2–BOB
1-2 Dushmanlar Isroil yurtini xarob qilgan,
Uzumzorlarini payhon etgan.
Biroq Egamiz tiklar Yoqub naslining ulugʻvorligini,
Ha, Isroil xalqining buyukligini.

Bosqinchi senga hujum qildi, ey Naynavo!
Qani boʻl, qoʻriqla qoʻrgʻonlaringni,
Yoʻldan uzma sen koʻzingni.
Yigʻib olgin bor kuchingni,
Jangga bogʻla belingni.
3 Dushman sipohlarining qalqoni qizil,
Jangchilarining kiyimi alvon,
Jang kuni aravalari olovday chaqnar,
Behisob nayzalari bosh uzra tebranib turar.

4 Shahar ichida aravalar quturib yelar,
Maydonlarni kesib u yoqdan–bu yoqqa oʻtar,
Mashʼalalarga oʻxshab yonib turar,
Yashin tezligi bilan uchar.
5 Naynavo shohi amr berar lashkarboshilariga,
Olgʻa bosib qoqinar ular yoʻlda.

Qalqonlari panohida bosqinchilar
Shahar devoriga yopirilar.
6 Daryo toʻgʻonlarini ular buzib tashlar,
Saroy ivib, qulay–qulay deb turibdi.
7 Shahar ahlini surgun qilishga qaror qilindi,
Choʻrilari oʻz koʻksiga urib,
Musichaday nola qilmoqda.
8 Naynavo darz ketgan hovuzga oʻxshaydi,
Yoriqlaridan suv oqib ketganday,
Uning aholisi qochib ketyapti,
Ortidan “Toʻxtanglar!
Toʻxtanglar!” degan qichqiriqlar eshitilar,
Lekin hech kim ortiga qaytmas.
9 Bosqinchilar baqirar:
“Talon–taroj qiling kumushu oltinni!
Bitmas–tuganmasdir Naynavoning xazinasi!
Serobdir uning qimmatbaho narsasi!”

10 Ship–shiydam, vayron, talqon boʻldi Naynavo!
Qoʻrquvdan yuraklar orqaga tortib ketdi,
Tizzalar qaltiradi, badanni titroq bosdi,
Boʻzday oqardi hammaning yuzi!
11 Nima boʻldi Naynavo shahriga?!
Oʻxshar edi–ku u sherning uyasiga.
Ha, oʻxshar edi Naynavo sher bolalarini boqqan bir inga.
Sher va ona sher izgʻigan paytda,
Bolalari xatarsiz edi u yerda!
12 Sher oʻz bolalari uchun
Yetarlicha oʻlja tilka–pora qilgan,
U ona sher uchun ham ovini boʻgʻizlagan,
Murda bilan toʻldirgan oʻz inlarini,
Oʻlja bilan — uyalarini.

13 Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Men senga qarshiman, ey Naynavo! Jang aravalaringni tutatib yondiraman. Yosh sherlaring qilichdan halok boʻladi. Sen endi yer yuzida talonchilik qilmaysan. Oʻlponchilaringning ovozi oʻchadi.”