb vaʼda bergan eding. Endi bergan vaʼdangni ado et! 17 Ey Isroil xalqining Xudosi — Egamiz! Quling Dovudga aytganlaring amalga oshsin, deb iltijo qilaman.
18 Ey Xudo, Sen yer yuzida inson zoti bilan yasharmiding?! Sen osmonga, hatto falak toqiga ham sigʻmassan. Falak toqi oldida men qurgan uy nima boʻlibdi?! 19 Ey Egam Xudo, iltijo bilan qilgan ibodatimni qabul et! Senga yolvorib qilayotgan iltijolarimga javob ber. 20 Sen: «Men oʻsha yerda ulugʻlanay», deb aytgan eding. Koʻzlaring kechayu kunduz oʻsha joyga — oʻsha uyga qadalib tursin. Men, quling, oʻsha tomonga qarab ibodat qilaman, ibodatlarimni tingla. 21 Isroil xalqi bilan birga oʻsha tomonga qarab qilgan iltijolarimizga quloq tut. Samolardan — Oʻz makoningdan turib quloq sol, eshitgin–u, gunohimizdan oʻt.
22 Kimdir gunohkorlikda ayblansa, oʻsha odam kelib, shu uyingdagi qurbongohing oldida, aybsizman, deb ont ichsa, 23 ey Egam, samodan turib quloq sol, qullaringni Oʻzing hukm et. Gunohkorning qilmishini boʻyniga qoʻy, jazosini ber. Gunohsizning esa haqligini koʻrsat, haq boʻlgani uchun uni ozod qil.
24 Xalqing Isroil Sening oldingda gunoh qilgani uchun yovga magʻlub boʻlsa, yana qaytib Seni tan olsa, oʻsha uyda Senga yolvorib iltijo qilsa, 25 Sen samodan turib, ularning iltijolariga quloq sol, gunohlaridan oʻt. Otalariga va ularga Oʻzing tomondan berilgan yurtga ularni qaytar.
26 Ular Senga qarshi gunoh qilganlari uchun osmon berkilib, yomgʻir yogʻmaganda, ular oʻsha uyga qarab, Seni yana tan olib iltijo qilsalar, Sen ularni gunohlari uchun jazolaganingda, tavba qilsalar, 27 qullaring Isroil xalqiga samodan turib quloq sol, ularning gunohidan oʻt. Ularga toʻgʻri yoʻl koʻrsat, toki oʻsha yoʻldan yursinlar, keyin xalqingga mulk qilib bergan yerga yomgʻir yogʻdir.
28 Yurtda ocharchilik yo oʻlat paydo boʻlsa, garmsel , zang kasali, chigirtka , qurt–qumursqa bossa yoki xalqingni yovlar qamal qilsa, yoxud kulfat, xastalik ularning boshiga kelsa, 29 har qanday inson yoki xalqing Isroil Senga yolvorib ibodat qilsa, har kim oʻz dard–hasratini aytib, bu uy tomon qoʻllarini choʻzsa, 30-31 Sen samodan — maskaningdan turib quloq sol va ularning gunohidan oʻt. Har birining tutgan yoʻliga qara, xizmatiga yarasha ber, toki Sen Oʻzing ota–bobolarimizga bergan yurtda ular umrlarining oxirigacha Sendan qoʻrqib, Sening yoʻllaringdan yursinlar. Zotan, jamiki inson bolasining koʻnglidagini yolgʻiz Sen bilasan, xolos.
32 Xalqing Isroildan boʻlmagan begona odam Seni deb uzoq yurtdan kelsa, Sening shuhrating, qudrating va ajoyibotlaring haqida eshitib, oʻsha uyga qarab ibodat qilsa, 33 Sen makoningdan turib quloq sol. Oʻsha odamning soʻraganini bajo ayla, toki yer yuzidagi hamma xalqlar Seni bilsin, xalqing Isroil kabi Sendan hayiqadigan boʻlsin. Men barpo qilgan shu uy Senga atab qilinganini bilsin.
34 Sen xalqingni gʻanimlariga qarshi jang qilishga yuborganingda, ular Oʻzing tanlab olgan bu shaharga, Senga atab men qurgan uyga yuz burib, ibodat qilsalar, 35 samodan turib ularning iltijolarini eshit, bajo ayla.
36 Sening oldingda ular gunoh qilganlarida, chunki gunoh qilmaydigan odamning oʻzi yoʻq, Sen gʻazablanib, ularni yaqin yoki uzoq yurtlarga asir qilib olib ketadigan dushmanlarning qoʻliga berganingda, 37 ular gʻanimlari yurtida asirlikda yurib, esini yigʻib olgach: «Gunoh qildik, shakkoklik qildik, aybdormiz», deb tavba qilib, Senga yolvorsalar, 38 asir boʻlgan yurtda butun qalbi bilan, jonu dili bilan Senga qaytsalar, Oʻzing ota–bobolariga bergan yurtga, Oʻzing tanlab olgan shaharga, Senga atab men qurgan uyga yuz burib, ibodat qilsalar, 39 samodan — makoningdan turib ularning qilgan iltijolarini eshit, bajo ayla. Xalqing Senga qarshi qancha gunoh qilgan boʻlmasin, ularni kechir.
40 Endi, ey Xudoyim, bizga nazar sol, shu joyda qilgan ibodatlarimizga quloq tut.

41 Qani, ey Parvardigor Egam, kel oromgohingga
Qudrating ramzi boʻlgan Sandiq bilan birga.
Ey Parvardigor Egam!
Ruhoniylaring najot kiyimlarini kiyishsin.
Taqvodorlaring ezguligingdan shod boʻlishsin.
42 Ey Parvardigor Egam!
Tanlagan shohingni rad qilmagin!
Quling Dovudga koʻrsatgan sevgingni yodingda tutgin.”