40–BOB
Xudoning xalqiga tasalli soʻzlari
1 “Yupating, xalqimni yupating,
— demoqda Xudoyingiz. —
2 Quddusning ruhini koʻtarib,
Unga shunday deb ayting:
«Azob kosang toʻlib boʻldi,
Ayblaring uchun jazo olib boʻlding.
Hamma gunohlaring evaziga
Men, Egangdan ikki karra jazo olding.»”
3 Bir ovoz yangramoqda:
“Choʻlda Egamizga yoʻl hozirlang,
Sahroda Xudoyimizga toʻgʻri yoʻl oching.
4 Har bir jarlik yuksaladi,
Har bir togʻu tepalik pasayadi.
Oʻnqir–choʻnqir joylar tekis boʻladi,
Oʻydim–chuqur yer tekislik boʻladi.
5 Oʻshanda Egamizning ulugʻvorligi zohir boʻladi,
Butun jonzot birgalikda buni koʻradi.
Ha, Egamiz Oʻz ogʻzi bilan shuni aytdi.”
6 Bir ovoz: “Eʼlon qil!” deb aytdi,
Ikkinchisi: “Nimani eʼlon qilaman?” deb soʻradi .
Birinchi ovoz shunday dedi:
“Inson zotining hammasi maysaday,
Ularning barcha sodiqligi dala guli kabidir.
7 Ularning ustidan Egamizning nafasi esganda
Oʻtlar quriydi, gullar soʻlib qoladi.
Mana, bu xalq maysaning oʻzi.
8 Oʻtlar quriydi, gullar soʻlib qoladi,
Xudoyimizning kalomi esa abadiy turadi.”
9 Ey xushxabar keltirgan Quddus,
Baland toqqa chiq!
Ey xushxabar keltirgan Sion ,
Baland ovozda eʼlon qil!
Qoʻrqmagin, jar solgin!
Yahudo shaharlariga:
“Mana sizning Xudoyingiz”, deb aytgin.
10 Mana, Egamiz Rabbiy qudrat ila keladi,
Qudrati ila hukmronlik qiladi.
Uning Oʻzi taqdirlaydi,
Mukofotini Oʻzi bilan olib kelmoqda.
11 Choʻpon kabi, U Oʻz suruvini boqadi,
Qoʻzilarni qoʻllarida koʻtaradi.
Ularni koʻtarib, bagʻriga bosadi,
Qoʻzilari bilan birga ona qoʻyni
Ehtiyotlab haydab boradi.
Isroilning tengi yoʻq Xudosi
12 Kim hovuchi ila suvlarni oʻlchagan?!
Kim qarichlab osmonni oʻlchagan?!
Zamin tuprogʻini oʻlchagan bormi?!
Kim togʻlarni tarozida tortib koʻrgan?!
Tepaliklarni tarozi pallasida tortgan?!
13 Kim Egamizning Ruhiga yoʻl koʻrsata oladi?!
Kim Unga maslahat bera oladi?!
14 U kimga maslahat solgan?!
Kim Unga nasihat bergan?!
Kim Unga adolat yoʻlini oʻrgatgan?!
Unga bilim bergan bormi?!
Idrok yoʻllarini Unga koʻrsatgan bormi?!
15 Axir, elatlar chelakdagi bir tomchi suvdaydir,
Ular tarozi pallasidagi chang kabidir.
Mana, orollarni ham Egamiz changday koʻtaradi.
16 Lubnon yurtidagi hayvonlar qurbonlikka ozlik qiladi,
Oʻrmonlarining daraxtlari esa yetarli oʻtin boʻlmaydi.
17 Jamiki elatlar Egamiz oldida hech nima emas,
Egamiz nazarida ular arzimas, boʻshliqdir.
18 Xoʻsh, Xudoni kimga oʻxshatasiz?!
Unga qanday qiyofani berarkansiz?!
19 Hunarmand yasagan butning qiyofasinimi?!
Axir, usta butni oltin bilan qoplagan.
Unga kumush zanjirlar yasab bergan.
20 Unday qilishga qurbi yetmagan esa
Chirimaydigan yogʻoch topadi.
Mohir ustani yollab,
Yiqilib tushmaydigan but yasattiradi.
21 Bilmaysizmi?! Eshitmaganmisiz?!
Boshidan sizga aytilmaganmi?!
Dunyo poydevoriga qarab ham tushunib yetmaysizmi?!
22 Xudo osmon gumbazi uzra oʻtiradi,
Zamin ahli chigirtka kabidir.
Xudo osmonni parda kabi yoygan,
Odamzod makon qilsin deya, chodir kabi qurgan.
23 Shahzodalarni U pastga uradi,
Zamin hukmdorlarini yoʻqqa chiqaradi.
24 Evoh, ular ekilishi bilanoq qurib qoladi.
Yerga oʻtqazilishi bilanoq soʻlib qoladi.
Ildiz otishi bilanoq qurib qoladi.
Ha, Egamizning nafasi ularni quritadi.
Boʻron ularni somonday uchirib ketadi.
25 “Meni kimga qiyoslaysiz?
Kim Menga teng kela olar?”
— deb aytadi Muqaddas Xudo.
26 Koʻzlaringizni osmonga tiking, qarang:
Axir, bularni kim yaratgan?
Xudo osmonga yulduzlarni terib qoʻygan–ku!
Uning Oʻzi har biriga nom bergan–ku!
Oʻzining buyuk kuchi, ulugʻ qudrati bilan
Har birini oʻz joyiga chiqarmay qoʻymaydi.
27 Ey Yoqub nasli, nima uchun sen:
“Boshimga tushganni Egamiz koʻrmaydi”, deysan?
Ey Isroil xalqi, nima uchun sen:
“Mashaqqatlarimni Xudoyim unutgan”, deb aytasan?
28 Nahotki bilmaysan? Nahotki eshitmagansan?
Egamizning Oʻzi abadiy Xudo–ku!
Butun olamni U yaratgan–ku!
U charchamaydi, holdan toymaydi,
Uning donoligini bilib boʻlmaydi.
29 U toliqqanga kuch beradi,
Zaifning kuchiga kuch qoʻshadi.
30 Hatto yoshlar charchaydi, holdan toyadi,
Yigitlar qoqilib, yiqiladi.
31 Egamizdan umid qilganlar esa
Yangidan kuch oladi,
Burgut singari parvoz qiladi.
Ular yugurib, charchamaydi,
Yurib ham hech toliqmaydi.