5–BOB
Elifaz gapida davom etadi
1 Qani, Ayub, hozir chaqirib koʻr–chi,
Kim senga javob berar ekan?
Qaysi farishta senga yordamga kelar ekan?
2 Ranj–alam nodonni halok qiladi,
Hasad soddani oʻldiradi.
3 Nodonlarning ildiz otib, koʻkarganini koʻrdim,
Birdaniga ularning uylarini laʼnatladim.
4 Ularning farzandlari xavfdan uzoq boʻlmaydi.
Hukm paytida ularni ezadilar,
Lekin hech kim ularni himoya qilmaydi.
5 Nodonlar yetishtirgan hosilni och qolganlar yeb qoʻyadi,
Hatto tikanlar bilan oʻralganlarini ham olib qoʻyadi.
Nodonlarning boyligini chanqaganlar yutib yuboradi.
6 Axir, qaygʻu yerdan unib chiqmaydi–ku,
Gʻam–tashvish dalada oʻsmaydi–ku!
7 Alangadan uchqun sakrab chiqqani kabi,
Inson ham oʻzi uchun muammo keltirib chiqaradi.

8 Men Xudoga intilgan boʻlar edim,
Oʻz arzimni Xudoga aytgan boʻlardim.
9 U shunday buyuk ishlar qiladiki,
Ularga insonning aqli yetmaydi.
Xudo koʻrsatgan moʻjizalarning son–sanogʻi yoʻq.
10 U yer yuziga yomgʻir yogʻdiradi,
Dalalarni sugʻoradi.
11 Xor boʻlganlarni koʻtaradi,
Qaygʻuga toʻlganlarni shodlikka toʻldiradi.
12 U ayyorlarning rejalarini puchga chiqaradi,
Shunda ularning qoʻlidan hech narsa kelmaydi.
13 U donolarni oʻzlarining ayyorligi orqali tutib oladi,
Egrilarning niyatlarini puchga chiqaradi.
14 Kunduz kuni ham ular zulmatda qolishadi,
Yop–yorugʻ kunda ham paypaslanib yurishadi.
15 Lekin Xudo faqirlarni egrilarning achchiq soʻzlaridan,
Zolimlarning changalidan qutqaradi.
16 Shu bois kambagʻallarning umidi bor,
Nohaqlikning esa ogʻzi yopiladi.

17 Xudoning pand–nasihatini olganlar qanday baxtlidir,
Shuning uchun Qodir Xudoning tanbehini rad qilmagin.
18 Xudo yaralaydi, ammo Oʻzi bogʻlab qoʻyadi.
Xudo uradi, lekin yana Oʻzi shifo beradi.
19 U seni olti gʻam–tashvishdan qutqaradi,
Ha, yetti qaygʻu–alam senga yaqinlashmaydi.
20 Qurgʻoqchilik paytida Xudo seni oʻlimdan,
Urush paytida esa qilichdan saqlaydi.
21 Xudo seni zaharli tillardan himoya qiladi,
Halokat kelganda sen qoʻrquvga tushib qolmaysan.
22 Vayronayu qurgʻoqchilik ustidan kuladigan boʻlasan,
Yer yuzidagi yovvoyi hayvonlardan qoʻrqmaydigan boʻlasan.
23 Yer haydaganingda dalangda toshlar boʻlmaydi,
Yovvoyi hayvonlar senga hujum qilmaydi.
24 Uying bexatar ekanligini bilasan,
Podalaringni tekshirganingda hammasi oʻz joyida boʻladi.
25 Farzandlaring koʻp boʻladi,
Avloding daladagi maysaday koʻpayadi.
26 Sen bevaqt qabrga kirmaysan,
Oʻz vaqtida yigʻilgan bugʻdoy doniday boʻlasan.
27 Bularning hammasi toʻgʻri,
Oʻz tajribamizdan bilamiz.
Endi nasihatlarimizga quloq sol,
Ularni qabul qil.”